Karvonsaroy
Xavfsizlik

AQSH Qozogʻistonning Suriyadan oʻz fuqarolarini qaytarish jarayonini yuqori baholamoqda

Aydar Ashimov

7 va 9-may kunlari oʻtkazilgan “Jusan-2” (Achchiq shuvoq-2) operatsiyasi davomida Qozogʻiston maxsus kuchlari hamrohligida Suriyada bolalari bilan samolyotga chiqayotgan ayol.

7 va 9-may kunlari oʻtkazilgan “Jusan-2” (Achchiq shuvoq-2) operatsiyasi davomida Qozogʻiston maxsus kuchlari hamrohligida Suriyada bolalari bilan samolyotga chiqayotgan ayol.

NUR-SULTON – AQSH Davlat departamenti Qozogʻistonning bir vaqtlar “Islom davlati” (ID) nazoratida boʻlgan Iroq va Suriyadagi hududlardan fuqarolarni oʻz vataniga qaytarish boʻyichaxalqaro miqyosidagi saʼy-harakatlarga qoʻshgan hissasini yuqori baholadi.

AQSH Davlat departamentining terrorizmga qarshi kurash boʻyicha koordinatori va elchi Natan A. Seyls 7-8-oktabr kunlari Nur-Sultonda yuqori martabali hukumat amaldorlari bilan oʻtkazgan muzokaralari chogʻida “Qozogʻistonning qaytarilgan fuqarolarni reabilitatsiya qilish va jamiyatga qayta moslash boʻyicha saʼy-harakatlari hamda C5+1 formati va boshqa koʻp tomonlama forumlar orqali tajriba almashish boʻyicha konstruktiv choralariga” yuqori baho berdi.

“Biz bu jarayonni diqqat bilan kuzatibgina qolmay, imkon qadar yordam ham koʻrsatdik. Kuzatuvlar davomida koʻrganlarimiz kishiga gʻayrat bagʻishlaydi. Biz nafaqat Qozogʻiston hukumati, balki xususiy sektor, shuningdek, “Islom davlati” va uning soxta aqidalariga qarshi tura oladigan diniy mutasaddilarning ham oʻz resurslaridan oqilona foydalanganiga guvoh boʻldik”, dedi Seyls 8-oktabr kuni Nur-Sultondagi AQSH elchixonasida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida “Jusan” (Achchiq shuvoq) operatsiyasini nazarda tutib.

“Jusan” – ID parchalanib ketganidan soʻng Suriyada qolgan radikal fuqarolarni vataniga qaytarish boʻyicha Qozogʻiston tomonidan 2019-yil davomida oʻtkazilgan operatsiyadir. Ushbu operatsiyalar davomida turli reyslar bilan 500 dan ortiq fuqaro mamlakatga qaytgan.

8-oktabr kuni Nur-Sultondagi AQSH elchixonasida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida soʻzga chiqqan AQSH diplomati Natan A. Seyls. [AQSHning Qozogʻistondagi elchixonasi]

8-oktabr kuni Nur-Sultondagi AQSH elchixonasida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida soʻzga chiqqan AQSH diplomati Natan A. Seyls. [AQSHning Qozogʻistondagi elchixonasi]

7-oktabr kuni AQSH diplomati Natan A. Seyls Suriyadan Qozogʻistonga qaytgan ayollar va bolalar uchun tashkil etilgan Qaragʻanda reabilitatsiya markaziga tashrif buyurdi. [AQSH Davlat departamentining terrorga qarshi kurash idorasi /Twitter]

7-oktabr kuni AQSH diplomati Natan A. Seyls Suriyadan Qozogʻistonga qaytgan ayollar va bolalar uchun tashkil etilgan Qaragʻanda reabilitatsiya markaziga tashrif buyurdi. [AQSH Davlat departamentining terrorga qarshi kurash idorasi /Twitter]

Qozogʻiston ularning ayrimlarini terrorchi sifatida javobgarlikka tortib, qolganlarini reabilitatsiya qilish harakatida.

Seyls vataniga qaytarilgan qozoqlarni Suriyada olingan jarohatlardan xalos qilishda tibbiyot xodimlari va ruhshunoslarning rolini alohida taʼkidladi.

“Bu butun dunyo asos qilib olishi mumkin boʻlgan juda yaxlit yondoshuvdir”, dedi Seyls.

Oʻz tashrifi davomida Seyls Qaragʻandadagi reabilitatsiya markaziga ham tashrif buyurdi.

“Men bu yerda ham din peshvolari, ham bolalar psixologiyasi boʻyicha mutaxassislar, shuningdek, Taʼlim va fan vazirligi hamda boshqa davlat idoralari vakillarining ishlayotganiga guvoh boʻldim”, dedi u. “Bugun butun dunyo Qozogʻistondagi voqealarga eʼtibor qaratishi lozim, zero bu yerda olingan saboqlar butun dunyoga asqotadi.”

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayevda “AQSH bilan, jumladan xavfsizlik sohasida yanada yaqinroq hamkorlik qilish yoʻlidagi dadil siyosiy irodani koʻrmoqdamiz” deb qoʻshimcha qildi u.

“Jusan” operatsiyasi xalqaro hamjamiyat va strategik sherigimiz AQSH tomonidan ijobiy baholanganidan juda mamnunmiz”, deydi Nur-sultonlik siyosatshunos Yernar Beysaliyev. “Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari ham Qozogʻistondan oʻrnak olib, shu kabi operatsiyalarini oʻtkazdilar yoki oʻtkazishni rejalamoqdalar.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500