Karvonsaroy
Xavfsizlik

Tojik va afgʻon chegarachilari uchun trening tashkil etildi

Karvonsaroy

Tojikiston chegarachilari joylardagi operativ salohiyatni kuchaytirishga qaratilgan toʻrt haftalik oʻquv kurslarida ishtirok etdilar, 3-sentabr kuni Tojikistonning Hisor tumanida olingan surat. (YXHT)

Tojikiston chegarachilari joylardagi operativ salohiyatni kuchaytirishga qaratilgan toʻrt haftalik oʻquv kurslarida ishtirok etdilar, 3-sentabr kuni Tojikistonning Hisor tumanida olingan surat. (YXHT)

DUSHANBE – 20-sentabr kuni Tojikiston va Afgʻoniston chegarachilari Dushanbeda dala sharoitlaridagi operativ salohiyatni kuchaytirish boʻyicha toʻrt haftalik oʻquv kurslarini yakunladilar. Bu haqda dushanba (23-sentabr) kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti xabar bergan.

15 ta tojikistonlik va 10 nafar afgʻon chegarachisi ishtirok etgan trening “Mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish orqali Tojikiston chegara qoʻshinlarining chegara patrul boʻlinmalari salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida oʻtkazildi.

Ishtirokchilar “xaritalarni oʻqish, alpinizm va dala sharoitida birinchi yordam koʻrsatishni” oʻrgandilar, deb xabar berdi YXHT. Shu bilan birga, ular “topografik xaritalar va sunʼiy yoʻldosh tasvirlari yordamida chegarada patrul nazoratini rejalashtirish va boshqarish koʻnikmalarini rivojlantirish hamda alpinizmga oid bilimlarini oshirdilar”.

Treningni avvalroq YXHT tomonidan oʻtkazilgan kurslarni tamomlagan Tojikiston chegara qoʻshinlarining 5 nafar yoʻriqchisi olib bordi.

Ishtrokchilar gender muammolari, inson huquqlari va minalarga oid xabardorlik mavzularida qoʻshimcha maʼlumotga ega boʻldilar.

Bitiruv marosimida YXHTning Dushanbedagi idorasi rahbari Valeriu Chiveri ishtirokchilarni tabriklar ekan, chegara xavfsizligidagi hamkorliklari uchun xalqaro hamjamiyat va Tojikiston chegara qoʻshinlariga minnatdorchilik bildirdi.

Oʻquv kursi “ikki davlat zobitlariga davlat chegarasini qoʻriqlashda oʻzaro anglashuvga erishish imkonini beradi”, dedi Tojikiston chegara qoʻshinlarining xalqaro boʻlinmasi rahbari, polkovnik Zafar Sharifov.

“Xavfsiz chegaralar terrorchilar keltirib chiqarayotgan xatarlarni kamaytirishda muhim rol oʻynashiga ishonaman”, dedi Dushanbedagi Afgʻoniston elchixonasi harbiy attashesi, polkovnik Muhammad Mustafo.

Loyiha boshlangan 2018-yildan beri YXHT tomonidan 164 ta tojikistonlik va 10 nafar afgʻon chegarachisi uchun treninglar tashkil qilindi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500