BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTI – Rossiya va Xitoy payshanba (19-sentabr) kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyasiga veto qoʻydi. Suriyaning Idlib viloyatida oʻt ochishni toʻxtatishga chaqiruvchi hujjatni kengashga aʼzo 15 davlatdan 12 tasi qoʻllab-quvvatlagan.
Rezolyutsiyaga ovoz berishda yetakchilardan boʻlgan Germaniya, Belgiya va Quvayt toʻrt oy avval hukumat kuchlari hujum boshlaganidan beri Idlibda yarim million suriyalik koʻchirilganini maʼlum qilganlar.
Ular agar urush advom etsa, ushbu mojaro asrning eng ogʻir gumanitar inqiroziga aylanishi mumkinligi haqida ogohlantirib, Rossiyani “sof gumanitar” choraga qarshi veto qoʻymaslikka chaqirganlar.
Ammo ikki haftalik muzokaralardan soʻng, “aksilterror operatsiyalar” uchun istisno kiritish harakatlari zoye ketgach, Rossiya hujjat matnini rad etdi.
![Isyonchilar nazoratida boʻlgan Idlib shahridagi bino vayronalari oldida yurgan odamlar, 16-sentabr, Suriya. Oʻtgan yili Moskva va Anqara erishilgan kelishuv Suriyaning Idlib viloyatidagi xunrezliklarga barham berishga qaratilgan edi, ammo aprel oxiridan beri hujumlar natijasidagi qurbon boʻlganlar soni oshgan. [Zayn Al-Rifoiy / AFP]](/cnmi_ca/images/2019/09/20/20026-000_1kc0kx-585_329.jpg)
Isyonchilar nazoratida boʻlgan Idlib shahridagi bino vayronalari oldida yurgan odamlar, 16-sentabr, Suriya. Oʻtgan yili Moskva va Anqara erishilgan kelishuv Suriyaning Idlib viloyatidagi xunrezliklarga barham berishga qaratilgan edi, ammo aprel oxiridan beri hujumlar natijasidagi qurbon boʻlganlar soni oshgan. [Zayn Al-Rifoiy / AFP]
Muvaffaqiyatsizlikka uchragan rezolyutsiyaga koʻra, tomonlar Idlibdagi juda yomon holatdagi gumanitar vaziyatning yanada ogʻirlashuviga yoʻl qoʻymaslik maqsadida 21-sentabr kuni Damashq vaqti bilan kunduzgi soat 12 dan boshlab jangovar harakatlarni toʻxtatishlari kerak” edi.
Rossiyaning BMTdagi vakili Vasiliy Nebenzya har safar Rossiya qoʻllovidagi Suriya rejimi oʻz hududini qaytarib olganida, Xavfsizlik kengashining boshqa aʼzolari “gumanitar faollikni avj oldirishini” qoralagan.
“Rezolyutsiya avval-boshdan muvaffaqiyatsizlikka mahkum edi”, dedi u.
Halokatli hujum
Rossiya va Xitoy muqobil rezolyutsiyani taklif qildi, ammo u payshanba kungi majlisda rad etildi.
Unda “otashkesim terrorchi guruhlarga aloqador shaxslar, guruhlar va tashkilotlarga qarshi harbiy operatsiyalarga tegishli boʻlmasligi” belgilangan edi.
Gʻarb mamlakatlari rezolyutsiyani bu koʻrinishda qabul qilib boʻlmasligini aytib, uni istalgancha talqin qilish mumkinligi va u tinch aholiga qarshi bomba hujumlarini toʻxtata olmasligini taʼkidlaganlar.
“Shifoxonalar, maktab va aholi obʼektlariga qarshi havo hujumi uyushtirish terrorchilarga qarshi kurashishga yordam bermaydi”, dedi BMTdagi Belgiya vakili Mark Pekstin.
Rossiya Suriya shimoli-gʻarbidagi Idlib viloyatini isyonchi kuchlardan tortib olish harakatida toʻrt oy davomida qonli hujum olib borgan Bashar al-Asad kuchlarini qoʻllab-quvvatlamoqda.
Oʻtgan yili Rossiya va Turkiya erishgan bitimga koʻra, Idlibda qon toʻkilishi toʻxtatilishi kerak edi, ammo aprel oxiridan yana bomba hujumlari boshlangan.
Oʻshandan beri havo zarbalari va hujumlar tufayli 1000 ga yaqin fuqaro halok boʻlgan, deb xabar bergan Suriya inson huquqlari observatoriyasi.
“Gumanitar vaziyat xavotirli boʻlib qolmoqda”, dedi BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh kotibining yordamchisi Ursula Myuller.
Chorshanba (18-sentabr) kuni BMT bosh kotibi Antonio Guterrish va Xalqaro qizil xoch qoʻmitasi rahbari Piter Maurer Idlibdagi havo hujumlari va otishmalarning tinch aholiga zararli taʼsirini taʼkidlab, ularning toʻxtatilishini talab qildilar.
Suriyani himoya qilish
2011-yilda Suriya mojarosi yuzaga kelganidan beri, Rossiya payshanba kungi ovoz berish jarayonida BMT rezolyutsiyasiga qarshi 13-marta veto qoʻlladi.
Iyun oyida oʻz ittifoqchisi boʻlmish Suriyani xalqaro tergovdan himoya qilishga urinar ekan, Rossiya BMT xavfsizlik kengashining Idlibdagi Suriya harbiy kampaniyasini tanqid qiluvchi bayonotini ham bloklagan.
May oyida Rossiya Idlibdagi keng koʻlamli hujumlar tufayli gumanitar halokat kelib chiqishi haqida ogohlantiruvchi alohida bayonotga ham qarshi boʻlgandi.
AFPga koʻra, hujjat matnida “Suriya shimoli-gʻarbida keng koʻlamli harbiy operatsiya olib borilgan taqdirda gumanitar halokat yuzaga kelishi mumkinligi” haqida ogohlantirilgan.
Moskva taklif etilgan bayonotni “toʻlaligicha” rad etdi, degan edi oʻshanda Rossiya elchisi oʻrinbosari Dmitriy Polyanskiy.
16-may kuni Moskva Xavfsizlik kengashiga rezolyutsiya loyihasini taqdim etib, unda BMTning kimyoviy qurollar boʻyicha nazoratchi organini “siyosiylashganlikda” ayblagan edi. Ushbu voqea anchadan beri kimyoviy qurol ishlatishda ayblanib keladigan Suriya rejimining kimyoviy hujumlarini tergov qilish boshlanishiga yaqin yuz bergan.
Kimyoviy qurollar boʻyicha nazoratchi organ – Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti (KQTT) kimyoviy quroldan foydalanganlarni aniqlaydigan mexanizmni ishlab chiqishga rozi boʻlgan, bu esa Rossiya va Suriyaning qatʼiy qarshiligiga uchragan edi.
Urush bor joyda daromad bor. Rossiya, boshqacha qilib aytganda, ikkinchi Gitler (Putinning suratiga qarang; yuziga moʻylov chizilsa Gitlerga oʻxshab qoladi), foyda uchun insoniyatni yoʻq qilishga tayyor.
Javob berishFikrlar 21
Rossiya qachondir yovuzliklarini toʻxtatadimi?
Javob berishFikrlar 21
Bu OAVlarga ishonsa boʻlarmikin oʻzi? Hammasi xohlaganini yozib yotibdi. Masʼuliyat degan narsa yoʻq
Javob berishFikrlar 21
Rossiyaning Suriyadagi jinoyatlari tergov qilinsin
Javob berishFikrlar 21
Kreml Suriyaning tinch fuqarolarini oʻldirishga homiylik qilmoqda
Javob berishFikrlar 21
Rossiya – saxiy qalb sohibi (Rossiyadagi eski mashhur reklama roligidan)
Javob berishFikrlar 21
Hech nima oʻzgarmagan. Qonga tashna Rossiya qoʻllab-quvvatlagan Asad suriyaliklarni qatliom qilmoqda. Xuddi Afgʻonistonda SSSR sharmandalarcha dumini qisib chiqib ketgani kabi ular ham magʻlub boʻlishadi.
Javob berishFikrlar 21
Axir Rossiyaning oʻzi terrorchiku
Javob berishFikrlar 21
“Oq dubulgʻalilar”ning oʻzi AQSHning ruxsati bilan odamlarni oʻldirib, tana aʼzolarini sotadilar
Javob berishFikrlar 21
Rossiya Suriya fuqarolarini qatliom qilmoqda. Vahshiylarning qoʻlidan faqat shunday ish keladi.
Javob berishFikrlar 21
Menimcha, Rossiya shialar tarafida va sunniylar sonini kamaytirmoqda.
Javob berishJuda tor oʻylaysiz. Ikki yil avval suriyalik sunniy ayol bilan gaplashgan edim va u menga Asadni butkul qoʻllab-quvvatlashini aytgan. Ularga kim sunniy, shia yoki nasroniy ekanligi baribir. Ularga Suriyalik ekanligi muhim.
Javob berishTransliteratsiya bilan yozadiganlarni hatto suriyaliklar ham yomon koʻrishadi.
Javob berishFikrlar 21
Hammasi yolgʻon va provokatsiya. “Oq dubulgʻalar” AQSH va boshqa Gʻarb mamlakatlari tomonidan sahnalashtirilgan spektakl aktyorlaridir.
Javob berishFikrlar 21
Maqola kimning nuqtai nazari bilan yozilgan?
Javob berishRossiyaning emas, haqiqat nuqtayi nazaridan
Javob berishFikrlar 21
Chunki Rossiya Suriyada tinch aholini qatl qilmoqda.
Javob berishHayvonsan hammang. Rossiya toʻgʻri qilyapti.
Javob berishAmerika Rossiyaning adabini berib toʻgʻri qilyapti.
Javob berishQrim esa Ukrainaga tegishli.
Ukrainani AQSH bilan birga qoʻshib abjagʻini chiqarishmoqda
Javob berishHozircha faqat Rossiyaning abjagʻi chiqyapti
Javob berishFikrlar 21