Karvonsaroy
Xavfsizlik

YI Markaziy Osiyoda axborot savodxonligini oshirish orqali ekstremizmga qarshi kurash loyihasini kengaytirmoqda

Aydar Ashimov

“Internews” treningida bir jamoa boʻlib harakat qilayotgan jurnalistlar, jamoatchilik faollari va davlat xizmatchilari, oʻtgan yilning 6-dekabr kuni Bishkekda olingan surat. (Internews)

“Internews” treningida bir jamoa boʻlib harakat qilayotgan jurnalistlar, jamoatchilik faollari va davlat xizmatchilari, oʻtgan yilning 6-dekabr kuni Bishkekda olingan surat. (Internews)

NUR-SULTON – Yevropa Komissiyasi (YK) Markaziy Osiyoda ekstremizm va radikallashuvning oldini olishga qaratilgan dastur uchun qoʻshimcha mablagʻ ajratishini maʼlum qildi.

Yevropa Ittifoqi (YI) 2018-yilda boshlangan “Markaziy Osiyoda axborot savodxonligi, samarali yoritish va mintaqaviy hamkorlik orqali tinchlik va barqarorlikka koʻmaklashish” loyihasi uchun qoʻshimcha 4 mln. yevro (4,4 mln. AQSH dollari) ajratadi.

“Ekstremistik guruhlar koʻpincha internet kanallari orqali jamiyatning eng zaif qatlamlari, jumladan yoshlarni zoʻravonlikka undovchi gʻoyalarni targʻib qiladilar”, deyiladi 11-sentabr kungi YK bayonotida. “Bu osonlik bilan foydalanish mumkin boʻlgan jamiyat, siyosat va dinga oid nozik mavzularda dezinformatsiya va noxolis fikrlarning tarqalishiga sabab boʻlmoqda.”

2018-yil aprel oyida “Internews” xalqaro notijorat tashkiloti Markaziy Osiyo boʻylab 18 oylik loyihani amalga oshirishga kirishdi. Loyiha uchun YI tomonidan dastlab 3,3 mln. yevro (3,7 mln. AQSH dollari) ajratilgan.

“Internews” treningida qatnashgan Markaziy osiyolik maktab va universitet oʻqituvchilari birga suratga tushmoqdalar, 25-yanvarьkuni Ostona (Nur-Sulton) shahrida olingan surat. (Internews)

“Internews” treningida qatnashgan Markaziy osiyolik maktab va universitet oʻqituvchilari birga suratga tushmoqdalar, 25-yanvarьkuni Ostona (Nur-Sulton) shahrida olingan surat. (Internews)

2018 va 2019-yillarda “Internews” bir qator seminar, forum va norasmiy uchrashuvlar oʻtkazdi , unda hukumat va nodavlat tashkilotlar rasmiylari, OAV xodimlari va mutaxassislar ishtirok etdi. Bu tadbirlarda qatnashganlar ekstremizmning oldini olishga qaratilgan yuqori sifatli kontent yaratish boʻyicha muhim koʻnikmalarga ega boʻldilar.

Masalan, oʻtgan yil dekabr oyida “Internews” Qirgʻiziston ichki ishlar vazirligi (IIV) va Din ishlari boʻyicha davlat komissiyasi (DIDK) bilan birgalikda Bishkek shahrida mintaqadagi birinchi transchegaraviy media-forumni oʻtkazdi.

Fevral oyida “Internews” Tojikiston Islom instituti va Tojikiston IIV bilan hamkorlikda xuddi shunday forumni Dushanbe shahrida ham oʻtkazdi, unda OAV mutaxassislari, fuqarolik jamiyati vakillari va faollar ishtirok etishgan.

“Markaziy Osiyoning besh davlatidan tajriba almashish va loyihalar ishlab chiqish maqsadida tashrif buyurgan oʻqituvchilar va OAV mutaxassislari uchun “Internews” tashkiloti ikki tadbirni tashkil etdi . Tashkilotning kichik grantlariga sazovor boʻlgan 10 ta eng samarali loyiha mustaqil hakamlar hayʼati tomonidan saralab olindi”, deyiladi YK bayonotida.

Shu bilan birga, oʻtgan yil oktabr oyida boshlangan “Uch nuqta. Nima koʻrayotganingni bil” kampaniyasi Markaziy Osiyoda yangiliklar tarqatish boʻyicha ommabop vositaga aylanib ulgurgan.

Tanqidiy fikrlashni targʻib qiluvchi kontent yaratishni oʻz ichiga olgan loyiha ijtimoiy tarmoqlarning minglab foydalanuvchilari tomonidan tomosha qilingan.

“Aqlli va kreativ” loyiha

“Internews” tadbirlarining koʻp sonli ishtirokchilari va mutaxassislar uning saʼy-harakatlarini yuqori baholamoqdalar.

“Bu juda aqlli va kreativ loyiha boʻlib, Markaziy Osiyo davlatlarini bir-biriga yanada yaqinlashtirdi. Uning davomini sabrsizlik bilan kutmoqdamiz”, deydi “Internews MediaCAMP” loyihasining mintaqaviy media-savodxonlik boʻyicha maslahatchisi, olmaotalik Gulnor Asanbayeva.

“Fikrimcha, bu loyihada juda muvaffaqiyatli jamoa birlashdi va uning barcha aʼzolari oʻzlarini eng yaxshi tarafdan koʻrsata oldilar”, dedi Asanbayeva.

Treninglarda qatnashgan jurnalistlar ham ushbu loyihani foydali deb hisoblaydilar.

“Internews koʻmagida jangovar ekstremizm mavzularini yorituvchi jurnalistlar uchun sifatli va foydali treninglar oʻtkazilmoqda”, deydi bishkeklik jurnalist Munara Borombayeva.

Uning aytishicha, bu kabi trening va yigʻilishlar ishtirokchilarga yangi bilimlar, mutaxassislar bilan uchrashish va oʻz loyihalari uchun grant olishga imkon beradi.

“Loyihaning davom ettirilishi bilan Markaziy osiyolik jurnalistlar va ekspertlar oʻz salohiyatlarini oshirish imkoniga ega boʻlishlari tahsinga sazovor”, dedi Borombayeva.

Nur-sultonlik siyosiy tahlilchi Yernar Beysaliyev ham “Internews” tashabbusini yuqori baholadi.

“Markaziy Osiyo aholisi internetda soxta yangiliklar, dezinformatsiya va ekstremistik targʻibotning avj olishiga tayyor emas edi”, deydi Beysaliyev.

“Bu borada jurnalistlarga ham bilim yetishmas, ular ziddiyatli va nozik mavzularni yoritishga qiynalar edilar. Treninglar shu kamchiliklarni bartaraf etishga yordam bermoqda”, deydi Beysaliyev.

“Men “Uch nuqta. Nima koʻrayotganingni bil” internet loyihasi xabarlaridan koʻp yangi narsalarni oʻrganyapman”, deydi Jambil viloyatida yashovchi 23 yashar oʻqituvchi Arman Imashev.

“Bugungi kunda veb-saytlar yoki WhatsApp orqali uchratish mumkin boʻlgan soxta yangiliklar tuzogʻiga ilinmaslik uchun mediasavodxonlik talab etiladi. Men maʼlumotlarga yanada masʼuliyatliroq qaray boshladim. Xabarlar haqqoniy ekaniga ishonchim komil boʻlmasa, ularni tarqatmayman”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Baʼzilar, bolalar ularga boʻlgan ishonchni oqlashadi deyishgan edi.

Javob berish

Qoʻshilaman

Javob berish