Karvonsaroy
Ommaviy axborot vositalari

Dezinformatsiya tarqatgani uchun RT va “Sputnik”ka xalqaro OAV anjumanida qatnashishga ruxsat berilmadi

Karvonsaroy va AFP

“Sputnik” yangiliklar agentligini oʻz ichiga olgan davlatga qarashli “Rossiya Segodnya” OAV guruhining Moskvadagi bosh qarorgohi, 2017-yil, 12 noyabrda olingan surat. (Kirill Kudryavtsev/AFP)

“Sputnik” yangiliklar agentligini oʻz ichiga olgan davlatga qarashli “Rossiya Segodnya” OAV guruhining Moskvadagi bosh qarorgohi, 2017-yil, 12 noyabrda olingan surat. (Kirill Kudryavtsev/AFP)

LONDON – Rossiyaning RT va “Sputnik” yangilik agentliklari “dezinformatsiya tarqatishdagi aktiv roli” sababli Londonda boʻlib oʻtajak OAV erkinligiga bagʻishlangan global anjumanda qatnasha olmaydi, deb xabar berdi Britaniya tashqi ishlar vazirligi dushanba (8-iyul) kuni.

Chorshanba-payshanba (10-11-iyul) kunlari Kanada bilan birgalikda oʻtkazilajak anjumanda 60 vazir va 1000 nafar jurnalist ishtirok etishi kutilmoqda.

“Dezinformatsiya tarqatishdagi faol ishtiroki sababli, biz RT yoki Sputnik muxbirlarini akkreditatsiyadan oʻtkazmadik”, dedi Tashqi ishlar vazirligining matbuot kotibi.

“Barcha akkreditatsiya soʻrovlarini qondirish imkonsiz boʻlsa-da, anjumanda butun dunyodan, jumladan Rossiyadan kelgan jurnalistlar ham ishtirok etmoqda.”

Davlatga qarashli RT telekanalining 2018-yil 24 may kuni Sankt-Peterburgda oʻtgan Xalqaro iqtisodiy forumdagi stendi. (Kirill Kudryavtsev/AFP)

Davlatga qarashli RT telekanalining 2018-yil 24 may kuni Sankt-Peterburgda oʻtgan Xalqaro iqtisodiy forumdagi stendi. (Kirill Kudryavtsev/AFP)

Rossiyaning “Sputnik” nashri tashviqot platformasidir, deydi internet foydalanuvchilari va tahlilchilar. (File)

Rossiyaning “Sputnik” nashri tashviqot platformasidir, deydi internet foydalanuvchilari va tahlilchilar. (File)

Avvalroq Rossiya elchixonasi RTga oid qarorni qoralab chiqqan va uni “siyosiy sabablar asosidagi diskriminatsiya” sifatida baholab, tashqi ishlar vazirligiga shikoyat yoʻllaganini maʼlum qilgandi.

RTning 5-iyul kungi bayonotiga koʻra, anjumanda uning jurnalistlari uchun joy yoʻqligini aytishgan.

Tashqi ishlar vazirligining izohidan soʻng, RT dushanba kungi bayonotida shunday dedi: “Matbuot erkinligini himoya qila turib, noqulay ovozlarni taqiqlash va muqobil OAVga tuhmat qilish – ikkiyuzlamachilikning oʻziga xos koʻrinishidir.”

Mehmonlarning yakuniy roʻyxati eʼlon qilinmagan boʻlsa-da, rasmiylarga koʻra, konferensiyaga faqat Shimoliy Koreya, Suriya va Venesuela vakillarigina taklif etilmagan.

Dekabr oyida Britaniyadagi OAV nazoratchisi – Ofcom Angliyaning Solsberi shahrida asab tizimni falajlovchi gaz hujumi bilan bogʻliq hodisa ortidan efirga uzatilgan bir nechta dasturda RT tomonidan xolislik qoidalari buzilganini qayd etgan edi.

Moskva 2018-yil mart oyida sobiq rossiyalik josus Sergey Skripal va uning qiziga qarshi sodir etilgan hujumni maʼqullagani borasida Londonning daʼvolarini rad etgan.

Soxta yangiliklarga qarshi kurash

London anjumani tashkilotchilariga koʻra, tadbir OAV erkinligi masalalari, jumladan, soxta xabarlarga qarshi kurashda xalqaro miqyosdagi muhokama va hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Anjuman oldidan Buyuk Britaniya Sharqiy Yevropada dezinformatsiyaga qarshi kurash va gʻarbiy Bolqonda mustaqil OAVni qoʻllab-quvvatlash uchun 18 mln. funt sterling (22,4 mln. dollar) ajratilishi haqida eʼlon qilgan.

Bu besh yil davomida Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoga ajratiladigan 100 mln. funt sterling (125 mln. dollar) hajmidagi mablagʻning bir qismidir.

Sputnik va RT kabi Rossiya ommaviy axborot vositalarining Markaziy Osiyo va undan tashqarida soxta xabarlar tarqatish va dezinformatsiya bilan shugʻullanib kelgani qayd etilgan.

RAND korporatsiyasining 2016-yilgi tadqiqotiga koʻra, RT va Sputnik nashrlari – “garchi ularning formati anʼanaviy yangiliklar dasturi koʻrinishida boʻlsa-da, haqiqiy jurnalistikadan koʻra, koʻproq axborot-koʻngilochar va dezinfomatsion faoliyat qorishmasiga oʻxshaydi.”

Rossiya OAV shunchalikka borib yetdiki, hatto Kreml uchun maqbul manzarani yaratish uchun aktyorlar bilan soxta intervyular oʻtkazdi.

2018-yil aprelda Kreml qoʻllovidagi Suriya rejimining aybini yashirish uchun, Suriyada kimyoviy qurol qoʻllagan holda amalga oshirilgan hujum borasida yolgʻon maʼlumotlar tarqatishi Rossiyaning oʻz tashviqotini yoyishga bezbetlarcha urinishlaridan biri boʻldi.

Afgʻoniston rasmiylari va OAV sharhlovchilarining aytishicha, Rossiya ommaviy axborot vositalari yolgʻon va voqelikka zid xabarlarni tarqatib , mamlakatda vahima keltirib chiqarishga urinadi.

Rossiya “axborot” agentliklarining beqarorligi

Markaziy Osiyo aholisi Kremlning dezinformatsion kampaniyasini payqagan hamda Sputnik va RT kabi Rossiya ommaviy axborot vositalariga ishonmay qoʻygan.

2018-yil aprelda butun dunyoda, shu jumladan, Markaziy Osiyoda ham jamoatchilik fikriga taʼsir qilishga uringan Rossiyaning “Trollar fabrikasi”ga tegishli Facebook va Instagram akkauntlarining Facebook tomonidan oʻchirilishi shusiz ham oz qolgan ishonchga putur yetkazgan.

Yanvar oyida Facebook Rossiyada ochilgan hamda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Tojikistonda zararli taʼsir faoliyati bilan shugʻullangan 500 dan ortiq sahifa, guruh va akkauntlarni oʻchirib tashlagan edi.

Shu yilning mart oyida Facebook va Instagram tarmogʻida muvofiqlashtirilgan zararli taʼsir choralari bilan shugʻullangan yana 2600 ta sahifa, guruh va akkauntlar ham oʻchirilgan.

Facebook kompaniyasining kiberxavfsizlik siyosati boʻyicha rahbari Nataniel Gleyxerga koʻra, ushbu Facebook sahifalari, guruh va akkauntlaridan 2000 tasi Rossiyaga aloqador boʻlgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 3

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

RT va Sputnik SSSRning imperialistik siyosatini davom ettirmoqda. Markaziy Osiyodagi bosmachilar haqida yozilgan maqolalarning sovetcha maqolalardan farqi yoʻq. Bu mamlakatlarning tarix darsliklarida bosmachilik – bolsheviklar va rus istibdodiga qarshi milliy ozodlik harakati deb yozilganini bilishga aqllari yetmaydi. Shu tariqa oʻzlarini ham bolshevik qilib koʻrsatmoqdalar. Ahmoq odam ham bu tarzda ochiq yolgʻon gapirmaydi. Shuning uchun ham gʻarbda RT va Sputnikni taqiqlab, toʻgʻri qilishadi. Ularning tashviqotini Gebbelsniki bilan tenglashtirish mumkin.

Javob berish

Ajoyib yangilik! Niyohat, qandaydir oʻzgarish. Lekin, Kremlning Oʻzbekistondagi vesti.uz, sputnik.uz, anhor.uz, gazeta.uz kabi karnaylari qachon yopiladi? Yoki mamlakat rahbariyati uchun, eski davrlarda boʻlganidek, Moskvaning buyrugʻi holvadan ham shirinroqmi? Ichingizdagi qulni kundan-kunga koʻproq haydab chiqarishingiz kerak.

Javob berish

Sizning nashringiz va koʻplab gʻarb OAV vakillari oʻzlarini mustaqil ravishda “noxolis axborotga qarshi kurashuvchi karnay”, faqat haqiqatni gapiruvchi OAV deb hisoblaysizlarmi? SIZ VA SIZGA OʻXSHAGAN “JURNALISTLAR” - BU SOHAGA ISNOD KELTIRUVCHILARDIR. SIZ NAFAQAT BIZNING (MDH) MAMLAKATLARIMIZ, BALKI OʻZ DAVLATLARINGIZNING HAQIQIY DUSHMANLARISIZ.!!!!!!

Javob berish