Karvonsaroy
Terrorizm

BMT Xavfsizlik kengashi isyonchilarning Suriyadan “tarqalib ketish” xavfi haqida ogohlantirdi

AFP

Suriya shimoli sharqidagi Al-Hol jamlogʻida xavfsizlik patruli kuzatuvida ketayotgan ID jangarilarining ayollari, 23-iyul. (Delil Suleyman/AFP)

Suriya shimoli sharqidagi Al-Hol jamlogʻida xavfsizlik patruli kuzatuvida ketayotgan ID jangarilarining ayollari, 23-iyul. (Delil Suleyman/AFP)

NYU-YORK – Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Xavfsizlik kengashi chorshanba (16-oktabr) kuni bir ovozdan qabul qilingan bayonotda Suriyada isyonchi mahbuslarning “tarqalishi” havfidan ogohlantirdi.

“Xavfsizlik kengashi BMT tomonidan terrorchi deb eʼlon qilingan guruhlar, jumladan ID (“Islom davlati”) jangarilarining tarqalishi xavfidan chuqur tashvishda”, deyiladi bayonotda.

Kengashga aʼzo 15 mamlakat “Suriya shimoli-sharqidagi gumanitar vaziyatning yanada yomonlashuvidan” jiddiy xavotirda ekanligini bildirgan.

Kengashning yevropalik aʼzolari – Belgiya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Germaniya va Polsha alohida qoʻshma bayonotda isyonchi jangarilar saqlanayotgan jamloqlarda xavfsizlikni taʼminlash zarurligini taʼkidlaganlar.

“Terrorchi-jangarilarni hibsda ushlab turishdan maqsad, ularning terrorchi guruhlar safiga qoʻshilishiga yoʻl qoʻymasdir”, deydi ular.

Kurd rasmiylarining yakshanba kungi xabariga koʻra, Suriya shimolidagi Ayn-Issa shahrida joylashgan kurdlar nazoratidagi jamloqdan xorijlik jangarilarning 800 ga yaqin qarindoshi qochib ketgan.

ID payshanba (17-oktabr) kuni Suriya kurdlari tomonidan ushlab turilgan ayollarni “ozod qilganini” aytar ekan, hech qanday raqamlar keltirmagan. Ozod qilinganlar ID aʼzolarimi yoki jangarilarning ayollari boʻlganmi – bu ham noaniqligicha qolgan.

Turkiya 9-oktabr kuni Suriyada harbiy amaliyotlar boshladi.

Jurnalistlarga murojaat qilar ekan, AQSHning BMTdagi elchisi Kelli Kraft Vashington Turkiyadan hujumlarga chek qoʻyishni talab qilayotganini yana bir tasdiqladi.

“Amerika Qoʻshma Shtatlari Turkiyani hujumni toʻxtatishga va zudlik bilan otashkesim eʼlon qilishga chaqiradi.”

BMTdagi Xitoy elchisining aytishicha, isyonchilar saqlanayotgan jamloqlar xavfsizligini taʼminlash “barcha davlatlarning manfaatlariga mos keladi”. Rossiya elchisi Vasiliy Nebenzya esa “bu muammo faqat Suriya va Iroqniki boʻlib koʻrinmasligi kerak” deb taʼkidlagan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500