Karvonsaroy
Diplomatiya

Rahmon va Jeyenbekov Isfarada chegara muammolarini muhokama qiladilar

Karvonsaroy va AFP

Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeyenbekov 14-iyun kuni Bishkekda Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) sammiti oldidan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonni kutib olmoqda. 26-iyul kuni Isfara shahrida oʻtishi kutilayotgan uchrashuvda ikki mamlakat prezidentlari chegaraga oid masalalarni muhokama qilishi kutilmoqda. (Vyacheslav Oseledko/AFP)

Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeyenbekov 14-iyun kuni Bishkekda Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) sammiti oldidan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonni kutib olmoqda. 26-iyul kuni Isfara shahrida oʻtishi kutilayotgan uchrashuvda ikki mamlakat prezidentlari chegaraga oid masalalarni muhokama qilishi kutilmoqda. (Vyacheslav Oseledko/AFP)

DUSHANBE – Dushanba (22-iyul) kuni chegarada yuzaga kelgan tanglikka qaramay, Tojikistonda prezident Emomali Rahmonning qirgʻizistonlik hamkasbi Sooronbay Jeyenbekov bilan uchrashuviga tayyorgarlik davom etmoqda, deb xabar beradi “Aziya-Plyus”.

Rahmon va Jeyenbekov juma (26-iyul) kuni Tojikistonning Isfara shahrida muzokara oʻtkazadilar.

Tojik hukumatidagi manbaning maʼlum qilishicha, ikki davlat oʻrtasidagi umumiy chegaraning bahsli hududlarini demarkatsiya va delimitatsiya qilish prezidentlar uchrashuvining asosiy mavzui boʻladi.

Markaziy Osiyoda sovet diktatori Iosif Stalindan meros – “boʻlib tashla va hukmronlik qil” tamoyili joriy etilgan davrlardan beri chegaraga oid nizolar yuz berib turadi.

Voruxdagi toʻqnashuvlar

Uchrashuv tojikistonlik chegarachilarning Qirgʻiziston bilan chegaradagi bahsli hududda otishma yuzaga kelgani, natijada bir erkak halok boʻlgani haqida xabar berishi ortidan boʻlib oʻtishi kutilmoqda, deb yozadi AFP seshanba (23-iyun) kuni.

Mamlakat chegara xizmatining maʼlum qilishicha, toʻqnashuvga Tojikiston nazoratidagi Vorux ekslavida tojikistonliklar tarafidan bayroq oʻrnatilgani sabab boʻlgan.

Qirgʻizistonliklar bunga javoban hududda oʻz bayroqlarini oʻrnatganlar, deb xabar bergan Tojikiston tarafi.

Kelib chiqqan otishma natijasida 52 yashar tojik fuqarosi halok boʻlgan, yana 10 nafar tojikistonlik jarohatlangan.

Qirgʻiziston chegara xizmati halok boʻlganlar haqida maʼlumot bermagan boʻlsa-da, besh kishi jarohatlangani va hududdagi asosiy yoʻlning yopilganini maʼlum qilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500