Karvonsaroy
Xavfsizlik

Qozoq harbiylarining xalqaro tinchlikparvarlik missiyalaridagi roli oshib bormoqda

Kanat Altinbayev

“Dasht burguti - 19” xalqaro taktik tinchlikparvarlik mashqlari Olmaota viloyatining “Iliyskiy” harbiy oʻquv poligonida oʻtkazildi. (Qozogʻiston mudofaa vazirligi)

“Dasht burguti - 19” xalqaro taktik tinchlikparvarlik mashqlari Olmaota viloyatining “Iliyskiy” harbiy oʻquv poligonida oʻtkazildi. (Qozogʻiston mudofaa vazirligi)

17-28-iyun kunlari Qozogʻiston janubi-sharqida oʻtgan tinchlikparvarlik mashgʻulotlaridan lavhalar. (Qozogʻiston mudofaa vazirligi)

17-28-iyun kunlari Qozogʻiston janubi-sharqida oʻtgan tinchlikparvarlik mashgʻulotlaridan lavhalar. (Qozogʻiston mudofaa vazirligi)

Harbiy xizmatchilar “Dasht burguti - 19” taktik tinchlikparvarlik mashgʻulotlarida ishtirok etmoqdalar. (Qozogʻiston mudofaa vazirligi)

Harbiy xizmatchilar “Dasht burguti - 19” taktik tinchlikparvarlik mashgʻulotlarida ishtirok etmoqdalar. (Qozogʻiston mudofaa vazirligi)

OLMAOTA – Qozogʻiston qurolli kuchlarining xalqaro tinchlikparvarlik missiyalarida xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashdagi roli ortib bormoqda. Qoʻshma Shtatlar va boshqa davlatlar bilan hamkorlikdagi mashgʻulotlardan ular uchun foydali boʻlmoqda.

Qoʻshma Shtatlar kelajakda Markaziy va Janubiy Osiyodagi tinchlik va barqarorlik operatsiyalarda ishtirok etadigan bir qator davlatlar harbiylari uchun Qozogʻiston janubi-sharqida 17-28-iyun kunlari tinchlikparvarlik mashqlarini oʻtkazdi.

“Dasht burguti - 19” nomini olgan taktik tinchlikparvarlik mashqlari Olmaota viloyatining “Iliyskiy” oʻquv poligonida oʻtkazilgan.

Qoʻshma mashqlarda Buyuk Britaniya, Hindiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkiya, Oʻzbekiston va Qoʻshma Shtatlar harbiylari ishtirok etdilar, deb xabar bergan Qozogʻiston mudofaa vazirligi oʻz bayonotida.

AQSH boshchiligida bir qator davlatlar ishtirokida oʻtkazilgan “Dasht burguti - 19” taktik tinchlikparvarlik mashqlari 17-28-iyun kunlari Olmaota viloyatining “Iliyskiy” oʻquv poligonida boʻlib oʻtdi. (Qozogʻiston mudofaa vazirligi)

AQSH boshchiligida bir qator davlatlar ishtirokida oʻtkazilgan “Dasht burguti - 19” taktik tinchlikparvarlik mashqlari 17-28-iyun kunlari Olmaota viloyatining “Iliyskiy” oʻquv poligonida boʻlib oʻtdi. (Qozogʻiston mudofaa vazirligi)

Ular chegara punktlarini himoya qilish, gumanitar yuklarni hamrohlikda kuzatib borish, mahalliy aholi bilan muzokara oʻtkazish, patrul nazorati, maydonlarni va yoʻllarni minalardan tozalash, suvni tozalash va uni yetkazib berish, tibbiy yordam koʻrsatishga oid vazifalarni bajardilar.

Har yilgi “Dasht burguti” mashqlari 2003-yildan beri oʻtkazib kelinadi va tinchlikparvar desantchilarning bilimlarini har tomonlama mustahkamlashga qaratilgan. 2012-yildan boshlab, bu mashgʻulotlar NATOning “Tinchlik yoʻlidagi hamkorlik” dasturiga kiritilgan.

Dasturdagi muvaffaqiyat Gʻarb davlatlari tomonidan Qozogʻistonning xalqaro missiyalarga yanada koʻproq jalb qilinishiga sabab boʻldi, dedi tashqi ishlar vazirligida va Yevropadagi diplomatik missiyalarda 18 yillik tajriba ega olmaotalik siyosiy tahlilchi Kazbek Beysebayev.

“Shu bilan birga, bizning desantchi askarlarimiz qimmatli tinchlikparvarlik tajribasiga, jumladan turli vaziyatlarda jangovar operatsiyalar olib borish boʻyicha foydali koʻnikmalarga ega boʻlmoqdalar”, deb aytgan u intervyu chogʻida.

Xilma-xil tillar sharoitidagi hamkorlik

Qozogʻiston mudofaa vaziri oʻrinbosari, general-mayor Timur Dandibayev xorij elchilari, diplomatlar va Qozogʻistonda akkreditatsiyadan oʻtgan zobitlar bilan birgalikda 27-may kuni mashqlarning yopilish marosimida ishtirok etdi.

Minnesota milliy gvardiyasi qoʻmondoni Kevin OʼBrayan mashqlarda qatnashgan harbiylarning yuqori kuch va gʻayratini alohida taʼkidladi.

“Qozogʻistonliklar turli savollarni berishmoqda. Ular oʻta faol va bilimga tashna”, deb aytgan OʼBrayan AQSH armiyasi bayonotiga koʻra.

Oʻquv mashgʻulotlari harbiy koʻnikmalardan tashqari, turli mamlakat vakillari orasidagi til va madaniy toʻsiqlarni inobatga olgan holda samarali hamkorlik qilish boʻyicha tajriba orttirishga ham imkon berdi.

“Biz qoidalarga asoslangan xalqaro tizimga muvofiq ishlashga harakat qilamiz, lekin buning uchun joylardagi qoʻshinlarning hamjihatligi talab etiladi”, deb aytgan “Dasht burguti” mashqlarining bosh yoʻriqchisi, britaniyalik harbiy Rob Valisko AQSH armiyasi saytida.

Valiskoning soʻzlariga koʻra, oddiy askarlar rahbarlik boʻyicha tajriba orttirish va vazifalarni samarali ado etishlari uchun, “Dasht burguti” mashqlari davomida qozogʻistonlik harbiylar qoʻmondonlik vakolatlarini qisman topshirganlar.

Rejalashtiruvchi va muvofiqlashtiruvchi mutaxassislarning taʼkidlashicha, mashgʻulotlar davomida AQSH, Birlashgan Qirollik va Markaziy Osiyo mamlakatlarining “mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlash va operativ muvofiqlikni oshirish ustida birgalikda ishlashga intilishi” yaqqol namoyon boʻlgan.

Ularning qayd etishicha, Qozogʻiston xavfsizlikni taʼminlashga sezilarli hissa qoʻshib kelmoqda.

Bu kabi oʻquv dasturlari Qozogʻiston armiyasining qadriyatlari va mafkurasini rivojlantirishga yordam beradi, deydi mashqlarda va 17-iyun kuni ularning ochilishida qatnashgan Qozogʻiston havo desantchilari qoʻmondoni, general-mayor Kanish Abubakirov.

“Sheriklarimiz va ittifoqchilarimiz bilan birgalikda mashgʻulotlar oʻtkazar ekanmiz, biz nafaqat harbiy, balki madaniy sohada ham bilim almashamiz, shu tariqa bir-birimizni yaxshiroq tushunamiz”, deydi u.

Tinchlik yoʻlidagi xizmat

Ochilish marosimida Abubakirov qozoq harbiylarining butun dunyo boʻylab tinchlik va barqarorlikni qoʻllab-quvvatlash operatsiyalaridagi ahamiyati tobora oʻsib borayotganini qayd etgan.

Oʻtgan yilning oktabr oyida Qozogʻiston ilk bor desantchi askarlarini Livanga yuborgan edi. Ular BMT muvaqqat kuchlari tarkibida Isroil bilan chegarada olti oy xizmat qilib, may oyida uylariga qaytdilar.

Missiyada ishtirok etgan Qozogʻiston tinchlikparvarlari “tinchlik yoʻlidagi xizmatlari” uchun BMT medaliga sazovor boʻldilar, deyiladi Qozogʻiston mudofaa vazirligining 17-may kungi xabarida.

2018-yilgacha Qozogʻiston BMT tinchlikparvarlik missiyalariga faqat kuzatuvchilarni yubora olar edi, deydi Nur-sultonlik harbiy tahlilchi va Qozogʻiston strategik tadqiqotlar institutining bosh tadqiqotchisi Georgiy Dubovtsev.

Endi mamlakat ularning koʻpchiligida bevosita ishtirok etmoqda, dedi u.

“Umid qilamizki, yaqin kelajakda mamlakatimiz askarlari, oddiy fuqarolar va politsiya xodimlari nizo hududlarida faoliyat olib boradilar. Bu Qozogʻistonning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi”, dedi Dubovtsev.

Qozogʻiston BMT bilan xavfsizlik sohasidagi hamkorlik va tinchlikparvarlik loyihalaridagi ishtirokini tobora kengaytirmoqda.

Yanvar oyida Qozogʻistonning “Tinchlik yoʻlidagi hamkorlik” (KAZCENT) oʻquv markazi dunyo mamlakatlaridan kelgan tinchlikparvarni tayyorlagani uchun BMT sertifikatini olgan edi, deb xabar beradi Qozogʻiston TIV.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Menimcha, Qozogʻiston tinchlikparvarlik missiyalariga qoʻshin yuborishdan koʻra, koʻproq soʻz erkinligi va dindorlarni hibsga olmaslik haqida qaygʻurishi lozim. Mamlakat barqarorligi va muvaffaqiyati faqat tashqi amallarga bogʻliq boʻlmaydi. Albatta, mintaqadagi xavfsizlik ham muhim, lekin Qozogʻistonda uchta muammo bor, bular – Rossiya tarafidan dushmanona munosabat, hukumatning samarasiz siyosati ortidan kelib chiqqan ommaviy noroziliklar toʻlqini va fuqarolik jamiyati institutlarining yetarlicha rivojlanmaganidan foydalanib qolishi mumkin boʻlgan xorijiy jangarilarning qaytishidir.

Javob berish