https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/features/2019/09/13/feature-02
Rossiyaning Suriya hududi boʻylab yurishlari aholi tomonidan sovuq qarshi olinmoqda
| Xavfsizlik

AQSH mudofaa rasmiysi Qozogʻiston bilan aloqalar oʻsib borayotganini qayd etdi

Karvonsaroy

image

Olmaota yaqinidagi “Iliyskiy” oʻquv poligonida “Dasht burguti - 2019” mashqlarining yopilish marosimida saf tortib turgan sakkiz mamlakatning koʻp millatli harbiylari, Qozogʻiston, 27-iyun, 2019-yil.(CENTCOM)

NUR-SULTON – Amerika Qoʻshma Shtatlari va Qozogʻiston tinchlikparvarlik, terrorizmga qarshi kurash, chegaralarni qoʻriqlash va mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kengaytirish ustida ishlamoqda, deydi AQSHning yuqori martabali mudofaa rasmiylaridan biri.

AQSH mudofaa vazirining Hind-Tinch okeani mintaqasidagi xavfsizlik masalalari boʻyicha yordamchisi Rendall Shrayver ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Nur-Sultonga tashrif buyurdi, deb xabar beradi Kazinform.

Qozogʻiston va AQSH oʻrtasida harbiy va mudofaa sohasida hamkorlik muhim ahamiyatga ega, dedi Shrayver Nur-Sultondagi AQSH elchixonasida jurnalistlar oldidagi chiqishi chogʻida.

“Birgalikda koʻproq ishlarni amalga oshirishdan umidvormiz”, dedi Shrayver. “Yaqinda biz maʼlumot almashinuviga oid shartnoma imzolagan edik. Shuningdek, mamlakatlarimiz uchun oʻzaro manfaatli sohalardagi hamkorlik ham masalalarini muhokama qildik.”

“Biz Qozogʻistonning tinchlikparvar kuchlarni tayyorlash va oʻz tinchlikparvar kuchlarining Livandagi faoliyati bilan bogʻliq yutuqlaridan faxrlanamiz. Bu ishlar BMT tomonidan ham yuqori baholandi”, deb qoʻshimcha qildi u.

“Biz “Dasht burguti” tinchlikparvarlik mashqlarining navbatdagi bosqichini yakunladik. Bu mashgʻulotlar harbiy munosabatlarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.”

Oʻsib borayotgan hamkorlik

“Dasht burguti” mashqlari soʻnggi bor 17-28-iyun kunlari Olmaota viloyatidagi “Iliskiy” oʻquv markazida oʻtkazilgan edi.

“Dasht burguti” 2003-yildan beri har yili va 2012-yildan boshlab NATOning “Tinchlik yoʻlidagi hamkorlik” dasturi doirasida oʻtkazib kelinmoqda.

Qoʻshma harbiy oʻquv mashgʻulotlarda Buyuk Britaniya, Hindiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkiya, Oʻzbekiston va AQSHdan kelgan harbiy xizmatchilar ishtirok etdi, deyiladi Qozogʻiston mudofaa vazirligi bayonotida.

Ular nazorat-oʻtkazish punktlarini qoʻriqlash, gumanitar yuklarni kuzatib borish, mahalliy aholi bilan muzokaralar oʻtkazish, minalashtirilgan maydonlarni va yoʻllarni tozalash, suvni tozalash va yetkazib berish hamda tibbiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq vazifalarni bajardilar.

Oʻquv mashqlari Qozogʻiston oʻz xalqaro tinchlikparvarlik faoliyati doirasini kengaytirishi ortidan boshlangan.

Oʻtgan yilning oktabr oyida Qozogʻiston ilk marotaba oʻz desantchi askarlarini Livanga yuborgan edi. Ular olti oy davomida BMT muvaqqat kuchlari tarkibida Isroil chegarasi yaqinida xizmatni oʻtab, may oyida uylariga qaytgan edilar.

Qozogʻiston mudofaa vazirligining 17-may kungi bayonotida aytilishicha, missiyada ishtirok etgan qozoq tinchlikparvar kuchlari mart oyi oxirida BMTning “tinchlik yoʻlidagi xizmatlari uchun” medallariga sazovor boʻlishgan.

Sizga maqola yoqdimi?
7
Yo‘q
Fikrlar 1
Siyosat
Captcha

Qozogʻiston AQSH bilan hamkorlikdan manfaat oladi. Balki yaqin orada Rossiya ham Amerika bilan yarashib qolar.

Javob berish