https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/features/2019/08/30/feature-01
Toʻlib-toshgan kameralar: Suriyadagi “Islom davlati” qamoqxonasiga nazar
| Ta’lim

Qirgʻizistonlik bolalar “Gazprom”ning qingʻirligi sabab Bishkekdagi maktabda oʻqish imkoniyatidan mahrum boʻldilar

Kanat Altinbayev

image

18-avgust kungi suratda aks etgan “Gazprom”ning Bishkekdagi maktabi oddiy odamlar uchun emasligi maʼlum boʻldi. “Gazprom”ning toʻlovlariga qurbi yetmagan ota-onalarning farzandlari yangi maktabni uzoqdan turib tomosha qila oladilar, xolos. (Kanat Altinbayev)

BISHKEK – Rossiyaning yirik energetika kompaniyasi “Gazprom” Bishkekda bepul taʼlim beradigan zamonaviy oʻrta maktabni qurishga vaʼda berganida, mahalliy aholi juda mamnun boʻlgan edi.

Endi esa ular gʻazabda, sababi kompaniya maktabda oʻqish uchun faqat badavlat oilalar toʻlay oladigan narxlarni belgilamoqda. Mahalliy aholi bu holatni “jamiyatga qarshi qalloblik” deb baholagan.

Maktabning tarixi 2013-yilda boshlangan boʻlib, oʻshanda “Gazprom” Qirgʻizistonda tabiiy gaz yetkazib beruvchi eng yirik kompaniya – “Qirgʻizgaz”ning 100 foiz aktsiyalarini xarid qilgandi.

Ramziy 1 dollar evaziga amalga oshirilgan bitim shartlariga koʻra, “Gazprom” besh yil davomida Qirgʻizistonning gaz infratuzilmasini modernizatsiya qilish va tiklash bilan shugʻullanishi kerak edi. Bundan tashqari, Rossiyaning gaz sohasidagi giganti Qirgʻizistonda sport inshootlari va maktablar barpo etish majburiyatini olgan.

image

“Gazprom” maktabi uning pulini toʻlashga qurbi yetadigan oʻquvchilar uchun moʻljallangan basseyn va boshqa qulayliklar bilan jihozlangan. (Kanat Altinbayev)

image

“Gazprom” maktabining direktori Azamat Dikambayev mahalliy aholining savollariga javob bermoqda, 18-avgust. (Kanat Altinbayev)

“Gazprom” Qirgʻiziston poytaxti Bishkekda oʻrta taʼlim maktabi barpo etdi. “Gazprom” rahbari Aleksey Miller maktabda 33 ta zamonaviy oʻquv xonasi, kompyuter xonalari, mulьtimedia kutubxonasi, laboratoriya va auditoriya, 350 oʻrinli oshxona, ikkita sport zali va ikkita yopiq suzish havzasi, shuningdek, ochiq sport maydonchalari boʻlishini aytgan.

Miller 2017-yil avgustda Qirgʻizistonning oʻsha vaqtdagi prezidenti Almazbek Atambayev bilan boʻlajak bino poydevoriga tamal toshi qoʻyar ekan, “maktab xalqaro miqyosdagi amaliyotning eng yaxshi namunasi boʻlib, uning qurilishi Qirgʻizistondagi yosh avlodning har tomonlama rivoji uchun jiddiy turtki beradi”, deb aytgan edi.

Bishkek shahar hokimligi ham “asr loyihasi”ga oʻz hissasini qoʻshdi – maktab uchun 3,5 gektar yer ajratib, unga olib boradigan asfalьt qoplamali yoʻl qurdi.

Bu ishlar uchun hokimiyatdan qancha mablagʻ ajratilgani oshkor etilmagan.

Boylar uchun moʻljallangan maktab

Biroq, shu yil yoz oyi boshlarida qurib bitkazilganidan soʻng, maktabning bepul emasligi maʼlum boʻldi.

“Gazprom” tarafidan taklif etilgan taʼlim narxi oyiga 22 ming qirgʻiz soʻmini (315 AQSH dollari) tashkil etgan. Bu haqda 24.kg nashri iyun oyida Bakulya Jalilova ismli Facebook foydalanuvchisiga asoslanib xabar qildi.

Bu xabar maktabning qurib bitkazilishini kutayotgan mahalliy aholini esankiratib qoʻygan. Rasmiy statistikaga koʻra, 2018-yilda Qirgʻizistonda oʻrtacha oylik maoshi 235 AQSH dollarini (16415 qirgʻiz soʻmi) tashkil etdi.

“Lolu hayronman. Sentyabrda birinchi sinfga chiqadigan oʻgʻlimni qayerga olib boraman endi?” deydi maktab joylashgan “Asanboy” mikrorayonida yashovchi Tilek Surabaldiyev.

Maktab yaqinidagi hududda istiqomat qiluvchi Saykal Abdirazayeva ham Karvonsaroy bilan suhbatda har kuni farzandini avtobusda shahar markaziga olib borishga majbur ekanini aytgan.

2017-yilda Atambayev va Miller maktab qurilishini boshlab berishganida mahalliy aholining boshi osmonga yetgan edi, deb eslaydi u.

“Lekin, endi maʼlum boʻlishicha, maktab boylar uchun qurilgan ekan. Bu kabi hashamatli maktabga borish uchun bizda buncha pul yoʻq”, deydi Abdirazayeva Karvonsaroy bidan suhbatda.

“Farzandim oʻqiy olmasa, observatoriyasi bor ulkan maktab nega kerak? Bu sinfxonalarda oʻqiy olmasa, basseynda choʻmilolmasa, futbol maydonida oʻynay olmasa?” deydi u.

Ayolning aytishicha, “Gazprom” maktabining direktori Azamat Dikambayev uning bu savollarini javobsiz qoldirgan.

Bishkek shahar hokimi Aziz Surakmatovning tan olishicha, maktabning yillik xarajatlari 150-200 million soʻmni (2,1-2,9 mln. AQSH dollari) tashkil qiladi, shahar budjetida esa bunga mablagʻ yoʻq.

“Qingʻirlik”

Bishkeklik huquqshunos, “Taza Tabigat” (Toza tabiat) jamoatchilik birlashmasi rahbari Anora Dautaliyevaning fikricha, “Gazprom” avval-boshdan oʻz maktabidan foyda olishni koʻzlagan.

“Gazprom”ning maktab uchun toʻlov joriy etishi “xalqni aldash” bilan barobar, dedi u nashr bilan suhbatda. “Maktablar kabi ijtimoiy obʼektlar eng avvalo oddiy odamlar uchun barpo etilishi lozim, “Gazprom” esa ularni aldadi va maktabda taʼlim olish imkoniyatidan mahrum qildi.”

“Gazprom” bu ishi bilan qirgʻiz bolalarini boy va kambagʻallarga ajratdi, dedi u.

Dautaliyevaning ishonishicha, “Gazprom” Qirgʻiziston hukumatining unga nisbatan xayrixohligidan foydalanib qolishga qaror qilgan.

“Bunday boy kompaniya oʻz foydasi emas, balki bolalar haqida qaygʻurishi kerak edi”, dedi u.

Shunga oʻxshash voqea Armanistonda ham sodir boʻlgan. 2016-yilda “Gazprom” maktab va sport inshootini qurishni boshlagan Yerevanda mahalliy aholiga ularning farzandlari maktabda bepul oʻqishlari mumkin, deb vaʼda berilgan edi. Qurilish 2018-yilda yakunlanishi kerak edi.

Shunday boʻlsa-da, bino qurilayotgan vaqtda yangi maktabda oʻqish uchun yiliga 1 mln. dram (2100 dollar) toʻlanar ekan, degan xabarlar paydo boʻldi. Bundan keskin norozi boʻlgan yerevanliklar oʻtgan yil sentabr oyida “Gazprom”ning “ijtimoiy dasturlari” mohiyatiga aniqlik kiritishni soʻrab, kompaniya rahbari Millerga ochiq xat yoʻllaganlar.

Dautaliyevning aytishicha, Bishkekdagi maktab “Gazprom” emas, davlatniki boʻlishi kerak edi.

“Biz bolalar ehtiyojlari va huquqlari haqida unutmasligimiz kerak. Gap infratuzilmada emas, balki taʼlimning oʻzida. Qirgʻiziston konstitutsiyasiga koʻra, har bir fuqaro taʼlim olish huquqiga ega, “Gazprom” esa bu kabi tamoyillardan yiroq koʻrinadi”, dedi u.

Bu Rossiya gaz konglomeratining Markaziy Osiyoda norozilik keltirib chiqarishi bilan bogʻliq birinchi holat emas. Masalan, avvalroq shu yilda “Gazprom” Turkmanistonni oʻz tabiiy gazini juda past narxda sotishga majbur qilgan edi. Shuningdek, 2018-yilda “Gazprom” Tojikistonning qazilmalar borasidagi umidini puchga chiqarib, mamlakatda neft va gaz burgʻilashni toʻxtatgan.

Sizga maqola yoqdimi?
48
Yo‘q
Fikrlar 39
Siyosat
Captcha

Bolalarga qarshi urush ustalari ruslar...

Javob berish

Yolgʻon soʻzlash Rossiya uchun burun qoqishdek gap

Javob berish

Gazprom nima qilib odamlarni aldabdi? Nima qilib? Davlat maktabni boshqara olmasligida aybdormi? Gʻaznadagi pul faqat hukumatdagilarning oʻgʻriligi va erkaligiga yetishida Gazprom aybdormi? Deputatlar pulni beparvo oʻzining ketiga sarflashi yoki konservalarga 35 ming olishida Gazprom aybdormi? Bu qoidalarni gazprom emas hukumatdagilar oʻylab chiqqan.

Javob berish

«Oʻgʻlimni qayerga olib boraman endi,, Buni oʻzing saylagan prezidentdan soʻraysan. Xuddi Gazprom aybdordek. Agar maktab bepul boʻlganida ham, boylar, amaldorlar va yogʻ bosgan deputatlar bolalari uchun boʻlardi, sizning farzandlaringiz uchun emas.

Javob berish

Avvaliga ruslar maktab bepul boʻladi deysihgandi, lekin ularga ishonch yoʻq.

Javob berish

Hurmatli ota-onalar! Kapitalizm va ijtimoiy tengsizlik hukmron jamiyatda yashayapmiz. Qarang, barcha OTMlar pullik, shifoxonalar ham pullik. Vaqt oʻtishi bilan bepul maktablar ham yoʻq boʻladi. Bu maktab amaldorlarning farzandlari uchun. Buni faqat sotsialistik inqilob bilan yoki birdaniga millioner boʻlib qolish bilan oʻzgartirish mumkin!

Javob berish

Xuddiki Rossiyada biror tuzukroq narsa kutsa boʻladigandek. Terrochiku bu mamlakat.

Javob berish

Shu “inson huquqlari faollariga” hayronman. Ayniqsa Anara Dautaliyeva deganlari, har qanday yangi boshlangan ishning tagiga bolta uradi. Bir savolim bor: chet elga sayyohat qilishga va u yerda yashashga qayerdan pul oladi? Men bu “inson huquqlari himoyachilaridan” charchadim. Oʻzlarini haqlarini yulib olish uchun har narsaga burun suqishadi va tartibsizliklarga sabab boʻlishadi.

Javob berish

Boshqa millatlar farishtadek begunohmi? Bunga shubham bor. Bemaʼni gaplarni gapirmang!!!

Javob berish

Gazpromni quvib chiqarish va Rossiya harbiy bazasini yopish - bizning javobimiz shunday (boʻlishi kerak).

Javob berish

Bu qallob Gazpromga nimadir qurishga qanday ruxsat berishdi oʻzi?

Javob berish

Bizning rahbarlar aybdor ekaniga shubha yoʻq, ular xabardor boʻlishgan

Javob berish

Ruslar tabiatan yolgʻonchi va qallob boʻlishadi

Javob berish

Dallilarni aniqlashtirib oling

Javob berish

Albatta, uni davlat balansiga oʻtkazing. Shunday qiling! Bir yildan keyin qaytib keling, maktabdan hech vaqo qolmagan boʻladi, chunki davlat bunday obyektlar haqida oʻylash va ularga xizmat koʻrsatishga qodir emas! Yoki kimdir oʻz narxlarini belgilaydi va kimningdir qarindoshi pul ishlashni boshlaydi.

Javob berish

Rossiya – bolalar bilan urushish boʻyicha mutaxassis

Javob berish

“Gazprom majbur” deganingiz nimasi? Kimga va nimaga majbur ekan u Qirgʻizistonda?

Javob berish

Rossiyaning xatti-harakatlari doim aldovga asoslanadi

Javob berish

Safsatani bas qil

Javob berish

Yebsan

Javob berish

Ruslarga ishonib boʻlmaydi. Putin Atambayevga pora bergan, endi Qirgʻizistonda rus maktablari joriy etiladi, keyin esa umuman qirgʻiz tilida oʻqitishni taʼqiqlashadi.

Javob berish

Irqchilikning hidi kelyapti... Millatning farqi yoʻq, surbet va manfaatparast odamlar hamma joyda bor.

Javob berish

Rasizm bu biror irqqa qarshi boʻlish degani. Men esa ruslar bilan bitta irqdanman. Adashding

Javob berish

Gazprom aldashni sokedan (Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeyenbekovning laqabi) oʻrgangan. Prezidentimiz yaxshi oʻrnak boʻlmayapti. Iloyim chuv tushirib ketishmasinda, aks holda umuman gazsiz qolamiz.

Javob berish

Gazprom emas, bizdagi firibgarlar chuv tushirishdi. Har doimgidek.

Javob berish

Gazpromingizga ham, Rossiyaga ham ishonch yoʻq.

Javob berish

Улар («Қирғизгаз»ни) жуда арзон сотиб юборишди. 1 доллар эмас, 2 долларга сотиш керак эди.

Javob berish

Boshqa tomondan, Gazprom oʻzining qimmat yoqilgʻisini Qirgʻiziston xalqiga sotib, milliardlab pul ishlayapti, ular arzon qozoq gazi va benzinini yetkazib berish taʼqiqlanishi soʻrab, Rossiya hukumatiga murojaat qilishgan.

Javob berish

Qozogʻistonda ham tabiiy gaz va benzin bor, odamlar yaqin atrofdagi Rossiya shaharlardan “nima uchun Qozogʻistonda bizning benzin arzonroq” degan savol bilan Qozogʻistonga benzin olgani kelishadi.

Javob berish

Bu maktabni Qirgʻizistonning iqtidorli bolalariga moʻljallangan maktabga aylantirish va unda oʻqishni bepul qilishga nima xalaqit beradi? Onlayn-testlarni ishlab chiqish va barcha viloyatlardan bolakaylarni testdan oʻtkazish orqali eng yaxshilarni saralab olish, maktabni esa hukumat qaramogʻiga topshirish kerak edi. Bu hozirgi sharoitlarda taʼlim olishga imkoni boʻlmagan iqtidorli bolalar uchun tramplin va boʻlajak malakali kadrlarni yetishtirish dasturining boshlanishi boʻlar edi.

Javob berish

Bu ijtimoiy kelib chiqishi va oila daromadidan qatʼiy nazar, iqtidorli bolalarning kelajagi uchun eng yaxshi qaror boʻlar edi.

Javob berish

Mahalliy hukumatga boshqa shunday maktab(lar)ni qurish va ularni bepul qilishga nima xalaqit beradi? Gazprom (Pullik boʻlsa ham) maktab qurib, yana aybdor ham boʻldimi?

Javob berish

Gazpromning bunga aloqasi yoʻq, ayb shunday boʻlishiga yoʻl qoʻyib bergan rahbarlarimizda.

Javob berish

Agar bu harbiy maktab boʻlganida, “Gazprom” barcha xarajatlarni oʻz zimmasiga olgan boʻlardi. Endi ular (ota-onalardan) bolalarning taʼlimi uchun pul soʻramoqdalar, chunki ularga bu oʻquvchilarning kelajagi qiziq emas. Biz tabiiy gaz va yoqilgʻini qozoq, oʻzbek va turkman birodarlarimizdan sotib olishimiz kerak. Bu arzon boʻlishi bilan birga, okkupatsiya evaziga boʻlmaydi.

Javob berish

Muammo nimada oʻzi? Sport-sogʻlomlashtirish inshootlari qurilib, shahar tasarrufiga topshirildi. Maktab ham qurilgan, ammo [Bishkek] hokimiyati maktabning xarajatlaridan qochib, uni shahar balansiga qabul qilishdan bosh tortdi.

Javob berish

Hokimlik Prezident va Bosh vazirning talabiga koʻra maktabdan voz kechgan.

Javob berish

Qirgʻizlar ruslarga ishonib boʻlmasligini allaqachon tushunib yetishlari kerak edi.

Javob berish

Esipast, maktabni ruslar emas, yahudiylar qurgan!

Javob berish

Hukumat kuchsiz, oʻz foydasi uchun hammasiga rozi, hukumat bu ishdan xabardor boʻlgan, shunchaki oʻzini jinnilikka solyapti. Kimdir buning orqasidan pul ishlab oldi.

Javob berish