Karvonsaroy
Biznes

Iqtisodiyot va energetika sohasida Oʻzbekiston-Afgʻoniston hamkorligi mustahkamlanmoqda

Maksim Yeniseyev

1-iyul kuni Mozori Sharifda Oʻzbekiston va Afgʻoniston delegatsiyalarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi. [Abdulloh Abdulloh/Twitter]

1-iyul kuni Mozori Sharifda Oʻzbekiston va Afgʻoniston delegatsiyalarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi. [Abdulloh Abdulloh/Twitter]

Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Oripov va Afgʻoniston ijroiya hokimiyati rahbari Abdulloh Abdulloh 1-iyul kuni Mozori Sharifda savdo koʻrgazmasini ochib berdilar. [Abdulloh Abdulloh/Twitter]

Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Oripov va Afgʻoniston ijroiya hokimiyati rahbari Abdulloh Abdulloh 1-iyul kuni Mozori Sharifda savdo koʻrgazmasini ochib berdilar. [Abdulloh Abdulloh/Twitter]

Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Oripov va Afgʻoniston ijroiya hokimiyati rahbari Abdulloh Abdulloh 1-iyul kuni Mozori Sharifda oʻtkazilgan savdo koʻrgazmasida oʻzbek mahsulotlarini koʻzdan kechirmoqda. [Abdulloh Abdulloh/Twitter]

Afgʻoniston ijroiya hokimiyati rahbari Abdulloh Abdulloh 1-iyul kuni Mozori Sharifda Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan traktorni sinab koʻrmoqda. [Abdulloh Abdulloh/Twitter]

Afgʻoniston ijroiya hokimiyati rahbari Abdulloh Abdulloh 1-iyul kuni Mozori Sharifda Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan traktorni sinab koʻrmoqda. [Abdulloh Abdulloh/Twitter]

1-iyul kuni Mozori Sharifda koʻrgazmaga qoʻyilgan oʻzbek mahsulotlarini koʻzdan kechirayotgan afgʻonistonliklar. [OʻzA]

1-iyul kuni Mozori Sharifda koʻrgazmaga qoʻyilgan oʻzbek mahsulotlarini koʻzdan kechirayotgan afgʻonistonliklar. [OʻzA]

Afgʻonistonliklar 1-iyul kuni Mozori Sharifda namoyishga qoʻyilgan oʻzbek mahsulotlarini tomosha qilmoqdalar. [OʻzA]

Afgʻonistonliklar 1-iyul kuni Mozori Sharifda namoyishga qoʻyilgan oʻzbek mahsulotlarini tomosha qilmoqdalar. [OʻzA]

TOSHKENT – Bu oy Oʻzbekiston va Afgʻonistonda boʻlib oʻtayotgan savdo koʻrgazmalari ikki davlat oʻrtasida tobora mustahkamlanib borayotgan aloqalar hamda Oʻzbekistonning urush va terrorchilikdan aziyat chekayotgan qoʻshnisiga yordam berishga tayyorligini anglatadi.

15-iyul kuni Toshkent Oʻzbekiston-Afgʻoniston biznes forumiga mezbonlik qildi, bu haqda AKIpress.com nashri xabar bergan. Tadbirda Oʻzbekiston va Afgʻoniston kompaniyalari hamda vazirliklaridan 200 dan ortiq vakil ishtirok etdi, deb xabar bergan Oʻzbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi.

Bundan ikki hafta oldin, 1-iyul kuni Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Afgʻonistonning Mozori Sharif shahrida “Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan” savdo koʻrgazmasini ochib berdi.

Ikki kun davom etgan koʻrgazmada oʻzbekistonlik tadbirkorlar foydali qazilmalar, sanoat, farmatsevtika, sogʻliqni saqlash, taʼlim va transport sohalaridagi mahsulot va xizmatlarini namoyish etdilar.

1-iyul kuni Mozori Sharifda boʻlib oʻtgan savdo koʻrgazmasida Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Oripov Afgʻoniston ijroiya hokimiyati rahbari Abdulloh Abdulloh bilan uchrashdi. [Abdulloh Abdulloh/Twitter]

Oʻzbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbirdan maqsad – savdo va iqtisodiy aloqalarni yanada kuchaytirish, ikki davlatning eksport imkoniyatlarini oshirish boʻldi.

Savdo koʻrgazmasiga kelganlar oʻzbek avtobuslari, yuk mashinalari, traktor va fermerlik sohasida qoʻllaniladigan boshqa jihozlarga katta qiziqish bildirdilar, deb xabar berdi Oʻzbekiston milliy axborot agentligi (OʻzA).

Oʻzbekistonning poyabzal ishlab chiqaruvchisi – “Oʻzcharmsanoat” afgʻonistonlik mijozlarga mahsulot yetkazib berishga oid shartnoma imzoladi. Oʻzbekistonlik tadbirkorlar charm va sunʼiy materialdan ishlangan 10 dan ortiq turdagi poyabzallar bilan bir qatorda, maxsus uniforma va ish kiyimlarini ham namoyish etdilar.

Iqtisodchilarning soʻzlariga koʻra, oʻzbekistonlik va afgʻonistonlik tadbirkorlar oʻrtasidagi oʻzaro manfaatlar koʻlami tobora ortib bormoqda.

“Oʻzbekiston afgʻon bozorida oʻz mahsulotlari uchun katta salohiyat koʻrmoqda. Meva va sabzavotlardan tashqari, oʻzbek mahsulotlari Qozogʻiston va Rossiya bozorida Xitoy mahsulotlari bilan raqobatlashishi qiyin”, dedi toshkentlik iqtisodchi Shukurullo Mavlonov.

“Oʻzbekiston afgʻon bozorida avtomobil va maishiy jihozlarini muvaffaqiyat bilan sotishi mumkin”, dedi Mavlonov.

Tinchlik yoʻlidagi hamkor

Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Afgʻoniston bosh vaziri Abdulloh Abdulloh 1-iyul kungi savdo koʻrgazmasi doirasida uchrashdilar.

“Afgʻoniston hukumati ikki davlat oʻrtasida savdo aloqalarini muvozanatga keltirishda davom etadi. Biz oʻzbekistonlik investorlar uchun yanada koʻproq imkoniyatlar yaratishni maqsad qilganmiz, Oʻzbekistonda ham afgʻon investorlariga shunday imkoniyatlar yaratilishiga umid qilamiz”, deb aytgan Abdulloh TOLOnews xabariga koʻra.

“Mozori Sharifda boʻlib oʻtgan savdo koʻrgazmasi ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarni kuchaytirish uchun ulkan imkoniyatlarni taqdim etdi, bu esa savdo siyosatimizning muhim qismidir”, deb yozgan Abdulloh 1 iyul kuni oʻzining Tvitter sahifasida.

U Oʻzbekistonni “tinchlik, savdo va taraqqiyot yoʻlidagi muhim hamkor”, deb atagan.

Uchrashuv chogʻida Aripov Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi Surxon – Puli Xumri elektr uzatish liniyasi qurilishiga 45 million AQSH dollari investitsiya kiritishga tayyor ekanligini aytib oʻtdi.

Aripovning soʻzlariga koʻra, 200 kilometr uzunlikdagi elektr uzatish liniyasi uchun 110 million AQSH dollari sarflanadi.

Iqtisodchi Mavlonovning soʻzlariga koʻra, loyihani moliyalashtirish masalasi anchadan beri hal etilmay kelayotgan edi.

Oʻzbekiston energetika vaziri Sherzod Xoʻjayevning 1-iyul kuni Toshkentda oʻtgan brifingda bayonot berishicha, Oʻzbekiston va Afgʻoniston energetika sohasiga oid 10 yillik shartnoma imzolaydilar, deb xabar beradi Gazeta.uz.

Xoʻjayevning soʻzlariga koʻra, qolgan summani Afgʻonistonga Osiyo taraqqiyot banki taqdim etadi.

Bundan tashqari, bankning mamlakatga boʻlgan ishonchi sababli, Oʻzbekiston loyihani dastlabki xalqaro tendersiz amalga oshirish uchun alohida huquqqa ega boʻladi, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Ajoyib yangilik!

Javob berish