Karvonsaroy
Xavfsizlik

Turkmaniston kiberxavfsizlikka oid yangi siyosatni ishlab chiqmoqda

Karvonsaroy

Tez orada Turkmanistonda kiberxavfsizlikka oid yangi qonun paydo boʻladi. Hujjat strategik ahamiyatga ega sohalarda axborot xavfsizligini himoya qilishga qaratilgan. [Pexels]

Tez orada Turkmanistonda kiberxavfsizlikka oid yangi qonun paydo boʻladi. Hujjat strategik ahamiyatga ega sohalarda axborot xavfsizligini himoya qilishga qaratilgan. [Pexels]

ASHXOBOD – Yaqin orada Turkmanistonda kiberxavfsizlikka oid yangi qonun qabul qilinishi kutilmoqda.

Oʻtgan hafta Milliy xavfsizlik vaziri Yailim Berdiyev strategik ahamiyatga ega sohalarda axborot xavfsizligini himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasini imzolagan prezident Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi, deb xabar beradi Turkmenistan Today davlat axborot agentligi.

Ayni paytda qonun loyihasi parlament tomonidan koʻrib chiqilmoqda.

Hukumat milliy kompyuter resurslarini ishlab chiqib, mahalliy va milliy davlat idoralariga foyda keltirayotgan barcha davlat va xususiy sektor subyektlarining kiberxavfsizligini taʼminlash niyatida.

Kiberxavfsizlikka tayyorgarlik jarayoni boshlangan

2018-yilda mudofaa vazirligi harbiy akademiyasida kiberxavfsizlik kuchlarini tayyorlash jarayoni boshlandi, deb xabar beradi “Xronika Turkmenistana” sayti.

Ushbu sohaga ixtisoslashgan kursantlar axborot xavfsizligi, avtomatlashtirilgan boshqaruv va dasturiy taʼminotni oʻrganadilar.

Bitiruvchilar mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish davlat dasturining amalga oshirilishi asnosida axborot xavfsizligi tahdidlariga qarshi kurash bilan shugʻullanadilar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500