Karvonsaroy
Tahlil

Qirgʻiziston kirill yozuvidan lotinchaga oʻtishni rejalashtirmoqda

Kanat Altinbayev

Sovet Ittifoqidan mustaqillikning 28 yilligini nishonlash bayrami chogʻida saf torgan Qirgʻiziston faxriy qorovuli, 2019-yil 31-avgust kuni Bishkekning Olatov maydonida olingan surat. (Vyacheslav Oseledko/AFP)

Sovet Ittifoqidan mustaqillikning 28 yilligini nishonlash bayrami chogʻida saf torgan Qirgʻiziston faxriy qorovuli, 2019-yil 31-avgust kuni Bishkekning Olatov maydonida olingan surat. (Vyacheslav Oseledko/AFP)

BISHKEK – Qirgʻiziston rasmiylari mamlakatda rus tiliga asoslangan kirill yozuvidan lotin yozuviga oʻtishni muhokama qilmoqdalar.

Ushbu masalani 11-sentabr kuni parlamentda taʼlim vaziri lavozimiga nomzodi tasdiqlangan Kanibek Isakov koʻtarib chiqqan. Shundan keyin u mazkur lavozimga tayinlandi.

“Men lotin imlosiga oʻtishni qoʻllab-quvvatlayman. Biz bu ishni bosqichma-bosqich amalga oshirishimiz zarur”, deb aytgan Isakov deputat Altinbek Sulaymanovning ushbu masala yuzasidan bergan savoliga javoban.

Bu borada biz turkiyzabonlar orasida eng oxirgisimiz – qozogʻistonliklar 2025-yilda lotin imlosiga oʻtishadi. Biz 1928-1940-yillar oraligʻida lotin yozuvidan foydalanganmiz, shunday ekan, biz yozuvni oʻzgartirmaymiz, balki unga qaytamiz. U davlat tilini shakllantirishga yordam beradi”, deb aytgan Sulaymonov.

Frunze (hozirgi Bishkek) shahrida joylashgan Stalin nomidagi 3-maktab, 1930-yillarda olingan surat. Bino peshtoqida – lotin alifbosidagi yozuv. 1928-1940-yillar oraligʻida Qirgʻizistonda lotin yozuvidan foydalanilgan. (Qirgʻiziston markaziy arxivi)

Frunze (hozirgi Bishkek) shahrida joylashgan Stalin nomidagi 3-maktab, 1930-yillarda olingan surat. Bino peshtoqida – lotin alifbosidagi yozuv. 1928-1940-yillar oraligʻida Qirgʻizistonda lotin yozuvidan foydalanilgan. (Qirgʻiziston markaziy arxivi)

Ushbu tasdiqlov yuz berishi mumkin boʻlgan oʻzgarishlar borasida qizgʻin munozaralarga sabab boʻldi.

Bishkeklik siyosiy tahlilchi Almaz Tojiboyning soʻzlariga koʻra, lotin imlosiga oʻtish qirgʻiz tilining yanada tabiiyroq boʻlishiga koʻmaklashadi.

“Bu gʻoyani amalga oshirishimiz zarur. Oldinda juda koʻp ishlar bor. Rossiya mustamlakasi belgilaridan xalos boʻlish vaqti keldi”, deb yozgan u Facebook sahifasida.

“Mustaqil Qirgʻiziston lotin imlosi asosiy hisoblangan davlatlarda yashovchi qirgʻiz diasporasi uchun lotin imlosini rasman qonuniylashtirishi lozim”, dedi Qirgʻiziston tarixi jamiyati prezidenti Tinchtikbek Choroyev Facebook tarmogʻida yozib qoldirgan fikr-mulohazasida.

Lotin imlosini qoʻllab-quvvatlovchilar maxsus qyrgyz.com saytiga havola ulashmoqdalar, bu yerda lotin yozuvidagi qirgʻiz tilida yozilgan materiallar joylangan boʻlib, qirgʻizcha matnlarini kirill imlosidan lotinga oʻgirib berish xizmati ham bor.

Qaror qabul qilinadigan boʻlsa, u Markaziy Osiyoning Rossiya va sobiq Sovet tuzumi taʼsiridan yanada mustaqilroq boʻlish va uzoqlashish jarayonini aks ettiradi. Sovet Ittifoqi 28 yil avval parchalangan boʻlishiga qaramay, Qirgʻiziston hanuzgacha Iosif Stalin davrida joriy etilgan kirill imlosidan foydalanib kelmoqda.

Uzoqqa choʻziladigan jarayon

Deputat Dastan Bekeshev lotin yozuviga oʻtishni qoʻllab-quvvatlar ekan, bu jarayonning uzoqqa choʻzilishini aytib ogohlantirdi.

“Bu juda qimmat loyiha, shu sabab Qirgʻiziston avval eng dolzarb muammolarni hal qilib olishi kerak”, dedi u nashr bilan suhbatda.

Qirgʻiz xalqi oʻtmishda arab yozuvidan foydalangan. Sovetlar hukmronligi davrida Qirgʻiziston avvaliga arab yozuvini saqlab qolgan, 1928-1940-yillarda esa lotin imlosiga oʻtgan va oxir-oqibat kirill yozuvi joriy etilgan.

1991 yilda Qirgʻiziston mustaqil boʻldi, ziyolilar va vatanparvarlar lotin imlosiga qaytish masalasini bir necha bor koʻtarib chiqdilar va bu bilan Rossiya ommaviy axborot vositalarining keskin tanqidlariga uchradilar.

Bu masala, til, madaniyat va tarixiy mushtaraklik borasida Qirgʻizistonga eng yaqin hisoblangan qoʻshni Qozogʻiston oʻtgan yili lotin yozuviga oʻtishga qaror qilganidan keyin yana kun tartibiga chiqqan.

Boshqa bir qoʻshni mamlakat, turkiy tilli Oʻzbekiston 1993-yildan beri lotin imlosidan foydalanib keladi. Hozirda u ikkala yozuvni ham qoʻllamoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 18

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Choʻkayotgan Rossiyadan qancha uzoq boʻlsak shuncha yaxshi! ;))

Javob berish

Ha-ha-ha, jurnalist degani ham shunchalik dumbul boʻladimi! Pul uchun vatanini ham sotib yuborar ekanda. Qiziq, nega unda rus maktablarida boʻsh joy yoʻq, baʼzan ota-onalar farzandlarini pul berib joylashtirishyapti? Menimcha, bundan faqat oddiy xalq aziyat chekadi. Undan koʻra, mamlakatdagi ichki muammolarni ham qilishsa boʻlmaydimi. Jin ursin, hech kimni tashvishlantirmaydigan tillari ustida kuyib-pishmoqdalar. SSSR boʻlmaganida, Qirgʻiziston degan davlat boʻlmasdi. Buni unutma.

Javob berish

Oʻlib qolaman, “Qirgʻizistonning Sovet Ittifoqidan mustaqilligining 28 yillik bayrami emish” :) Sharhni qarang! :))) Sovet Ittifoqi boʻlmaganida, Qirgʻizistonda hech nima nishonlanmasdi, chunki Qirgʻizistonning oʻzi boʻlmasdi :))

Javob berish

Bu qarorni qoʻllab-quvvatlayman. Hozirgi kunda asosiy axborot dunyosi lotin yozuvidan foydalanadi. Bundan hech qayerga qochib boʻlmaydi. Kirill yozuvini nima qilamiz.

Javob berish

Kirill yozuvi oʻlik yuk kabidir, sababi Rossiya sivilizatsiyasi qirilib, qurib bormoqda.

Javob berish

Iqtibos: “Qaror qabul qilinadigan boʻlsa, u Markaziy Osiyoning Rossiya va sobiq Sovet tuzumi taʼsiridan yanada mustaqilroq boʻlish va uzoqlashish jarayonini aks ettiradi.” Bu yerda muallif regressni “taraqqiyot” deb atayapti. Menimcha, jurnalistlarning maʼlumoti sakkizinchi sinf darajasida. Bu maqola shunchaki lotin yozuvining reklamasi, u albatta qandaydir nishonga yetib boradi. Ammo, lotin tili allaqachon oʻlib boʻlgan. Amerika tiliga oʻtishimiz kerak, odamlarni kuttirish va choʻzishning nima keragi bor?

Javob berish

Umuman olganda, Lotin yozuvi va lotin tili bir-biridan farq qiladi. Deylik, kirill yozuvi kirillcha tildan farq qilganidek. Bu yozuvni rus tili ham, ukrain tili ham, qirgʻiz tili ham qoʻllaydi ))

Javob berish

Allaqachon oʻtishimiz kerak edi, iflos Rossiya bizga majburan oʻtkazgan til bilan emas, tabiiy ravishda rivojlanish kerak

Javob berish

Lotin yozuviga kim majburladi sizni? Yoki bu ona tilingizmi?

Javob berish

Toʻppa-toʻgʻri, Xrushchev va Stalin davrida qurilgan uylarni ham buzib tashlash kerak, oʻtovlar tikib, tabiiy ravishda rivojlanishimiz kerak. Uy-joy merosi Markaziy Osiyo xalqlarining tabiiy rivojlanishiga jiddiy toʻsqinlik qilyapti, deb oʻylayman :)

Javob berish

Unda siz ham amerikacha kompyuterlardan voz kechishingiz va yogʻochli uylarga qaytishingiz kerak ))

Javob berish

Toʻgʻri, tabiiy yoʻl bilan rivojlanish kerak. Oʻtovlar va eshaklaringizga qaytinglar.

Javob berish

Siz oʻzingiz azaldan qolgan botqoqliklaringizga qaytib ketib laptilarda sakrab yurishingiz kerak. Iloji boʻlsa burningizni suqmasdan.

Javob berish

Moldova, Oʻzbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon allaqachon lotin imlosiga OʻTGAN. Qozogʻiston ham oʻtishni boshladi, bu Rossiyaning oqilona va tabiiy magʻlubiyatidek koʻrinmoqda.

Javob berish

Men Oʻzbekistonlikman. Tillar bilan bogʻliq chalkashlik yetmagandek, xalq pullari havoga sarflandi. Natija nima boʻldi? Haligacha pul sarflayapmiz. Rus maktablari esa toʻlib ketgan. Hamma Rossiyaga ketishni istaydi. Mana qanday qaror bu.

Javob berish

Men ham oʻzbekistonlikman, lotin yozuviga oʻtish muammoli boʻlganining sababi, u paytlarda hali kompyuterlar unchalik ommalashmagan, internet mavjud emas edi. Hozir esa oʻtish jarayoni yakunlovchi bosqichda.

Javob berish

Tojiboyning mantigʻidan kelib chiqqan holda gapirsak, lotin imlosiga oʻtish “Rossiya mustamlakasining tugatilishi” va “Gʻarb mustamlakasi boshlanishini anglatadi”...

Javob berish

Zamonaviy turklar ham lotin alifbosidan foydalanishini bilganingizdan soʻng, sharhingiz kulgili. Va hech bir turk ularning yozuvini “Gʻarb mustamlakasi” deb hisoblamaydi.

Javob berish