https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/features/2019/10/14/feature-01
Toʻlib-toshgan kameralar: Suriyadagi “Islom davlati” qamoqxonasiga nazar
| Terrorizm

ID yetakchisining voris tanlashi gʻalayonlarga sabab boʻldi

Xolid al-Taiy

image

Joriy yil boshida ID yetakchisi Abu Bakr al-Bagʻdodiy guruhga tegishli videolavhada koʻrinish bergan. Koʻpchilik uning salomatligi yomonlashib borayotganini taxmin qilmoqda.

“Islom davlati” (ID) yetakchisi Abu Bakr al-Bagʻdodiy avgust oyi boshida ehtimoliy vorisni eʼlon qilganidan keyin guruh ichida tushunmovchiliklar va ixtiloflar yanada kuchaydi.

8-avgust kungi ID bayonotiga koʻra, al-Bagʻdodiy ID mansabdorlaridan biri Hoji Abdulloh nomi bilan tanilgan iroqliq Abu Abdulloh Qardoshni oʻz vorisi deb eʼlon qilgan.

Iroq va Arabiston ommaviy axborot vositalari ham xuddi shu ismni tilga olganlar, sal avvalroq esa qoʻlgan olingan ID yetakchilaridan biri Zayd al-Iroqiy Qardoshni Bagʻdodiyning ehtimoliy vorisi sifatida eʼtirof etgan.

Al-Bagʻdodiy oʻz nasabini paygʻambar Muhammad alayhissalom avlodiga mansub “qurayshiylardan” ekanligini taʼkidlagan va uning asli turkmanistonlik Qardoshni ehtimoliy tayinlashi noodatiy holatdir, deydi kuzatuvchilar.

image

Shu yil avvalida eʼlon qilingan videolavha kadrlarida koalitsiya havo zarbalari vaqtida panaga berkingan ID aʼzolari aks etgan. Guruh mart oyida tor-mor etildi va shundan beri mintaqa boʻylab tarqoq holda harakatlanmoqda. (Fayl)

Agar amaliyotga rioya etilsa, al-Bagʻdodiyning vorisi tayinlanishdan koʻra, ID yetakchilaridan iborat shariat organi tomonidan tasdiqlanishi kerak boʻladi.

Shu bilan birga, al-Bagʻdodiyning salomatligi yomonlashayotgani va xorijiy guruh aʼzolari, ayniqsa tunisliklar unga qarshi chiqishga harakat qilganliklari sababli guruhda ichki nizo kuchaygani haqidagi xabarlar tarqalgan.

Vorisning tayinlangani haqidagi mish-mishlar haqiqat boʻlsa, al-Bagʻdodiy Qardoshni faqat unga boʻlgan sodiqligi tufayli tanlagan, deydi harbiy tahlilchi Safo al-Aʼsam.

Bu harakat ID yetakchisini tanlashda “guruhda belgilangan shartlar eʼtiborga olinmayotganini” aks ettiradi, dedi u. Al-Bagʻdodiyning qarori bu tanlovni shubha ostiga olishi mumkin boʻlgan qoʻmondonlarining ishonchiga putur yetkazadi, deb qoʻshimcha qildi u.

Bu tayinlov ID guruhi ichida nizoga sabab boʻladi, dedi al-Aʼsam. “Guruhda markaziy qoʻmondonlik yoʻqligi sabab, u guruhdagi tartibsizliklardan darak beruvchi aniq belgidir.”

Guruhning harbiy magʻlubiyatidan soʻng, IDning soʻnggi jangarilari yashiringan yoki tarqoq holatda, dedi u. Al-Bagʻdodiyning shaxsidan qatʼiy nazar vorisni tayinlashi esa “guruh taqdirini oʻzgartirmaydi”, deb taʼkidladi u.

Bu qaror tartibsizliklarni kelib chiqarishi mumkin

Al-Bagʻdodiyning oʻz vorisini eʼlon qilishi, xususan, ularning ikkovi orasidagi munosabatga asoslangan boʻlishi mumkin, dedi siyosatshunos Issam al-Fayliy.

“Deyarli oʻn besh yil avval ikkovlon hibsda boʻlgan vaqtdan beri, Qardosh al-Bagʻdodiyning doimiy hamkori boʻlib kelgan”, deb aytgan u Diyaruna nashriga.

Ammo al-Bagʻdodiyning “Qardoshni tayinlagani unga qimmatga tushishi mumkin, sababi bu xatti-harakati bilan ID yetakchisi oʻz qoʻmondonlariga ishonmasligini koʻrsatgan”, dedi u.

Shu bilan birga, Qardoshning iroqlik ekani “IDning boshqa xorijlik qoʻmondonlari orasida begonalash va kamsitish hissini kuchaytirishi” mumkin, dedi u.

Bu esa guruh safidagi ixtiloflarni kuchaytirib, “isyon va gʻalayonga sabab boʻlishi” mumkin, dedi al-Fayliy.

Al-Bagʻdodiy guruh boshqaruv tizimida oʻz taʼsirini yoʻqotgan va Qardoshning tayinlanishi uning imkoniyatlari cheklanganiga ishora qilmoqda, dedi xavfsizlik mutaxassisi Said al-Jayashiy Diyaruna nashriga.

Bundan tashqari, “IDning yuqori rahbariyatidagi parchalanish” ham al-Bagʻdodiyni shunday qaror qabul qilishga undagan boʻlishi mumkin, dedi u.

IDning quvgʻindagi yetakchisi “bu tasdiqlov oldidan hech qanday bayonot bermagan, u oʻzi va guruhni muqarrar oʻlim yoki hibsdan saqlab qoladigan aniq reja yoki tasavvurga ega emas”, dedi u.

Guruh inqiroz holatida, u jangarilar va resurslarga oid yoʻqotishlarini kompensatsiya qila olmaydi, dedi al-Jayashiy.

U oʻz jangarilarini ruhlantirishga qodir emas va OAV mashinasi yoʻq qilingani tufayli mish-mishlarga qarshi kurasha olmayapti, deb qoʻshimcha qildi u.

Sizga maqola yoqdimi?
12
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha