Karvonsaroy
Terrorizm

Fuqarolarni vataniga qaytarish choralari davom etar ekan, Suriya jamlogʻi uzra “Islom davlati” tahdidi saqlanib qolmoqda

Karvonsaroy va AFP

Curiyadagi Al-Hol jamlogʻi, 8 avgust kuni olingan surat. (Dalil Sulaymon/AFP)

Curiyadagi Al-Hol jamlogʻi, 8 avgust kuni olingan surat. (Dalil Sulaymon/AFP)

«АЛ-ҲОЛ» “AL-HOL” JAMLOGʻI, Suriya – Qoʻriqchilarni chavaqlash, gumanitar tashkilotlar xodimlarini toshboʻron qilish, “Islom davlatining” (ID) qora bayrogʻini namoyishkorona osish – bularning barchasi guruh mafkurasining Suriya shimoli-sharqida joylashgan “Al-Hol” jamlogʻidagi ayollar va bolalarga nisbatan xavfli taʼsiri saqlanib qolganidan darak bermoqda.

AFP muxbirini oʻrab olgan qora libosli ayollar tibbiy yordamning qoniqarsiz ekanligi, gumanitar koʻmakning yoʻqligi va chodirlardagi chidab boʻlmas jaziramadan shikoyat qilishgan. Shuningdek, ular IDning qoʻlga tushmas yetakchisi Abu Bakr al-Bagʻdodiyni maqtar ekan, oʻz yetakchilaridan buyruq kutayotganliklarini aytishgan.

Bu ayollar ID jangarilarilarining 70 ming ayoli va farzandlari jon saqlayotgan Kurdlar ixtiyoridagi lagerda yashamoqdalar.

ID tarafdorlari jamloqni qoʻriqlayotgan Kurd xavfsizlik kuchlariga hujum qildilar, deb taʼkidlagan jangarilardan birining oʻz yoʻlidan qaytmagan bevasi Ummu Suhayb.

Hasaka viloyatidagi “Al-Hol” jamlogʻida kiyim-bosh olayotgan suriyalik ayol, 8 avgust. Kurd maʼmurlari “Al-Hol” va boshqa jamloqlarni boshqarishda yordam soʻrab, xalqaro hamjamiyatga bir necha bor murojaat qilganlar. Bu jamloqda qochqinlar va ID jangarisi deb gumon qilingan shaxslarning oila aʼzolari saqlanadi. (Dalil Sulaymon/AFP)

Hasaka viloyatidagi “Al-Hol” jamlogʻida kiyim-bosh olayotgan suriyalik ayol, 8 avgust. Kurd maʼmurlari “Al-Hol” va boshqa jamloqlarni boshqarishda yordam soʻrab, xalqaro hamjamiyatga bir necha bor murojaat qilganlar. Bu jamloqda qochqinlar va ID jangarisi deb gumon qilingan shaxslarning oila aʼzolari saqlanadi. (Dalil Sulaymon/AFP)

Yil boshida oʻtkazilgan fuqarolarni vataniga qaytarish operatsiyasidan soʻng oilalardan birini kuzatib borayotgan Qozogʻiston xavfsizlik kuchlari. (Fayl)

Yil boshida oʻtkazilgan fuqarolarni vataniga qaytarish operatsiyasidan soʻng oilalardan birini kuzatib borayotgan Qozogʻiston xavfsizlik kuchlari. (Fayl)

“Asayishga ikki yoki uch marta pichoq urdilar”, dedi 3 nafarning farzand onasi boʻlgan 23 yashar iroqlik ayol Kurd xavfsizlik xizmatini nazarda tutib.

Bu hujumlar ortida ID safiga qoʻshilish maqsadida Suriyaga kelgan muhojir ayollar turibdi, dedi u.

Oʻta xavfli mahbuslar

Ummu Suhaybning soʻzlariga koʻra, uning tunislik eri bir necha oy oldin Suriya sharqidagi IDning eng soʻnggi qoʻrgʻoni boʻlmish Bogʻuzda AQSh qoʻllovidagi Kurdlarning Suriya demokratik kuchlariga (SDK) qarshi kurashda halok boʻlgan.

Mart oyida SDK qishloq hududidan soʻnggi jangarilarni quvib chiqarganidan soʻng, чиқарганидан сўнг, “xalifalik” tor-mor etilganini ҳақида баёнот берган. «Халифалик» 2014 йил Сурия ва Ироқнинг баъзи қисмларида эълон қилинган эди.

Bir necha hafta davom etgan kampaniyada oʻn minglab ayollar va bolalar Suriya shimoli-sharqida joylashgan Kurdlar boshqaruvidagi jamloqlarga yuborilgan.

Jami 12 mingta chet el fuqarosi – 4000 ta ayol va 8000 ta yosh bola shu kabi lagerlarda yashab kelmoqda, deb xabar bergan Kurd hukumati.

“Biz lagerga Bagʻdodiyning buyrugʻi bilan keldik”, dedi Ummu Suhayb. .

“Al-Hol”ning har bir burchagidagi kameralar ertayu kech ishlaydi, chet ellik ayollar Kurd kuchlari tomonidan qoʻriqlanadigan katta jamloqning panjarali hududida xavfsizlik choralari nihoyatda jiddiy.

Erkin yurishi mumkin boʻlgan suriyalik va iroqlik ayollardan farqli oʻlaroq, oʻta xavfli bu mahbuslar lager bozoriga yoki gumanitar yordam olishga qurollangan qoʻriqchilar kuzatuvida borishadi.

“Ular bizni dushman deb biladilar va bu muammolar keltirib chiqaradi”, dedi Asayish kuchlari boshligʻi Amir Ali. U ayrim ayollarning qochishga harakat qilganini aytgan.

Iyunь oyida “Al-Roj” jamlogʻidan shifoxonaga olib ketilayotgan ayol qochishga uringan, ammo zudlik bilan qoʻlga olingan, deb xabar bergan shifoxona xodimlari.

Ayol qochish maqsadida qora kiyimlarini oq kiyimga almashtirib olgan.

Davomli xavf

Shu oy boshida ijtimoiy tarmoqlarda yana bir videolavha tarqaldi, unda “Al-Hol”dagi simyogʻoch uzra koʻtarilgan ID bayrogʻi atrofida baqir-chaqir qilayotgan ayollar va “Allohu akbar” (Alloh buyuk) deb nido qilayotgan bolalar aks etgan.

ID “oʻz gʻoyalarini shu ayollar orqali т tarqatmoqchi”, deydi Ali videolavhaning haqiqiyligini tasdiqlar ekan.

Uning soʻzlariga koʻra, bolalar ham muammo keltirib chiqarmoqda.

“Ular bizni toshboʻron qiladilar, sababi onalari biz ularning otalarini oʻldirib, uylarini vayron qilganimizni aytishadi”, dedi Ali.

Kurd rasmiylari jangarilarning bolalari zararsizlantirish zarur boʻlgan “sekin harakatga keluvchi bomba” ekanligi haqida bir necha bor ogohlantirgan edilar.

Ularning taʼkidiga koʻra, bu bolalar reabilitatsiya qilinib, jamiyatga qayta moslashtirilmasa, boʻlajak “terrorchi” boʻlib yetishishi mumkin. .

Suriya shimoli-sharqidagi kurd mansabdorlaridan biri Shayxmus Ahmad xavfsizlikka tahdid mavjudligini eʼtirof etgan.

“Yuz berayotgan barcha hodisalarni toʻxtatishga qodir boʻlmasak-da, ularning oldini olishga harakat qilyapmiz”, dedi u.

“ID tarafdorlari oʻz mafkuralariga sodiq qoladilar va doimiy xavf tugʻdiradilar”, deb ogohlantirdi u.

Markaziy Osiyodagi repatriatsiya

Oʻz navbatida Markaziy Osiyo mamlakatlari radikallashgan fuqarolarini Yaqin Sharqdan oʻz oʻylariga qaytarib , ularni toʻgʻri yoʻlga solishga urinmoqda.

Yaqindagina Qirgʻiziston hukumati jangariga aylanib, Suriya va Iroqda qoʻlga olingan yoki oʻldirilgan fuqarolarining oilalarini vataniga qaytarish ustida ish olib borayotganini maʼlum qildi.

Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi, Ichki va Tashqi ishlar vazirliklari hamda Davlat roʻyxatga olish xizmati vakillarini oʻz ichiga olgan, bosh vazir oʻrinbosari Jenish Razakov rahbarligidagi Qirgʻiziston idoralararo ishchi guruhi ushbu operatsiyani muvofiqlashtirish bilan shugʻullanmoqda, deyiladi hukumat bayonotida.

Sentabr oyida delegatsiya Bogʻdodga tashrif buyurishi kutilmoqda, deyiladi bayonotda. Rasmiy statistik maʼlumotlarga koʻra, Suriya va Iroqdagi jangovar hududlarda 850 Qirgʻiziston fuqarosi, shu jumladan ayollar va bolalar bor.

Shu bilan birga, psixologlar, shifokorlar, diniy mutaxassislar va tergovchilar shu yilda Suriyadan qaytgan qozoq ayollarini reabilitatsiya qilish ustida ishlamoqdalar .

28-31 may kunlari Qozogʻiston hukumati Suriyadan 67 ayol va 171 bolani evakuatsiya qilib, , “Jusan” (Achchiq shuvoq) operatsiyasiga yakun yasadi. Evakuatsiya yil boshidan beri uchinchisi boʻldi. Operatsiya davomida jami 524 qozoq fuqarosi – 137 ayol, 357 bola va 30 erkak vatanga qaytarilgan.

30 may kuni Oʻzbekiston hukumati 156 nafar Oʻzbekiston fuqarosi, jumladan 106 nafar yosh bola va 48 ayolni vataniga qaytarish boʻyicha “Mehr” insonparvarlik operatsiyasi oʻtkazilganini eʼlon qildi. Operatsiya doirasida ikki nafar erkak ham olib kelingan. .

Bu orada, Tojikiston hukumati 1 avgust kuni Suriya va Iroqda hibsga olingan 48 nafar tojik ayolini vataniga qaytarish boʻyicha komissiya tuzilgani haqida maʼlum qilgan, deb xabar beradi Aziya-plyus.

Avvalroq, tojik hukumati 30 aprelь kuni Iroqdan 84 nafar tojikistonlik bolani vataniga qaytargan. Ularning onalari qamoqda yoxud mahkama jarayonini kutayotgan boʻlgan./p>

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500