Karvonsaroy
Terrorizm

Soʻnggi insonparvarlik operatsiyasi davomida 64 bola Iroqdan Oʻzbekistonga qaytarildi

AFP

“Mehr” insonparvarlik operatsiyasi davomida Suriyadan Oʻzbekistonga olib kelingan ayollar va bolalar, Toshkent aeroporti, 30-may. (Oʻzbekiston prezidentining matbuot xizmati)

“Mehr” insonparvarlik operatsiyasi davomida Suriyadan Oʻzbekistonga olib kelingan ayollar va bolalar, Toshkent aeroporti, 30-may. (Oʻzbekiston prezidentining matbuot xizmati)

TOShKENT – Oʻzbekiston hukumati oʻtgan juma (11-oktabr) kuni Iroqdan 64 nafar bola olib kelingani haqida eʼlon qildi. Ular “terrorchi tashkilotlar aʼzolari” sifatida qamoq jazosini oʻtayotgan ayollarning farzandlaridir.

Bolalar Iroq va Oʻzbekiston rasmiylarining oʻzaro kelishuvi hamda YUNISEFning hamkorlikdagi saʼy-harakatlari tufayli payshanba (10-oktabr) kuni kechqurun samolyotda mamlakatga olib kelindi, deb xabar berdi Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi.

Bu bolalar, jumladan uch yoshga toʻlmagan 14 nafar bola ham, “toʻgʻri yoʻldan adashgan” va jangarilar safiga qoʻshilgan ota-onalarning farzandlari boʻlib, ular maʼnaviy, ruhiy va jismoniy qiyinchiliklarga duch kelishgan, deyiladi xabarda.

Bolalar barcha qulayliklarga ega sogʻlomlashtirish muassasasiga joylashtirilib, ularga “mutaxassislar tomonidan tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordam” koʻrsatiladi. Bolalarni Oʻzbekistonga qaytarish uchun ularning qamoqdagi onalaridan tegishli ruxsat olingan.

Qozogʻiston Milliy xavfsizlik qoʻmitasi videoroligidan olingan kadr – Suriyadan Qozogʻistonga qaytgan ayollar va bolalar Mangʻistov viloyatidagi reabilitatsiya markazida.

Qozogʻiston Milliy xavfsizlik qoʻmitasi videoroligidan olingan kadr – Suriyadan Qozogʻistonga qaytgan ayollar va bolalar Mangʻistov viloyatidagi reabilitatsiya markazida.

Hozirga qadar Markaziy Osiyoning uch mamlakati – Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Tojikiston Suriya va Iroqdan oʻz fuqarolarini olib kelgan. “Islom davlati” (ID) va boshqa jangari guruhlar safiga qoʻshilish uchun aholisining aksari musulmon boʻlgan mintaqadan minglab odamlar ushbu mamlakatlarga borgan edi.

Yaqinda Qirgʻiziston ham Iroqdan oʻz fuqarolarni qaytarish niyatida ekanligini aytgandi.

May oyida 156 nafar fuqaro vataniga qaytarilgach, sentabr oyida Tashqi ishlar vazirligi u yerdan yana 235 nafar fuqaro, shu jumladan 65 bolani Oʻzbekistonga olib kelish rejalashtirilayotganini maʼlum qilgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500