Karvonsaroy
Fan va texnologiya

Qozogʻistonda dronlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi

Aydar Ashimov

Suratda: Elbit kompaniyasi ishlab chiqargan dron parvoz chogʻida. (Elbit Systems Ltd.)

Suratda: Elbit kompaniyasi ishlab chiqargan dron parvoz chogʻida. (Elbit Systems Ltd.)

NUR-SULTON – Qozogʻiston xorijiy ishlab chiqaruvchilar va xizmat koʻrsatuvchilarga qaramlikni kamaytirishga qaratilgan choralar doirasida dronlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻymoqda.

“Isroilning Elbit Systems Ltd. kompaniyasi bilan uchuvchisiz uchish apparatlarini yigʻish va ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha uzoq muddatli shartnoma imzolandi”, deb xabar berdi 3-avgust kuni Qozogʻistonning “Kazakhstan Engineering” (KE) qurol-aslaha ishlab chiqaruvchi kompaniyasi.

KE Qozogʻistonda Elbit savdo belgisidan foydalanish uchun eksklyuziv huquqqa ega boʻldi.

“Bu loyiha bizga nafaqat uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqarish, balki dronlarni tuzatishda boshqa davlatlarga qaramlikni kamaytirishga imkon beradi”, dedi KE boshqaruvi raisi Kuanish Bishimov shartnomani imzolash marosimida. “Shu bilan birga, mahalliy xodimlarni tayyorlash va yangi ish oʻrinlari yaratish imkoniyati ham paydo boʻladi.”

12-mart kuni Olmaota viloyatida qozoq askarlari razvedka dronining uchirilishini kuzatmoqdalar. (Qozogʻiston mudofaa vazirligi)

12-mart kuni Olmaota viloyatida qozoq askarlari razvedka dronining uchirilishini kuzatmoqdalar. (Qozogʻiston mudofaa vazirligi)

Korxona Qozogʻistonda dronlarga texnik xizmat koʻrsatish, ularni taʼmirlash va zamonaviylashtirish boʻyicha bosh markazga aylanadi. Kelajakda dronlarni eksport qilish ham rejalashtirilmoqda, dedi u.

Kompaniya dronlarni ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan butlovchi qismlar va qurilmalarni 2019-yil oxiriga qadar qabul qilib olishni rejalashtirmoqda, deb qoʻshimcha qildi u.

Dronlarni xarid qilib oluvchilar qatorida Qozogʻiston politsiyasi, armiyasi, maxsus kuchlari, qutqaruv xizmati, fermerlar va neft-gaz korxonalari boʻlishi kutilmoqda.

Xizmatdagi dronlar

Kuzatuvchilar Qozogʻistonda uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqarish va ularga xizmat koʻrsatish rejasini ijobiy baholamoqdalar.

“Qozogʻistondagi dronlarning potentsial bozori katta, u xavfsizlik xizmatlari, nodavlat tashkilotlar va oddiy fuqarolardan iborat. Dronlardan yanada faol foydalanishga ikki omil toʻsqinlik qiladi, bular xorijiy modellarning qimmatligi va mahalliy xizmat koʻrsatish nuqtalarining yoʻqligi”, dedi Nur-Sultonlik noharbiy dronlar savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkor Berik Torgumbayev intervyu chogʻida.

Uning soʻzlariga koʻra, uchuvchisiz uchar qurilmalarni chet elga “kichik nosozlik bilan ham tuzatishga yuborish juda qimmat, koʻp vaqt oladi va foyda keltirmaydi”.

“Qozogʻistonda dronlarni ishlab chiqarish va ularga xizmat koʻrsatish juda katta qadam hamda koʻp sanoat turlari uchun ulkan imkoniyatdir”, dedi Torgumbayev.

U Qozogʻistonda uchuvchisiz uchar qurilmalar qay maqsadlarda foydalanishiga misollar keltirdi.

“Politsiya EXPO-2017 davrida dronlardan foydalandi”, dedi Torgumbayev 2017-yilda Ostonada (hozirda Nur-Sultonda) oʻtgan xalqaro koʻrgazmani nazarda tutib. “Qozogʻistonning ayrim hududlarida uchuvchisiz uchar qurilmalar boʻsh yerlar va saygʻoqlarning sonini kuzatishda qoʻllaniladi.”

“Ular jinoyatchilarni havodan turib izlashda politsiyaga qoʻl kelishi mumkin”, dedi u.

Qozogʻiston politsiyasi 2017-yildan beri Chu vodiysida yovvoyi nashani noqonuniy terib oluvchilarni qidirishda dronlardan foydalanib kelmoqda.

Shu bilan birga qozoq armiyasi ham ulardan muntazam ravishda foydalanadi. Misol uchun, askarlar aprel va may oylarida Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan keng qamrovli mashqlarni kuzatib borishda dronlarni qoʻllagan edilar. Dronlar, shuningdek, may oyida Tojikistonda oʻtgan mashqlarda qozoq harbiylariga asqotgan edi.

Dronlar, shuningdek, may oyida Tojikistonda oʻtgan mashqlarda qozoq harbiylariga asqotgan edi.

Qozogʻiston quruqlikdagi qoʻshinlarining drondan foydalanuvchi boʻlinmalari har yili mashgʻulotlar oʻtkazadi. Fevral oyida Jambul viloyatida oʻtkazilgan ana shunday mashqlarning birida harbiy xodimlar aerodinamika, fazodan foydalanish, havo razvedkasini olib borish va oʻq otishni sozlash qoidalarini oʻrgandilar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Hermes 900, Bayraktar TB3 zarbdor, Harop, Orbiter, Hero400EC, Skystriker qoʻriqlovchi dronlari lozim.

Javob berish

Ular buni Chuy vodiysida jinoyatchilarni qidirish uchun deb aytishadi, aslida esa (bu qurilmalar) birinchi navbatda Rossiya bilan chegarada ishlatish uchun kerak.

Javob berish