Karvonsaroy
Xavfsizlik

Hamza bin Ladenning oʻlimidan soʻng “Al-Qoida” boshqaruvida inqiroz yuzaga keldi

Ar-Riyoddan Sulton al-Barey

Ayman al-Zavohiriyning salomatligi yomonlashar ekan, “Al-Qoida” rahbariyati Hamza bin Ladenning oilaviy kelib chiqishiga urgʻu berib uni guruh yetakchiligiga tayyorlashni rejalashtirayotgan edilar. Yil boshida eʼlon qilingan bu videolavha kadrida Al-Zavohiriyning koʻrinishi ancha horgʻin. (Fayl)

Ayman al-Zavohiriyning salomatligi yomonlashar ekan, “Al-Qoida” rahbariyati Hamza bin Ladenning oilaviy kelib chiqishiga urgʻu berib uni guruh yetakchiligiga tayyorlashni rejalashtirayotgan edilar. Yil boshida eʼlon qilingan bu videolavha kadrida Al-Zavohiriyning koʻrinishi ancha horgʻin. (Fayl)

“Al-Qoida” Usoma bin Ladenning oʻgʻli Hamzaning oʻlimidan keyin yetakchilik inqiroziga duch keldi, u Ayman al-Zavohiriydan keyin rahbarlik qilishga tayyorlanayotgan edi.

Ayman al-Zavohiriyning salomatligi yomonlashib borayotgani sababli “Al-Qoida” yetakchilari Hamza bin Ladenning oilaviy kelib chiqishiga urgʻu berib uni guruh yetakchiligiga tayyorlashni rejalashtirayotgan edilar.

AQSH mudofaa vaziri Mark Esper 21-avgust kuni mahalliy telekanallardan biriga bergan intervyusida Hamzaning oʻlimini tasdiqladi.

31-iyul kuni AQSH ommaviy axborot vositalari “Al-Qoida” yetakchisi etib tayinlangan Hamzaning oʻlimi haqida xabar bergan edilar, ammo shu kungacha manzil va sana haqida batafsil maʼlumot yoʻq.

2017-yil MRB tomonidan eʼlon qilingan videolavhada “Al-Qoida” guruhining marhum yetakchisi Usoma bin Ladenning oʻgʻli Hamza bin Ladenning ulgʻaygan yoshdagi ilk tasvirlarini koʻrish mumkin. (File)

2017-yil MRB tomonidan eʼlon qilingan videolavhada “Al-Qoida” guruhining marhum yetakchisi Usoma bin Ladenning oʻgʻli Hamza bin Ladenning ulgʻaygan yoshdagi ilk tasvirlarini koʻrish mumkin. (File)

“The New York Times” nashri ikki AQSH rasmiysiga tayanib, u soʻnggi ikki yil davomida AQSH koʻmagida olib borilgan harbiy operatsiyalarning biri davomida oʻldirilgani haqida xabar bergan.

Usoma bin Ladenning 20 ta farzandidan 15-si, uchinchi ayolining oʻgʻli Hamza chamasi 30 yoshlarda boʻlgan va “Al-Qoida yetakchisi sifatida yuzaga chiqayotgan edi”, deb xabar bergan Davlat departamenti.

Baʼzan uni “jihodning valiahd shahzodasi” deb atashgan, u gʻarb mamlakatlariga qarshi hujumlarga, ayniqsa 2011-yil may oyida Pokistonda otasining AQSH kuchlari tomonidan oʻldirilganiga qasos olishga chaqirib, audio va videomurojaat bilan chiqqan edi, deyiladi xabarda.

Al-Zavohiriyning salomatligi zaiflashgan

Soʻnggi razvedka maʼlumotlariga qaraganda, Al-Zavohiriy “yurak xastaligi” bilan ogʻrimoqda, deb taʼkidlagan xalqaro terrorchilikka qarshi kurash boʻyicha yuqori lavozimdagi rasmiylardan biri 1-avgust kuni CNN telekanaliga bergan intervyusida.

Unga koʻra, Al-Zavohiriyning ahvoli jiddiy, ammo uning salomatligi qanchalik ogʻir ekani yoki uning hayoti davomiyligiga taʼsirini aniq aytish imkonsiz, deb xabar bergan CNN.

Bu esa Zavohiriyning oʻrnini bosa oladigan vorisni topish bilan band guruhni bosim ostida qoldirmoqda, deydi ekspert.

“Al-Qoida” uchun yetakchi topish borasida jiddiy muammo yuzaga kelgan, deydi harbiy strategiya eksperti Yahyo Muhammad Ali.

“Al-Qoida”ning avvalgi gvardiyasi aʼzolaridan baʼzilari salomatligi yomonlashgan Al-Zavohiriyning guruhni samarali boshqara olmayotgani bois, mavjud inqirozni bartaraf etish maqsadida “Hamza bin Ladenni guruh yetakchisiga aylantirish uchun uning mavqeini koʻtarishga” harakat qilayotgan edilar, dedi u.

“Al-Qoida eng ogʻir kunlarini boshidan kechirmoqda, sababi uning turli boʻlimlari bir-biriga qarshi kurashda, uning avvalgi yoki yangi qoʻmondonlarining hech biri ogʻir yoʻqotishlardan soʻng guruhga yetakchilik qilishga nomzodini qoʻyish uchun oʻzini koʻrsata olmayapti”, dedi u.

“Guruh yetakchilariga qarshi ayovsiz ovlardan keyin “uning samaradorligi va harbiy imkoniyatlari pasaydi”, dedi Ali.

U buni terrorchilikka qarshi kurashda Suriya va Iroqdagi “Islom davlati” (ID) safiga qoʻshilgan koʻp sonli birinchi va ikkinchi bosqich ekstremistlarni yoʻq qilishdagi xalqaro hamkorlikka bogʻladi.

Ehtimoliy vorislar roʻyxati “qisqa”

“Hamzaning oʻlimi va Al-Zavohiriy salomatligining yomonlashganidan keyin “Al-Qoida” yetakchiligiga nomzodlar roʻyxati juda qisqa”, dedi siyosatshunos Abdul Nabi Bakkar.

Asosiy eʼtibor ikki kishiga qaratilgan: guruhda Al-Zavohiriydan keyin ikkinchi qoʻmondon hisoblangan misrlik Abu Muhamad al-Masriy nomi bilan tanilgan Abdulloh Ahmad Abdulloh va guruhning Shoʻro kengashi aʼzosi, dunyo boʻylab bir qator hujumlar uchun masʼul misrlik Saif al-Odildir.

Ularning ikkovi ham 1998-yilda sharqiy Afrikadagi AQSH elchixonalarining portlatilishi bilan bogʻliq voqea yuzasidan qidiruvda.

AQSH tomonidan qidiruvdagi terrorchi deb topilgan Al-Masriy Hamza bin Ladenning qaynotasidir.

Al-Masriy ham, al-Odil ham “taniqli odamlar boʻlishiga qaramay, guruhni boshqarish layoqatiga ega emas, chunki koʻpchilik, ayniqsa Suriya va Iroq yetakchilari, shu bilan birga, ayrim Pokiston va Afgʻoniston yetakchilari ham ularni yetakchi sifatida tan olmaydar”, dedi Bakkar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Yo xudo, qoʻlga tushmas Joning “oʻgʻilchasi” ham bor ekanmi hali? Nahotki, Yer sayyorasida shunaqangi afsonaviy mavjudotlar borligiga ishonadigan sodda odamlar hali ham bor? Hatto, men oshpaz ayol boʻla turib, odamlar uchun arang toʻqib chiqarilgan bunday safsataga hech qachon ishonmaganman. Teleyangiliklar orqali oʻsha 11-sentyabr oqshomini men ham yaxshi eslayman, hatto ilk kadrlar menga qandaydir soxta, sahnalashtirilgan, shubhali boʻlib koʻringandi... Hatto siyosatchilarning oʻzi ham bunga laqqa tushgani gʻalati!

Javob berish