Karvonsaroy
Ommaviy axborot vositalari

Soʻrovlarga koʻra, Rossiya televideniyesi mamlakat ichida va Markaziy Osiyoda oʻz taʼsirini yoʻqotmoqda

Kanat Altinbayev

Mahalliy “Qazaqstan” telekanali orqali kechki serial tomosha qilayotgan olmaotaliklardan biri, 18 avgust. (Kanat Altinbayev)

Mahalliy “Qazaqstan” telekanali orqali kechki serial tomosha qilayotgan olmaotaliklardan biri, 18 avgust. (Kanat Altinbayev)

OLMAOTA – Yaqinda eʼlon qilingan hisobotga koʻra, Rossiya davlat telekanallaridagi yangiliklarni koʻrmaydigan rossiyaliklar soni oshib bormoqda. Markaziy Osiyoda ham shunday holat kuzatilmoqda, sababi tomoshabinlar kremlparast ommaviy axborot vositalaridan charchagan.

Moskvadagi “Levada-tsentr” mustaqil tahlil markazi 1-avgust kuni 2019-yil uchun Rossiya ommaviy axborot vositalarining holatiga doir hisobotini eʼlon qildi. Unda rossiyaliklarning ichki va xalqaro yangiliklar uchun qaysi manbalarga murojaat qilishini aniqlash boʻyicha oʻtkazilgan soʻrov natijalari batafsil yoritilgan.

Televideniye aksar rossiyaliklar uchun asosiy axborot manbai boʻlib qolayotgan esa-da, uning auditoriyasi tobora kichrayib bormoqda.

“Oʻn yil avval rossiyaliklarning 94 foizi yangiliklardan televideniye orqali xabardor boʻlar edi, hozirgi kunda bu raqam 72 foizni tashkil etmoqda. Yoshlar (25 va undan kichik yoshdagi rossiyaliklar) orasida bu koʻrsatkich 42, keksa yoshdagilar (65 va undan yuqori) orasida esa 93 foizga teng, deyiladi hisobotda.

Davlatga qarashli “Birinchi kanal” saytiga qoʻyilgan Markaziy Osiyolik migrantlar haqida koʻrsatuv. Rossiyalik jurnalistlarning fikricha, Moskvada ular soni juda koʻpayib ketgan.

Davlatga qarashli “Birinchi kanal” saytiga qoʻyilgan Markaziy Osiyolik migrantlar haqida koʻrsatuv. Rossiyalik jurnalistlarning fikricha, Moskvada ular soni juda koʻpayib ketgan.

Hisobotga koʻra, Rossiyaning yosh fuqarolari televideniyedan koʻra koʻproq ijtimoiy tarmoqlarga yuzlanmoqdalar.

Oxirgi bir necha yil davomida Rossiya televideniyesiga yangiliklar manbai sifatida ishonadigan aholi ulushi 55 foiz atrofida boʻlib turibdi. Markaz maʼlumotlariga koʻra, 10 yil avval bu raqam 80 foizga teng boʻlgan.

“Levada-sentr”ga koʻra, oʻtgan yilda televideniyening muayyan yangiliklar, birinchi navbatda iqtisodiy mavzularni aniq yoritishiga nisbatan rossiyaliklarning ishonchi keskin pasaygan.

Hisobotda aytilishicha, bugungi kunda aholining yarmidan koʻpi telekoʻrsatuvlar mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatga oid voqelikni aks ettirmaydi, deb hisoblamoqda.

Shu bilan bir vaqtda, rossiyaliklarning onlayn-manbalar va ijtimoiy tarmoqlarga nisbatan ishonchi ortib bormoqda, deyiladi tadqiqotda.

Oxirgi 10 yil ichida shunday fikrda boʻlgan rossiyaliklar soni 3-4 baravar koʻpaygan va hozirgi kunda aholining 20 foizini tashkil etmoqda.

“Levada-sentr” maʼlumotlariga koʻra, yosh rossiyaliklar eng avvalo televizor koʻrmagani uchun, televideniyedan koʻra ijtimoiy tarmoqlarga koʻproq ishonadilar.

Rossiya tashviqotidan charchaganlar

Rossiya davlat telekanallari Markaziy Osiyoda ham oʻz taʼsirini yoʻqotmoqda.

2017-yilning mart oyida Bishkekdagi “Pro-kg” siyosiy texnologiyalar markazi va “EL-PIKIR” jamoatchilik fikrini oʻrganish va prognozlash markazi oʻtkazgan soʻrovnomaga koʻra, Qirgʻizistonda Rossiya telekanallarini tomosha qiluvchilar soni yil sayin qisqarib bormoqda.

Qirgʻizistonning 48 shahrida olib borilgan va 1200 kishi ishtirok etgan soʻrovnomaga koʻra, respodentlarning 72,9 foizi asosiy axborot manbai sifatida qirgʻiz milliy kanallarini tomosha qilishini aytgan.

Aksincha, soʻralganlarning 17,6 foizigina Rossiya telekanallarini tomosha qilishini bildirgan, bu 2015-yilga nisbatan 3,2 foiz kam demakdir.

Bu kabi pasayishga Kreml qanoti ostidagi telekanallarning maqsadlari va Markaziy Osiyoda qoʻllayotgan noanʼanaviy yondashuvlari sabab boʻlmoqda, deydi OAV kuzatuvchilari.

Rossiya telekanallari tashviqotga toʻla informativ siyosat olib borishda “haddan oshmoqdalar”, deydi bishkeklik OAV tahlilchisi Erlan Satibekov.

“Moskva Kreml boshqaruvidagi telekanallardan oʻzining tashqi siyosatini “oqilona” koʻrsatish uchun foydalanmoqda, bu esa boshqa mamlakatlarda keskin tanqidni keltirib chiqarmoqda”, dedi u.

Kremlparast ommaviy aʼborot vositalari siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan biri – Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ijobiy imidjini Markaziy Osiyodagi barqarorlik va xavfsizlik kafolati sifatida targʻib qilish, dedi Satibekov.

Hafsalasi pir boʻlgan tomoshabinlar

Bu orada, Qozogʻiston va Oʻzbekistondagi tomoshabinlarning Kreml boshqaruvi ostidagi telekanallardan koʻngli qolgan.

Masalan, iyun oyida kremlparast teleboshlovchi Vladimir Solovyovning “Rossiya-1” kanalida Moskva Olmaotadagi laboratoriyani portlatib yuborishi kerakligi haqidagi gap-soʻzlari qozoqlarni gʻazabga solgan edi.

Toshkentlik bloger Aziz Hakimov esa Oʻzbekiston hukumatini Rossiya tashviqotiga qarshi jadal kurashish va noxolis siyosiy dasturlarni butunlay taqiqlashga chaqirgan.

“Rossiya tashviqoti televideniye, internet va ommaviy axborot vositalari orqali oʻzining uzun panjalarini biz tomonga qarab choʻzmoqda”, deb yozgan edi u 2018-yilning aprel oyida oʻzining Facebook sahifasida. “U buni uddalayapti. Oʻylaymanki, biz oʻz fuqarolarimizni ularning buzgʻunchi va zararli axborotidan himoya qilishimiz kerak.”

Uning postiga yuzlab ijobiy munosabatlar va fikr-mulohazalar bildirilgan.

Nashr bilan suhbatda boʻlgan yana bir Oʻzbekiston fuqarosi, samarqandlik Abdurahmon Obidovning aytishicha, u oʻzbek migrantlari haqida salbiy koʻrsatuvlarni tomosha qilgach, umuman Rossiya kanallarini koʻrmay qoʻygan.

“Rossiya ommaviy axborot vositalari bizlarni jinoyatchi yoki undan ham yomonroq yovvoyi odamlardek qilib koʻrsatadi. Shundan keyin ham ularga ishonaylikmi?”, deydi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 4

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Oxirgi ruslar ketganidan keyin, bir-birimiz bilan jiqillasha boshlaymiz. Ular biz uchun yashin qaytargich kabi. Ular shu yerda ekan, kamchiliklarimiz uchun kimnidir ayblay olamiz. Yoʻqsa, toliblar aybdor boʻladi!

Javob berish

Oʻzbekiston Rossiya kanallaridan umuman voz kechishi kerak, chunki Rossiya tomoniga ham oʻzbek televideniyesi kerak emas. Hammasi tenglik asosida boʻlishi kerak.

Javob berish

Farqi shuki, Qirgʻizistonda Rossiya kanallarini bepul tomosha qilish mumkin, Qozogʻistonda esa RF kanallarini kabel operatorlari pulga sotadilar.

Javob berish

Yolg‘onchi Rossiya televideniyesi va tashviqotining kuchi kamaymoqda.

Javob berish