Karvonsaroy
Atrof muhit

YI koʻmagida Markaziy Osiyoda Sovet davridan qolgan uran chiqindilarini tozalash ishlari kuzda boshlanishi kutilmoqda

Kanat Altinbayev

Sanasi nomaʼlum bu suratda Oʻzbekistondagi sobiq uran inshootlari koʻrsatilgan. Yevropa Ittifoqi Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekistondagi yettita sobiq uran obʼektini tozalash uchun 85 million yevro ajratmoqda. (Yevropa komissiyasi)

Sanasi nomaʼlum bu suratda Oʻzbekistondagi sobiq uran inshootlari koʻrsatilgan. Yevropa Ittifoqi Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekistondagi yettita sobiq uran obʼektini tozalash uchun 85 million yevro ajratmoqda. (Yevropa komissiyasi)

OLMAOTA – Markaziy Osiyoda Sovet davridan qolgan uran obʼektlarida (ulardan uchtasi Qirgʻizistonda joylashgan) tozalash ishlari shu yil boshlanishi eʼlon qilingan, bunga Yevropa Ittifoqi (YI) tomonidan 85 million yevro ajratilgan.

Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekistonda radioaktiv chiqindilar muammosiga qarshi kurash boʻyicha chora-tadbirlar shu yil sentabr oyida boshlanishi kutilyapti, mablagʻning katta qismi Qirgʻizistonga ajratilgan, deb xabar berdi KyrTag axborot agentligi. U yerdagi ishlar Jalolobod viloyatidagi Moylisuv obʼektidan boshlanadi.

Oʻtgan yil YI bu davlatlardagi uran chiqindixonalarini tozalash ishlariga tayyorgarlik uchun 15 million yevro ajratgan edi. Aksar hududlarda tayyorlash ishlari yakuniga yetgan, dastur boʻyicha keyingi bosqichda atrof-muhitni tiklash, jumladan oʻsimliklar ekiladi, deb xabar bergan KyrTag agentligi.

Tozalash loyihasi Markaziy Osiyoda uran qazib olish va qayta ishlash boʻyicha Sovet Ittifoqidan qolgan zararni kamaytirishga qaratilgan keng koʻlamli rejaning bir qismidir.

Xaritada ekologiyasini tiklash koʻzda tutilgan Markaziy Osiyodagi muhim hududlar aks ettirilgan. (Yevropa komissiyasi)

Xaritada ekologiyasini tiklash koʻzda tutilgan Markaziy Osiyodagi muhim hududlar aks ettirilgan. (Yevropa komissiyasi)

Qirgʻizistondagi uchta uran obʼektidan biri – Moylisuv, sanasiz surat. YIning tiklash dasturi jamgʻarmasi tomonidan Qirgʻizistonga 39 million yevro ajratilgan. (Yevropa komissiyasi)

Qirgʻizistondagi uchta uran obʼektidan biri – Moylisuv, sanasiz surat. YIning tiklash dasturi jamgʻarmasi tomonidan Qirgʻizistonga 39 million yevro ajratilgan. (Yevropa komissiyasi)

Oʻzidan keyin xavfsizlik va atrof-muhitga oid bir qancha muammolarni qoldirib ketgan sobiq Sovet Ittifoqi uchun Markaziy Osiyo asosiy uran manbai boʻlib xizmat qilgan. Masalan, Tojikiston qoldirilgan uran chiqindilari qoʻlbola bomba yasash uchun yetarli boʻlishi haqida bir necha marta oʻz xavotirlarini izhor etgan edi.

YIning 2017 yilgi maʼlumotlariga koʻra, Markaziy Osiyoda 1 milliard tonnaga yaqin uran chiqindilari mavjud.

Sovet Ittifoqi Qirgʻizistondagi turli hududlarda uran qazib olib, qayta ishlagan va juda koʻp miqdorda radioaktiv chiqindilarni qoldirgan, deydi yoshlar tashabbusi boʻlgan MoveGreen tashkiloti xodimi, bishkeklik muhandis-ekolog Baktigul Stakeyeva.

Bunday chiqindilardan kelib chiqadigan xavflarni bartaraf qilishda Qirgʻizistonga chet ellik donorlar zarur, dedi u.

“Muammo juda jiddiy boʻlgani sababli bu yordam biz uchun muhim”, dedi Stakeyeva.

“Atrof-muhit terrorizmi”

Markaziy Osiyodagi uran chiqindilari muammosi nafaqat ekologik jihatdan, balki Yaqin Sharq tomonidan terrorchilik tahdidi mavjud davrda mintaqaviy xavfsizlik jihatidan ham muhim.

Tabiiy ofat natijasida kelib chiqishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlar ham Qirgʻiziston milliy xavfsizlik konsepsiyasidagi (rejalashtirish hujjati) ustuvor masalalar roʻyxatiga kiritilgan.

Qozogʻistonning moliyaviy markazi Olmaota shahar tabiatni muhofaza qilish prokurorining yordamchisi Aytuar Koshmambetov 2011-yilda yangi tahdidlarni nomlashda “atrof-muhim terrorizmi” atamasini qoʻllagan edi.

“Davlatni, mintaqani va dunyoni beqarorlashtirishda, yuzlab, minglab odamlarni yoʻq qilishda, tabiatni ifloslantirishda terrorchilarning oʻz maqsadlariga erishish ehtimoli juda katta”, degan edi u oʻshanda.

“Bunday holatda hech qanday alohida davlat oʻz fuqarolari uchun butkul xavfsizlikni taʼminlay olmaydi, shu bois bu sohadagi xalqaro hamkorlikning ahamiyati katta”, degan edi Koshmambetov.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Shuning uchun ham Qozogʻistonda AES qurilishi ushbu mamlakatga qarshi jinoyat hisoblanadi, shundoq ham ekologiya bilan bogʻliq muammolar koʻp. Endi esa Balxash koʻli va uning butun hududi ham nurlanish xavfi ostida qoladi.

Javob berish