Karvonsaroy
Terrorizm

Al-Qoida vorisi Hamza bin Lodin “vafot etdi”

Karvonsaroy

2017-yilning 1-noyabr kuni AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi “Al-Qoida” sobiq yetakchisi Hamza bin Ladenning Erondagi nikoh toʻyidan olingan videolavhani namoyish etgan.

VASHINGTON – Marhum Usoma bin Ladenning oʻgʻli, “Al-Qoida”ning taxminiy vorisi Hamza bin Laden halok boʻlgan. Bu haqda chorshanba (31-iyul) kuni Amerika ommaviy axborot vositalari AQSH rasmiylariga tayanib xabar berganlar.

NBC News xabariga koʻra, Amerikalik hukumat mansabdorlaridan 3 nafari kichik bin Ladenning oʻlimiga oid maʼlumotga ega boʻlgan, ammo u vafot etgan joy va sana oshkor etilmagan.

“Al-Qoida” merosxoʻri oʻldirilgan operatsiyada Amerika Qoʻshma Shtatlari ishtirok etgan. Bu haqda ikki Amerika rasmiysi ismini oshkor etmaslik sharti bilan “The New York Times” nashriga soʻzlab bergan.

Ikkala maʼlumotda ham bin Laden AQSH Davlat departamenti fevral oyida uning boshi uchun 1 million dollarlik mukofot eʼlon qilinguniga qadar oʻldirilgani taxmin qilinadi.

AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan 2017-yilda eʼlon qilingan videolavhada “Al-Qoida” yetakchisi Usoma bin Ladenning oʻgʻli Hamza bin Ladenning katta yoshdagi ilk suratlari aks etgan.

AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan 2017-yilda eʼlon qilingan videolavhada “Al-Qoida” yetakchisi Usoma bin Ladenning oʻgʻli Hamza bin Ladenning katta yoshdagi ilk suratlari aks etgan.

“Al-Qoida” sobiq yetakchisi Usoma bin Laden 2001-yil 11-sentyabrda AQSHda sodir etilgan teraktlar uchun javobgarlikni zimmasiga olgan. U 2011-yili Pokistonda Amerika maxsus qoʻshinlari tomonidan oʻldirilgach, Hamza guruh vorisiga aylangan edi. (Fayl)

“Al-Qoida” sobiq yetakchisi Usoma bin Laden 2001-yil 11-sentyabrda AQSHda sodir etilgan teraktlar uchun javobgarlikni zimmasiga olgan. U 2011-yili Pokistonda Amerika maxsus qoʻshinlari tomonidan oʻldirilgach, Hamza guruh vorisiga aylangan edi. (Fayl)

AQSH harbiylari va razvedka xizmatlari uning oʻldirilganini tasdiqlaganicha yoʻq.

Yangi yetakchi

30 yoshlarda ekani taxmin qiligan bin Laden “Al-Qoida” yetakchisiga aylanib borayotgan edi, deb bayonot bergan AQSH davlat departamenti mukofot haqidagi eʼlonida.

1980-yillarda Afgʻonistonda boʻlgan Usoma bin Laden u yerga 1996-yilda qaytgan edi. Uning taxminan 1989 yillarda tugʻilgan oʻgʻli keyinchalik “Al-Qoida” tashviqiy videolavhalarida koʻrinish bera boshlagan.

Kichik bin Laden internetda audio va videomurojaatlar bilan faol chiqishlar qilib, oʻz tarafdorlarini AQSH va uning gʻarblik ittifoqchilariga qarshi hujumlar uyushtirishga chaqirgan, deb xabar beradi AQSH Davlat departamenti.

U 2011-yilda Pokistonda otasining Amerika harbiylari tomonidan oʻldirilganiga javoban, AQSHga hujumlar uyushtirish bilan ham tahdid qilgan edi.

Otasining Abbotoboddagi uyini tintuv qilish chogʻida qoʻlga kiritilgan hujjatlardan maʼlum boʻlishicha, kichik bin Ladenni “Al-Qoida” rahbariyatining vorisi etib tayyorlayotgan edilar.

Uyni tintuv qilgan amerikalik harbiylar, shuningdek, bin Ladenning “Al-Qoida” rahbariyatidagi boshqa yuqori lavozim egasi, misrlik Abdulloh Ahmad Abdullohning qizi bilan Eronda oʻtgani taxmin qilingan nikoh toʻyi videotasvirini ham topganlar.

Bin Ladenning qayerda ekanligi doim noaniq boʻlgan. Taxmin qilinishicha, u Eronda uy qamogʻida boʻlgan, biroq, ayrim xabarlarga koʻra, u Afgʻoniston, Pokiston yoki Suriyada yashagan boʻlishi ham mumkin.

“Al-Qoida”ning tashviqot boʻlinmasi oʻzining oxirgi bayonotini 2018 yilda eʼlon qilgan edi.

“Al-Qoida” nomiga zarba berish

Ekstremistlarni kuzatish bilan shugʻullanuvchi SITE razvedka guruhi ijrochi direktori Rita Katsning aytishicha, bin Laden “Al-Qoidaning baland yangraydigan ovozlaridan biri” edi.

“U Al-Qoida yordamida oʻzini butun dunyodagi jihod harakatining yetakchisi deb bilardi”, dedi Kats Tvitterda.

“Uni butun dunyodagi jihodni birlashtiradigan boʻlajak sardor deb hisoblashar edi. Agar u haqiqatan ham oʻlgan boʻlsa, bu harakat jiddiy zarbaga uchragan boʻladi”, dedi u.

Agar uning oʻlgani haqidagi xabarlar tasdiqlansa, bu “Al-Qoidaning ikkinchi avlodga oʻtish borasidagi rejalariga jiddiy putur yetkazadi”, deydi AQSH Federal qidiruv byurosi sobiq xodimi Ali Sufan “The New York Times” nashri bilan suhbatda. U “Al-Qoida”ni chuqur oʻrgangan va 2017-yilda bin Laden haqida uzun maqola yozgan edi.

“Agar uning oʻlgani aniq boʻlsa, bu “Al-Qoida”ning oliy rahbariyatini ancha zaiflashtiradi, guruhning Usoma ben Ladenga aloqadorligi esa yanada sustlashadi”, dedi AQSH milliy aksilterror markazining sobiq rahbari Nikolas J. Rasmussen.

Bin Ladenning oʻlimi haqidagi xabarlar “Al-Qoida”ning nomiga putur yetkazadi, deydi sobiq FQB agenti asos solgan Global xavfsizlik masalalari boʻyicha Sufan markazining katta ilmiy xodimi Kolin P. Klark.

“Bu shaxs tasdiqlanmagan va sinalmagan boʻlsa ham, uning ismi haligacha yosh jihodchilar uchun koʻp narsani anglatadi”, dedi u “The New York Times” nashriga.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Al-Qoida tirikdan koʻra koʻproq oʻlik.

Javob berish

Ал Қоида тарихда қолиб бўлган.

Javob berish