Karvonsaroy
Din

Aeroportdagi maʼruzalarda oʻzbek migrantlariga Rossiyada ekstremistlar taʼsiriga tushmaslik uqtirilmoqda

Maksim Yeniseyev

15-iyul kuni Namangan aeroportida Rossiyaga ishlash uchun ketayotgan mehnat muhojirlariga maʼruza qilayotgan imom, Facebook ijtimoiy tarmogʻiga joylangan videolavha kadri.

15-iyul kuni Namangan aeroportida Rossiyaga ishlash uchun ketayotgan mehnat muhojirlariga maʼruza qilayotgan imom, Facebook ijtimoiy tarmogʻiga joylangan videolavha kadri.

TOSHKENT – Imomlar Namangan aeroportida Rossiya samolyotlariga oʻtirayotgan oʻzbekistonlik mehnat migrantlarini terrorchi guruhlarning daʼvatlaridan “ogoh boʻlishga” chaqirmoqdalar.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita ekstremizmga qarshi kurash davlat dasturi doirasida Rossiyaga ishlash uchun ketayotgan yoʻlovchilarga aeroportda muntazam ravishda maʼruzalar oʻqimoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri 15-iyul kuni Fargʻona viloyatining Namangan shahri aeroportida boʻlib oʻtdi.

Yozib olingan va internetga joylangan videolavhada imom Rossiyaga otlangan migrantlarni “vatanga xiyonat qilmaslikka” va “terrorchi guruhlar taʼsiriga tushmaslikka” chaqirgan.

Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Qudbiyev 2018-yil 12-oktabr kuni Toshkent aeroportida qiyin ahvolda qolib Oʻzbekiston hukumati hisobidan vataniga qaytarilgan bir guruh mehnat migrantlariga murojaat qilmoqda. (Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi)

Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Qudbiyev 2018-yil 12-oktabr kuni Toshkent aeroportida qiyin ahvolda qolib Oʻzbekiston hukumati hisobidan vataniga qaytarilgan bir guruh mehnat migrantlariga murojaat qilmoqda. (Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi)

Lavhada imom Abduvosit domla terrorchilik tashkilotlarini “bugungi kunning eng asosiy tahdidlaridan biri” deb atar ekan, migrantlarni Islom nomi bilan harakat qilib, internet orqali odamlar ongini zaharlashga urinayotgan “terrorchi guruhlardan ogoh boʻlishga” daʼvat qiladi.

Imom bu kabi holatlar Rossiyada ishlayotgan migrantlar orasida uchrayotganini qayd etar ekan, ularni Oʻzbekistondagi diniy tashkilotlar saytidan maʼlumot izlashga va diniy taʼlim olishga chaqirdi.

U muslim.uz, islom.uz i ravza.uz kabi saytlarni tilga oldi.

Terrorga yollovchilar nishoni

Bunday maʼruzalar ekstremizmga qarshi kurash milliy kampaniyasi doirasida tashkil etilmoqda, dedi aeroport matbuot kotibi Ozod Yevropa/Ozodlik (RFE/RL) radiosi.

“Barcha yoʻlovchilarni koʻchada bir joyda toʻplash imkoni boʻlmagani uchun, maʼruzalar samolyotga chiqish oldidan oʻtkazilmoqda”, dedi 15-iyul kuni ismi oshkor etilishini istamagan mansabdorlardan biri.

“Bunday maʼruzalar uchun tajriba sifatida Namanganning tanlangani tasodif emas. Bu yerda konservativ oʻzbeklar, oʻta dindor musulmonlar istiqomat qiladi”, deydi toshkentlik siyosatshunos Umid Asatullayev.

“Namangan bu borada dunyoviyroq poytaxt Toshkentdan farq qiladi”, deb qoʻshimcha qildi u. “Qayd etish kerakki, Oʻzbekiston Islom harakati (OʻIH) ham 90-yillarda aynan oʻsha yerda paydo boʻlgan.”

Aeroportda maʼruza qilayotgan imomlar Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Novosibirsk va boshqa shaharlarga otlangan mehnatkashlarga yuzlanganlar.

Oʻzbekistonlik mehnat muhojirlari Rossiyada ekstremistik yollovchilar nishoniga aylanib turadilar.

Rossiya ichki ishlar vazirligiga koʻra, mamlakatdagi ishchi-migrantlarning aksari oʻzbeklardan iborat. 1-iyun holatiga koʻra, Rossiyada 2,1 mln. Oʻzbekiston fuqarolari bor.

Gazeta.ru xabariga koʻra, oʻzbek migrantlari 2018-yilning uchinchi choragida uylariga 1,25 milliard dollar (10,9 trillion soʻm) miqdorida pul oʻtkazmalari yuborishgan.

“Umuman olganda, Rossiyadagi migrantlar bir tanu bir jon boʻlib yashaydilar”, deydi toshkentlik sotsiolog Dilmurod Toshxoʻjayev.

“Ular tazyiq va adolatsizlika duch kelmoqdalar”, dedi u. “Bunday sharoitda yollovchilar va ekstremistlar ularning gʻoyalari “erkinlik” va “adolat” oʻrnatishi haqida soʻzlaydilar”.

Ekstremistik saytlarga qarshi kurash

Maʼruzalar kampaniyasi Oʻzbekiston hukumatining ekstremistik guruhlar saytlariga qarshi kurash choralari ortidan boshlab yuborilgan.

May oyida Adliya vazirligi hukumat tomonidan taqiqlangan va bloklangan ekstremistik va terrorchilik veb-saytlari roʻyxatini eʼlon qilgan.

“Bunday veb-sahifalarni aniqlash va bloklash ekstremizmga qarshi kampaniya doirasida oʻtgan yil sentabr oyidagi hukumat qarori bilan tasdiqlangan edi”, dedi toshkentlik huquqshunos Muslima Hakimova intervyu chogʻida.

“Hujjatga koʻra, Oʻzbekistonda urush, zoʻravonlik, terrorchilik yoki ekstremizm, ayirmachilik, aqidaparastlik gʻoyalarini targʻib qilgan veb-sahifalar bloklanadi. Kuzatuvlar natijasida maxsus taqiqlangan veb-sahifalar roʻyxati tuzilmoqda”, dedi Hakimova.

Hozirgacha roʻyxatga 40 ta sahifa kiritilgan. Ular orasida Tavhid va jihod guruhining sobiq yetakchisi Abu Salohning sayti, Al-Fatoh TV, Hidoyat TV va shunga oʻxshash boshqa ekstremistik telekanallar bor.

Adliya vazirligiga koʻra, bunday saytlar internetning oʻzbek segmentidan bloklanadi va sayt egalari ekstremistik tashkilotlar deb topiladi.

“Bosh prokuror Oliy sudga tashkilotni ekstremistik deb tan olish haqida ariza topshiradi”, deyiladi Adliya vazirligi saytiga joylangan bayonotda.

Bayonotga koʻra, bunday guruhlarga oid har qanday materiallar, ramzlar va maʼlumotlarni internetga joylashtirish qonunga xilof sanaladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Axmoqona amaliyot

Javob berish