Karvonsaroy
Jinoyat va adolat

Turkmanistonda poraxoʻrlik va korruptsiyaga qarshi kurash boʻyicha yangi dastur qabul qilinadi

Jumaguli Annayev

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 2017-yilning 17-fevral kuni Ashxabodda qasamyodga keltirildi. 3-bor oʻtkazilgan innauguratsiya marosimida Berdimuhamedov korruptsiyaga qarshi kurash hukumatning ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlishini aytgan. [Igorь Sasin /AFP]

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 2017-yilning 17-fevral kuni Ashxabodda qasamyodga keltirildi. 3-bor oʻtkazilgan innauguratsiya marosimida Berdimuhamedov korruptsiyaga qarshi kurash hukumatning ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlishini aytgan. [Igorь Sasin /AFP]

ASHXOBOD – Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Davlat xavfsizlik kengashi va parlamentga davlat xizmatchilari orasida korruptsiyaga qarshi kurash boʻyicha yangi dasturni ishlab chiqishga buyruq bergan.

1-oktabr kuni Davlat xavfsizlik kengashi va Vazirlar mahkamasining qoʻshma majlisida IIV xodimlari orasida aniqlangan poraxoʻrlik holatlarining fosh etilishi ortidan, korruptsiyaga qarshi kurash boʻyicha avvalgi siyosatning samarasiz ekanligini bilinib qolgan.

Bosh prokuror Botir Atdayev vazirlikda ishlagan bir qancha korruptsionerlar hibsga olingani haqida bayonot bergan.

Atdayev maʼruza qilar ekan, uning ortidagi katta monitorda vijdonsiz politsiya xodimlarining qilmishiga pushaymon boʻlib, koʻz yoshi toʻkayotgan tasvirlari aks ettirilgan.

Berdimuxamedov oʻtkazilgan tergov yakunlari boʻyicha, ichki ishlar vaziri, general-leytenant Isgender Mulikovni oʻz lavozimidan ozod qilib, unvonini mayor darajasiga tushirgan va barcha davlat mukofotlaridan mahrum qilgan.

10 yillik xizmati davomida Mulikov 12 marta hayfsan olgan, deb xabar berdi “Vatan” telekanali 1-oktabr kuni.

“Men hech qachon hech kimning xalq pulini oʻgʻirlashiga va fuqarolarimiz hisobidan boyishiga yoʻl qoʻymayman”, dedi Berdimuxamedov.

Vazirliklar va boshqa davlat idoralari rahbarlari oldida soʻzlagan Berdimuhamedov poraxoʻrlik va korruptsiya davlat va ijtimoiy tuzumga putur yetkazishi, iqtisodiy oʻsishni sekinlashtirishi va davlat taraqqiyotiga jiddiy toʻsiq boʻlishini aytdi.

Turkmanistonda davlat idoralariga ishonch va ichki ishlar tizimidagi etika mintaqaviy xavfsizlikka daxldor masala hisoblanadi, chunki u Markaziy Osiyoda Afgʻoniston bilan chegaradosh “front chizigʻidagi” uch mamlakatdan biridir.

Bundan tashqari, Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida boʻlgani kabi, bu mamlakatning yuzlab radikal fuqarolari Suriya va Iroqdagi “Islom davlati” (ID) safiga qoʻshilgan va Turkmanistonga qaytgan taqdirda hukumatga xavf soladi.

Rossiyalik oligarxlar Turkmanistonning neft va gaz sanoatiga chuqurroq kirib borar ekan, bu bilan mahalliy iqtisodiyotni daromaddan mahrum qilib, mamlakat suverenitetini xavf ostiga qoldirayotgani kuzatuvchilar tarafidan Kremlning korruptsiya va hiyla-nayranglari sifatida eʼtirof etilgan.

Korruptsiya “hamma narsani yemirmoqda”

Korruptsiyaga qarshi kurash hukumatning ustuvor vazifasi boʻladi, degan edi Berdimuhamedov 2017-yilgi uchinchi inauguratsiyasi chogʻida.

“Transparency International” nodavlat notijorat tashkilotiga koʻra, 2018-yilda Turkmaniston korruptsiya indeksi boʻyicha Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida eng yomon natija qayd etgan va dunyoning 180 mamlakati ichida boshqa uch mamlakat bilan birga 161-oʻrinni egallagan.

“Korruptsiyaga qarshi kurash boʻyicha yangi hukumat dasturini ishlab chiqish va qabul qilish mamlakat uchun juda muhim, zero korruptsiya zang kabi hamma narsani yemiradi, iqtisodiy taraqqiyotga toʻsqinlik qiladi va jamiyatni tanazzulga yetaklaydi”, deydi ashxobodlik advokat Maqsad Choriyev.

“Hamma pora soʻraydi, hammasi uchun haq berish kerak, hatto muftiyatni sizni hajga boradiganlar roʻyxatiga kiritsa ham (pora talab qiladi)”, deydi Maqsad.

2017-yilning iyul oyida bank sohasi xodimlari, prokurorlar va sudьyalar orasida poraxoʻrlik holatlari fosh etilganida, Berdimuhamedov “Turkmanistonda korruptsiyaga oʻrin yoʻq” degan edi.

“Biroq, korruptsiya, saraton kasalligi kabi, butun davlat apparatida namoyon boʻlmoqda”, dedi Choriyev.

“Yanada ochiq va shaffof”

Kuzatuvchilarning ishonishicha, yangi hukumat dasturi poraxoʻrlik va korruptsiyani kamaytirishga yordam beradi.

“Biz mamlakatni giyohvand moddalardan xalos qilishga erishdik, korruptsiyani ham yenga olamiz”, deydi Marы shahrida istiqomat qiladigan IIV faxriylaridan biri Aman Atabayev.

Narkofurushlarni har yili amnistiya qilish amaliyoti toʻxtatilgach, giyohvandlik darajasi keskin tushib ketdi, dedi Ataboyev.

“Korruptsiyaga qarshi kurashda qattiqroq jazo choralarini qoʻllash zarur, poraxoʻrlar jazo muddatini oxiriga oʻtamay, ozodlikka chiqarilmasligi kerak”, deydi Atabayev.

Shunday boʻlsa-da, pora olish va berish uchun jazoning qatʼiy va muqarrar ekanligi ham muammoni toʻla hal qilmaydi, dedi u.

“Kadrlarni yetishtirish va tarbiyalash tizimi ham qayta koʻrib chiqilishi kerak. Davlat xizmatchilariga har yili oʻz daromadi toʻgʻrisida hisobot berish majburiyatini yuklash va davlat idoralari faoliyatini yanada ochiq va oshkoraligini taʼminlash zarur”, dedi Atabayev.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Barakalla, agar quruq gap boʻlmasa.

Javob berish