https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/features/2019/09/27/feature-02
Toʻlib-toshgan kameralar: Suriyadagi “Islom davlati” qamoqxonasiga nazar
| Xavfsizlik

Suriyada navbatdagi kimyoviy hujumdan soʻng Rossiyaning soxta kompaniyasiga nisbatan sanksiya joriy etildi

Karvonsaroy va AFP

image

Suriyaning Tartus harbiy-dengiz bazasidagi suriyalik (oldinda) va rossiyalik askarlar, 26-sentabr. Rossiya armiyasining qoʻllovi Suriya rejimiga soʻnggi yillarda bir qator kimyoviy hujumlarni amalga oshirishga imkon bergan. [Maksim Popov/AFP]

NYU-YORK – Suriya prezidenti Bashar Asad kuchlari tomonidan yana bir kimyoviy hujum uyushtirilgani tasdiqlangach, payshanba (26-sentabr) kuni Amerika Qoʻshma Shtatlari Suriyada Rossiyaning kontrabanda operatsiyasiga qarshi yangi sanksiyalarni eʼlon qilgan.

AQSH davlat kotibi Mayk Pompeoning bayonot berishicha, Asad rejimi 19-may kuni Latakiya provinsiyasida Idlibdagi isyonchilarning soʻnggi yirik istehkomini qaytarib olishga qaratilgan hujum chogʻida xlorin ishlatgan.

“Amerika Qoʻshma Shtatlari bu hujumlarni javobsiz qoldirmaydi va biz bu vahshiylikni yashirmoqchi boʻlayotganlarga toqat qilmaymiz”, deb aytgan Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh assambleyasida ishtirok etgan Pompeo jurnalistlarga.

“Suriyaning tinch aholisiga qaratilgan zoʻravonlikni toʻxtatishi va BMT boshchiligidagi siyosiy jarayonda ishtirok etishi uchun makkor Asad rejimiga bosim oʻtkazish davom etadi”, dedi u.

image

Rossiya qoʻllovidagi Suriya rejimining havo hujumlari 30-avgust kuni Aleppo janubidagi ushbu tibbiyot muassasasini vayron qilgan. Bu suriyalik minglab tinch fuqarolarni siqib chiqarish uchun Rossiya va Suriya samolyotlari tomonidan tibbiy va gumanitar obyektlarga qarshi amalga oshirilgan koʻp sonli hujumlardan biridir. [Oq dubulgʻalilar]

Keyinroq u Fransiya, Germaniya, Saudiya Arabistoni, Iordaniya va misrlik hamkasblari bilan Suriya masalasida muzokara oʻtkazdi. Ular qoʻshma bayonotlarida “Suriyada hech qanday kimyoviy qurolning qoʻllanishiga toqat qilib boʻlmasligi”ni taʼkidlaganlar.

Suriyaning shimoli-gʻarbiy qismidan uyushtirilgan hujum borasida mustaqil tergov olib borilmagan. Huquqbonlarga koʻra, hukumat kuchlari aprel oyida ushbu hududni bombardimon qilishni boshlaganidan beri 1000 dan ortiq odam oʻldirilgan va 400 ming kishi qochqinga aylangan.

Amerika Qoʻshma Shtatlari va Fransiya avvalroq ham kimyoviy hujum haqidagi gumonlarini bildirgan, ammo qoʻshimcha tekshiruvlar zarurligini aytib, rasmiy qaror qabul qilishni keyinga qoldirgan edilar.

Xalqaro tergovchilarga koʻra, Asad 370 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin boʻlgan fuqarolar urushida gʻolib boʻlish maqsadida, avvallari ham fuqarolik obyektlariga qarata bir necha bor kimyoviy qurol qoʻllagan.

AQSH harbiylari 2017-yil aprel oyida isyonchilar nazoratida boʻlgan Idlibdagi Xon-Shayxun shahriga tashlangan zarin gazli bomba hujumiga javoban 59 ta qanotli raketa zarbalari bilan javob qaytargan.

Moskvadagi soxta kompaniya

Payshanba kuni AQSH Moliya vazirligi uch shaxs, beshta yuk kemasi va Moskvada joylashgan soxta kompaniyaga nisbatan, Asad rejimini qoʻllab-quvvatlagan Rossiya kuchlariga pul va yoqilgʻi yetkazib berish rejasida ishtirok etgani uchun sanksiyalar eʼlon qildi.

“Asadning mustabid tuzumi kimyoviy qurol ishlatgani va begunoh suriyaliklarga qarshi xunrezliklarni amalga oshirgani sababli xalqaro hamjamiyatning diqqat markazida turibdi. Ular hokimiyat tepasida qolish uchun shu kabi noqonuniy tarmoqlarga tayanadilar”, deb bayonot bergan AQSH moliya vazirining terrorizm va moliyaviy razvedka masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sigal Mandelker.

AQSH Federal qidiruv byurosi Moskvadagi “Maritime Assistance” MCHJ Rossiyaning “Sovfraxt-Sovmortrans Grup” transport kompaniyasi uchun soxta kompaniya boʻlganini aniqladi, AQSH 2016-yil sentabr oyida unga nisbatan sanksiyalar joriy qilgan.

“Sovfraxt” qora roʻyxatga kiritilganidan soʻng, “Maritime Assistance” 2016 va 2017-yillarda Rossiya harbiy samolyotlari uchun Suriyaning Banias shahriga aviatsiya yoqilgʻisini sotish va joʻnatish bilan shugʻullanib, uning nomidan ish yuritgan.

“Asad rejimining Rossiya tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi unga bomba hujumlarini davom ettirishga imkon berdi, koʻplab kasalxonalar, maktablar va jamoat joylari vayron qilindi, buning natijasida tinch aholi halok boʻldi”, deyiladi bayonotda.

Payshanba kuni AQSH Moliya vazirligi “Maritime Assistance” bilan birga, “Sovfraxt”ning uch nafar boshqaruvchisini ham jinoiy sxemadagi ehtimoliy ishtiroki uchun qora roʻyxatga kiritgan. Bular: “Maritime Assistance” direktori Ivan Okorokov, uning oʻrinbosari Karen Stepanyan va bosh direktorning yuridik koʻmak boʻyicha oʻrinbosari Ilya Loginovlardir.

Bu ishga aloqador deb gumon qilingan besh kema ham vazirlik roʻyxatiga tushgan.

Ushbu chora AQSH banklariga kompaniyalar va jismoniy shaxslar nomidan pul oʻtkazishni taqiqlaydi va ularni jahon moliya tizimining koʻplab imkoniyatlaridan mahrum qiladi. Shuningdek, ularga Amerikadagi har qanday aktivlardan foydalanish taqiqlanadi.

Davomli obstruksionizm

Ushbu hodisalar Rossiya va Xitoyning BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasiga veto qoʻyishi ortidan yuz berdi. Urushlar tufayli vayron boʻlgan Idlib viloyatida oʻt ochishni toʻxtatishga chaqiruvchi bayonot kengashga aʼzo 15 mamlakatning 12 tasi tomonidan qoʻllab-quvvatlangan.

2011-yilda Suriya mojarosi boshlanganidan beri Rossiya BMT rezolyutsiyalariga 13 marta veto qoʻygan.

Germaniya, Belgiya va Kuvayt ushbu rezolyutsiyani qabul qilishni qatʼiyan talab qilganlar, ularning taʼkidlashicha, bundan toʻrt oy muqaddam hukumat kuchlari hujum boshlaganidan beri yarim million suriyalik Idlibdan siqib chiqarilgan.

Ular agar jangovar harakatlar davom etadigan boʻlsa, mojaro asrning eng yomon gumanitar inqiroziga aylanishi mumkinligi haqida ogohlantirib, Rossiyani “sof gumanitar” tadbirga veto qoʻymaslikka chaqirganlar.

Ammo, ikki hafta davom etgan muzokaralardan soʻng, 19-sentabr kuni Rossiya “aksilterror operatsiyalar” uchun istisno kiritishni talab qilib, rezolyutsiya matnini rad etgan.

Muvaffaqiyatsizlikka uchragan rezolyutsiyaga koʻra, barcha tomonlar “Idlib viloyatidagi fojiali gumanitar vaziyatning yanada ogʻirlashuviga yoʻl qoʻymaslik maqsadida” 21-sentabr kuni Damashq vaqti bilan kunduzgi soat 12 dan boshlab harbiy harakatlarni toʻxtatishlari kerak edi.

Sizga maqola yoqdimi?
15
Yo‘q
Fikrlar 11
Siyosat
Captcha

Rus vatniklari mavjud boʻlishga ham haqli boʻlmagan chirindilar

Javob berish

Bizda ham sizdagidek muammolar boʻlsa edi. Oʻzimizda hammasi shunaqa zoʻrmi? Kursni tekshirdim - bir rubl allaqachon 6. Rublni qoʻying, qirgʻiz soʻmi ham oltiga yaqinlashmoqda. 90-yillarda [Sovet Ittifoqi] parchalanganida, eng boy hududga ega boʻlgandik, 38 yil ichida yalangʻoch ketdan boshqa narsa qolmadi. Qozoqlar goʻsht yeyishmayapti. Bir yil ichida goʻsht narxi ikki baravar oshdi. Parranda goʻshti uch baravar qimmat. Siz bu yerda Rossiya, Putin va hokazolar haqida valdirayapsiz. 2014-yilda Rossiyada mashina sotib olgandim; kurs bir dollarga 65 rubl edi. Hozir ham shunday.
Vaysaqilar.
Jonga tegdinglar.

Javob berish

Yolgʻon gapirma Vanka, 2014-yilda Rossiyada baks 33 rubl edi, Qrimdan keyin 65 boʻldi. Qozogʻistondan esa ruslarni qashshoq Rossiyaga tepib ham hayday olmaysan. Ana shunaqa gaplar...

Javob berish

Qrim Ukrainaniki!

Javob berish

Bu ruslar juda koʻp qatliomlarni sodir etishdi

Javob berish

Rossiya terrorchi va vahshiy davlat

Javob berish

Ehtimol, Rossiyaga hujum qilish uchun kimyoviy qurol ishlatilishi kerakdir, toki oʻz dorilarini oʻzlari ham tatib koʻrsinlar.

Javob berish

Tomingiz ketganmi? Ruslar oʻz qoʻshinlarini olib ketsinlar, keyin siz pendoslaringiz bilan birga xohlaganingizcha jinsiy aloqa qilaverasizlar

Javob berish

Ruslar aqldan ozishni boshladilar, chunki ularning Suriya xalqiga qarshi jinoyatlari oshkor boʻldi. Rossiya musulmonlari, koʻtarilinglar!

Javob berish

Nimalar deb valdirayapti bu axlatsaroy

Javob berish

Biz qozoqlar Checheniston, Beslan, Suriyadagi oʻldirilgan bolalarning oʻchini olamiz. Putlerni choʻchqatumshuq zoʻravon Budanovning taqdiri kutmoqda. (Polkovnik Yuriy Budanov 2000-yilda Chechenistondagi xizmat vaqtida 18 yoshli chechen qizi Elza Kungayevani oʻgʻirlagan va zoʻrlab oʻldirgan. Budanov uning jangari snayper boʻlganini aytgan. U sudlangan, ishdan boʻshatilgan va oʻn yillik qamoq jazosidan sakkiz yilini oʻtirib chiqqan. Qotillar 2010-yilda Moskvada Budanovni otib tashlaganlar; “Putler” - bu Putinning laqabi, “Gitler”ni eslatadi.

Javob berish