Tahlilchilarga koʻra, shu hafta boshida Janubiy Koreya va Yaponiya sohillari yaqinidagi bahsli hududda Xitoy va Rossiya bombardimonchi samolyotlarining hamkorlikdagi nazorat parvozlari mintaqa va uning tashqarisida vahima keltirib chiqarishni koʻzlagan.
Rasmiy Seulga koʻra, seshanba (23-iyun) kuni Rossiya harbiy samolyoti ikki marta Janubiy Koreya havo kengliklarini kesib oʻtgan. Voqea bahsli Tokto orollari yaqinida yuz bergan (bu hududga Tokio ham daʼvogarlik qiladi va uni Takesima deb ataydi). Janubiy Koreya 400 marta ogohlantiruvchi oʻq uzganini maʼlum qildi. Shuningdek, Rossiyaning bu xatti-harakatlariga javoban Yaponiyaning qiruvchi samolyotlari ham havoga koʻtarilgan.
AFP bilan suhbatda boʻlgan seullik tadqiqotchi An Chan Ilning aytishicha, bahsli hududning havo kengliklari “qasddan” buzilgan.
Moskva ham, Pekin ham oʻquv mashqlari boshqa mamlakatlarga qarshi qaratilgani va havo kengliklari buzilganini inkor etgan boʻlsa-da, bu harakat dadillik bilan amalga oshirildi, deydi tahlilchilar.
“Bu juda muhim, chunki ikki mamlakat harbiy havo kuchlarining hududda shu tariqa nazorat parvozlarini amalga oshira olishi mintaqadagi barqarorlikka tahdid oʻlaroq baholanadi, deb ishonch bilan aytish mumkin”, deydi Amerikaning RAND tahlil markazi siyosiy tahlichisi Layl Morris.
Shuningdek, parvozga jalb qilingan Xitoyning ikkita “H-6K” va Rossiyaning ikkita “Tu-95” samolyoti yadro quroli tashishga qodir boʻlgani juda muhim, chunki “bu qoʻshimcha mujdadir”, dedi Sidneydagi Makkuori universitetining xitoylik tadqiqotchisi Adam Ni.
Beqaror ittifoqchilar
Bunday koʻrinishdagi provokatsiyalar beqaror ittifoqchilar juftligi uchun yangilik emas.
Xitoy va Rossiya hamkorlikda qator harbiy mashgʻulotlar, jumladan oʻtgan yil sentabrda Rossiya tarixidagi eng yirik mashqlarni oʻtkazgan edilar. Sibirdagi “Sugol” harbiy poligonida oʻtkazilgan “Vostok-2018” mashqlarida qariyb 300 ming harbiy xizmatchi va barcha turdagi harbiy texnika ishtirok etgan.
Rossiya prezidenti harbiy mashgʻulotlar tinchlik maqsadlarida oʻtkazilganini iddao qilgan boʻlsa-da, ular Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida jiddiy xavotirlarni keltirib chiqardi.
“Bunday harbiy mashqlar – yaxshilikdan nishona emas”, degan edi oʻshanda toshkentlik siyosatshunos Valeriy Xan Karvonsaroy bilan suhbatda.
“Albatta, bu kabi mashgʻulotlarga hech qanday harbiy zarurat yoʻq”, dedi u. “Rossiya oʻz qudratini namoyish qilish uchun qoʻllayotgan siyosiy chora bu.”
Amalga oshirilgan nazorat parvozlari haqida Xitoy mudofaa vazirining matbuot kotibi U Szyan shunday dedi: “Ular Xitoy va Rossiya oʻrtasidagi keng qamrovli strategik hamkorlikni kuchaytirishga, ikki davlat qurolli kuchlarining qoʻshma operatsiyalarni olib borish imkoniyatlarini oshirish va jahondagi strategik barqarorlikni birgalikda himoya qilishga qaratilgan”.
“Bu operatsiya Xitoy va Rossiya armiyalari oʻrtasida har yilgi hamkorlik rejasi doirasida oʻtkazilgan boʻlib, uchinchi davlatni nishonga olmagan”, dedi u Pekinda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida.
Shunga qaramay, kuzatuvchilar savdo-sotiq munosabatlari va aloqalarning kuchayishi bilan harbiy kuchlar namoyish qilinganidan xavotirga tushmoqdalar.
Moskva va Pekin oʻrtasidagi savdo hajmi 2018-yilda 25 foizga oshib, rekord koʻrsatkich – 108 milliard AQSH dollariga yetgan, iyun oyida oʻtgan uchrashuvda esa Xitoy prezidenti Si Szinpin Rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinni oʻzining “eng yaqin doʻsti” deb atagan edi.
Ammo bu ikkovlon oʻrtasidagi hamkorlikni u qadar joʻn deb boʻlmaydi.
Nima boʻlganda ham, bu ikki rejim “bir-biriga ishonmaydi”, dedi Ni.
Markaziy Osiyodagi ayro manfaatlar
Ikki davlat rahbarlari bir-birlariga qarata maqtov soʻzlarini aytib, biznes shartnomalar va harbiy hamkorlik haqida eʼlon qilsalar-da, Markaziy Osiyodagi manfaatlari ayro ekanligi sababli uzoq muddatli strategik ittifoq tuza olmasliklari aniq.
Sababi, Rossiya va Xitoyning mintaqadagi manfaatlari – Moskva himoya, Pekin esa sarmoya bilan shugʻullanuvchi jentlmencha kelishuvga oid avvalgi taxminlar puchga chiqmoqda, deydi tahlilchilar.
Rossiyaning Gruziya va Qrim kabi oʻlkalarda sodir etgan zoʻravonlik harakatlarining oqibatlari Moskvani sharqdagi qoʻshnisi tomon yuzlanishga majbur qilgan.
Moskva iqtisodiy oʻsishni taʼminlash yoʻlida Xitoy bilan hamkorlikni “ikki yovuzlikdan yengilrogʻini tanlash” sifatida koʻrmoqda, buning muqobili esa – mamlakat ichida tub islohotlar oʻtkazish va Gʻarb bilan yarashishdir, deydi Moskvadagi Karnegi markazining Osiyo boʻyicha dasturiga rahbarlik qiluvchi Aleksandr Gabuyev.
“Xitoy va Rossiya Markaziy Osiyoda bir-biriga raqibdir”, deydi Ukrainaning Kiyev shahridagi Armiya, konversiya va qurolsizlanish boʻyicha tadqiqotlar markazining Osiyo-Tinch okeani hududi boʻyicha rahbari Yuriy Poyta.
Xitoy oʻzining “yumshoq kuch” siyosati quroli boʻlmish investitsiya loyihalari Rossiyaning himoyasiga qaram boʻlib qolishini xohlamaydi, dedi u.
Mohiyatan, Xitoyning Markaziy Osiyodagi yirik loyihalari va investitsiyalari mintaqa rivojidan manfaatdor boʻlmagan Moskvaning taʼsirini zaiflashtiradi.
“Moskva harbiy kuchdan tashqari mintaqaga iqtisodiy sohada koʻp narsa bera olmasligini tushunadi va Pekinning tobora kuchayib, Markaziy Osiyo respublikalarini oʻz qanoti ostiga olishiga jimgina qarab tura olmaydi”, deydi Poyta.
Amerika bu “ittifoqchilarga” nisbatan sanksiyalarni kuchaytirishda davom etishi kerak. Rossiyani yadrodan xoli qilish xalqaro hamjamiyat uchun dolzarb muammo
Javob berishFikrlar 9
Ruslar Markaziy Osiyoning rivojlanishini xohlamaydi, boshqalarning hisobiga yashagan vaqtlaridek, Sovet ittifoqiga qaytishni istaydilar.
Javob berishFikrlar 9
Bu “ittifoqchilar” oʻrtasida Damanskiy orolidagi nizo tarixi hali unutilgani yoʻq.
Javob berishFikrlar 9
Yuqori Norin kaskadi hali qurib bitkazilmadi.
Javob berishFikrlar 9
Rossiya va Xitoy oʻrtasida nizo kelib chiqishi muqarrar. Rossiyada qisiq koʻzlilarni qanday haqorat qilishlarini Xitoy yaxshi eslaydi.
Javob berishFikrlar 9
Toshkentlik oʻzbek siyosatshunosi Valeriy Xan, Amerikaning RAND tahlil markazi katta siyosiy tahlilchisi Layl Morris, Sidneydagi Makkuori universitetining xitoylik tadqiqotchisi Adam Ni va boshqalar arzon provokatorlardir.
Javob berishFikrlar 9
Shuning uchun ham ruslar aksil-Xitoy kayfiyatini avj oldirishga harakat qilishgan. Rossiyani tiyib qoʻyishlari uchun, Men bu masalada Xitoy elchixonasiga murojaat qilib boʻlganman.
Javob berishMana shunaqa sharhlovchilar aholini junbushga keltiradi
Javob berishAholini barcha yerlar ruslarniki, ruslar hammani ozod qilgan, hamma narsani oʻylab topgan kabi bemaʼni gaplarni baqirib yuradigan shovonistlar junbushga keltiradi.
Javob berishFikrlar 9