Karvonsaroy
Xavfsizlik

IDning turkman jangarilari Afgʻoniston chegarasida qarshilikka duch keldi

Jumaguli Annayev

ID jangarilari tolibonlarning Kunar (Afgʻoniston) viloyatidagi pozitsiyalarini oʻqqa tutmoqda, 2018-yil oxirida chop etilgan surat. Suriyada magʻlub boʻlgan IDning turkmanistonlik jangarilari bir necha bor oʻz vataniga qaytishga urinib, turkman chegarachilarining qarshiligiga duch kelganlar. (Fayl)

ID jangarilari tolibonlarning Kunar (Afgʻoniston) viloyatidagi pozitsiyalarini oʻqqa tutmoqda, 2018-yil oxirida chop etilgan surat. Suriyada magʻlub boʻlgan IDning turkmanistonlik jangarilari bir necha bor oʻz vataniga qaytishga urinib, turkman chegarachilarining qarshiligiga duch kelganlar. (Fayl)

ASHXOBOD – “Islom davlati”ning (ID) Yaqin Sharqdagi tanazzulidan soʻng, guruhning turkman jangarilari bir necha bor Afgʻoniston orqali Turkmanistonga qaytishga uringanlar, deb aytgan Davlat chegara xizmati zobitlaridan biri.

(Maqolaning 24-iyul kuni chop etilgan birinchi qismida Suriyadagi ID guruhining turkmanistonlik aʼzolari orasida yuzaga kelgan boʻlinish haqida hikoya qilinadi).

“Oxirgi bir yarim yil ichida Taxtabozor, Kerki va Serxetobod chegara qoʻshinlari vakolatiga kiruvchi hududlarda 10 dan ortiq shunday holatlar qayd etilgan. Chegara qoʻshinlari, Millik xavfsizlik va Ichki ishlar vazirliklarining maxsus kuchlari bu urinishlarning oldini olganlar”, dedi zobit ismi sir qolishi sharti bilan.

“Qonunbuzarlar qoʻlga olingan, qolganlar esa kelgan joyiga chekinishga majbur boʻlgan”, dedi u.

“Ularni (ID jangarilarini) ham tushunsa boʻladi, ular bezovtalikda, har tarafdan turli hujumlarga uchramoqdalar. Endi esa ulardan baʼzilari tinch-osoyishta Turkmanistonga qaytishni xohlab qolgan. Lekin, ularni uylarida ham hech kim kutmayapti, ular hech kimga kerak emaslar”, deydi Karvonsaroy bilan suhbatlashgan zobit.

“Radikallar bor joyda tartibsizliklar, qon toʻkilishi va adovat boʻladi. Biz bunga yoʻl qoʻymaymiz”, deb qoʻshimcha qildi u.

Chegaradagi hodisalar

Turkmaniston hukumati Afgʻoniston va Eron bilan chegaradagi vaziyatga oid maʼlumotlarni oshkor qilmaydi, ammo Turkmanistonga qaytishga uringan ID aʼzolari haqidagi xabarlar bot-bot paydo boʻlib turadi.

Misol uchun, Ozod Yevropa/Ozodlik radiosining (RFE/RL) turkman xizmati 2018-yil iyul oyida Mudofaa vazirligidagi manbaga asoslanib, “hammasi turkmanistonliklardan iborat 50 nafar jangari turli vaqtlarda va vaziyatlarda Turkmanistonga kirishga uringani” haqida xabar bergan.

Turkmaniston harbiylari ularning 30 nafarini qoʻlga olgan, qolganlari esa qochib ulgurgan, deb xabar bergan RFE/RL.

Turkmaniston hukumati bu xabarni na tasdiqlagan va na rad etgan.

Shunday boʻlsa-da, mamlakatning janubiy chegaralarida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan, zahiradagi askarlarni qisman koʻchirish va chegara hududlarida tezkor harbiy mashgʻulotlar oʻtkazish buyrugʻi berilgan.

Mahalliy tahlilchilar, ID aʼzolari Turkmanistonga Afgʻoniston orqali kirib kelishi haqidagi maʼlumotlarni ishonchli deb biladilar, dedi oʻz familiyasini ochiqlashni istamagan Turkmaniston harbiy prokuraturasi huquqshunosi Qosimguli.

Xavotirli voqealardan koʻp oʻtmay, chegara qoʻshinlari qoʻmondoni “oʻz xizmat vazifasini qoniqarsiz bajargani va qoʻl ostidagi xodimlar ustidan nazoratni susaytirgani” uchun polkovnik darajasiga tushirilgan, dedi Qosimguli.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

“Oʻsha vaqtdagi qoʻmondon?” ))

Javob berish