Karvonsaroy
Xavfsizlik

Markaziy Osiyo davlatlari Afgʻonistonni rivojlantirish sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga intilmoqdalar

Aydar Ashimov

Suratda: 9-oktabr kuni Nur-Sultonda boʻlib oʻtgan “Afgʻoniston va YXHT: hamkorlik va sheriklik imkoniyatlarini kengaytirish” deb nomlangan davra suhbati ishtirokchilari. (Qozogʻiston tashqi ishlar vazirligi)

Suratda: 9-oktabr kuni Nur-Sultonda boʻlib oʻtgan “Afgʻoniston va YXHT: hamkorlik va sheriklik imkoniyatlarini kengaytirish” deb nomlangan davra suhbati ishtirokchilari. (Qozogʻiston tashqi ishlar vazirligi)

NUR-SULTON – Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT) kabi idoralar vakillari 9-oktabr kuni Qozogʻiston poytaxtida uchrashib, xalqaro tashkilotlar hamda Markaziy Osiyo davlatlarining Afgʻonistonda tinchlik va barqarorlikni taʼminlashdagi rolini muhokama qildilar.

Davra suhbati ishtirokchilari “Afgʻoniston va YXHT: hamkorlik va sheriklik imkoniyatlarini kengaytirish” mavzusini muhokama qilish uchun yigʻildilar.

“Markaziy Osiyoning kelajagi Afgʻonistonning tinch va barqaror rivojlanishi bilan uzviy bogʻliq”, dedi uchrashuvda soʻzga chiqqan Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi.

Tadbirda Afgʻonistondagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) yordamchi missiyasi rahbari Tadamichi Yamamoto, Markaziy Osiyoda BMTning preventiv diplomatiya markazi rahbari Nataliya German va Markaziy Osiyo davlatlaridagi YXHT missiyalari yetakchilari, shuningdek, qator xalqaro tashkilotlar vakillarining maʼruzalari tinglandi.

Olmaotadagi Qozogʻiston milliy agrar universitetida Afgʻoniston madaniyatiga bagʻishlangan festival boʻlib oʻtdi, surat sanasi nomaʼlum. (Qozogʻiston milliy agrar universiteti)

Olmaotadagi Qozogʻiston milliy agrar universitetida Afgʻoniston madaniyatiga bagʻishlangan festival boʻlib oʻtdi, surat sanasi nomaʼlum. (Qozogʻiston milliy agrar universiteti)

Mintaqaviy barqarorlik borasidagi xavotirlardan kelib chiqib, Markaziy Osiyo davlatlari Afgʻoniston bilan savdo aloqalarini kuchaytirganlar.

“Qozogʻiston Afgʻon xalqining oʻz hukumatini qayta tiklashi yoʻlida ikki va koʻp tomonlama yordam taqdim etib kelmoqda”, deydi Tleuberdi.

“Biz mustahkam global va mintaqaviy hamkorlik, uzoq muddatli investitsiyalar va mintaqaviy hamjihatlik Afgʻonistondagi tinch kelajakni kafolatlashda muhim rol oʻynashiga ishonamiz”, dedi u.

“Shu kungacha biz umumiy qiymati 80 mln. AQSH dollaridan (31,2 mlrd. tenge) ortiq yordam ajratdik. Soʻnggi yillar davomida qoʻshimcha 3,5 mln. AQSH dollari (1,4 mlrd. tenge) ajratilgan boʻlib, bu mablagʻ Afgʻonistonning turli viloyatlarida tibbiyot va taʼlim muassasalarini barpo etish, yoʻllar va koʻpriklarni taʼmirlashga yoʻnaltirilgan.”

Qoʻshni davlatlarning Afgʻoniston barqarorligiga koʻmagi ham muhim ahamiyatga ega, dedi Chimkentdagi siyosiy tahlilchi Rauan Dautaliyev.

“Afgʻoniston Markaziy Osiyoning uch mamlakati – Turkmaniston, Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh. Mintaqadagi barqarorlik Afgʻonistondagi barqarorlikka bogʻliq ekanligini hamma yaxshi tushunadi. Afgʻonistonga qayta tiklash ishlari, taʼlim, narkotrafikka qarshi kurash va boshqa muhim sohalarda yordam berish zarur.”

Afgʻon yoshlarining taʼlimi

Iyul oyida Yevropa Ittifoqi (YI) afgʻonistonlik xotin-qizlarning Qozogʻiston va Oʻzbekistonda taʼlim olishi uchun mablagʻ ajratgan edi.

Davra suhbati ishtirokchilari Qozogʻiston, YI va BMT Taraqqiyot dasturlari doirasida Qozogʻistondagi yetakchi universitetlarning afgʻon yoshlari uchun taʼlim tashabbuslarini yuqori baholadilar.

Qozogʻiston afgʻonistonlik talabalarga oʻzining eng yaxshi universitetlarida taʼlim berish uchun 50 mln. AQSH dollari (19,5 mlrd. tenge) ajratgan, dedi Tleuberdi.

“Bu tashabbus xalqaro hamjamiyat tomonidan yuqori baholandi va bugungi kunda biz uni muvaffaqiyat bilan amalga oshirmoqdamiz”, dedi Tleuberdi.

“Shu haftada afgʻonistonlik xotin-qizlarning ilk guruhi YI, Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi uch tomonlama hamkorlik dasturi doirasida Qozogʻistonning yetakchi universitetlarida tahsilni boshlash uchun Olmaotaga yetib keldi.”

“Bizningcha, Afgʻoniston yoshlarning taʼlimi bilan bogʻliq muammolarni hal qilmas ekan, barqarorlik markaziga aylana olmaydi”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500