https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/features/2019/10/18/feature-01
Rossiyaning Suriya hududi boʻylab yurishlari aholi tomonidan sovuq qarshi olinmoqda
| Xavfsizlik

Rossiyaning dunyo boʻylab tartibsizlik keltirib chiqarish harakatidagi maxfiy boʻlinmasi haqidagi maʼlumotlar yuzaga chiqdi

Karvonsaroy

image

Himoya kombinezonidagi Britaniya harbiy mutaxassislari asabni falajlovchi modda yordamidagi hujumga aloqador transport vositasini evakuatsiya qilmoqda, 2018-yil, Solsberi shahri. Ushbu hujum bilan bogʻliq hodisa – Rossiya maxfiy boʻlinmasining xalqaro miqyosda tartibsizliklar keltirib chiqarishga qaratilgan koʻp sonli urinishlaridan biri ekani aytilmoqda. [Adrian Dennis/AFP]

Avvaliga Rossiyaning maxfiy jangovar razvedka idorasi ishtirokidagi alohida boʻlib koʻringan voqealar endi Yevropa va undan tashqarida Kremlning gibrid urushini olib boruvchi muayyan guruh bilan bogʻliq ekanligi taxmin qilinmoqda.

29155 boʻlinmasi deb ataluvchi guruh Rossiya harbiy razvedka boshqarmasi qoʻmondonligi ostida faoliyat yuritadi. Ushbu agentlik 2010-yilda oʻz nomini Bosh boshqarma (GU) deb oʻzgartirgan boʻlsa ham, haligacha oʻzining sobiq GRU qisqartmasi bilan (Razvedka bosh boshqarmasi) bilan mashhur.

Guruh kamida oʻn yil faoliyat yuritgan, ammo u haqda juda kam narsa maʼlum, deb yozgan edi “New York Times” nashri 8-oktyabrda.

Endilikda diqqat markaziga tushgan ushbu guruh Moldovada tartibsizliklar keltirib chiqarish kampaniyasi, Bolgariyadagi qurolfurushning zaharlanishi, Chernogoriyadagi muvaffaqiyatsiz yakunlangan davlat toʻntarishida va oʻtgan yili Britaniyaning Solsberi shahrida rossiyalik sobiq josus Sergey Skripal va uning qiziga qilingan suiqasdda ishtirok etgani taxmin qilinmoqda.

image

Rossiyaning Bosh razvedka boshqarmasi (GRU) josuslari deb gumon qilingan 4 shaxs, Amsterdam, Niderlandiya, 2018-yilning 10-apreli. Niderlandiya hukumati ularni Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti (KQTT) serverlarini buzib kirishga uringanlikda gumon qilib, mamlakatdan chiqarib yuborgan. [Niderlandiya mudofaa vazirligi]

image

Tergov Solsberidagi ikkala gumondor ham Rossiya josusi boʻlganini tasdiqlagan. Chapda: Anatoliy Chepiganing pasportdagi fotosurati (2003-yil). Oʻrtada: Ruslan Boshirovning pasporti fotosurati (2009-yil). Oʻngda: Ruslan Boshirovning Britaniya politsiyasi tomonidan chiqarilgan fotosurati. [Bellingcat]

“New York Times” nashrida chop etilgan maqolani ushbu havolada oʻqishingiz mumkin.

Sara, lekin “pala-partish” maxsus guruh

29155 maxsus boʻlinmasi “uyushgan yoki individual tarzda – portlashlar, qotilliklar va boshqalarni” amalga oshirish boʻyicha “qoʻporuvchilik” missiyalarini tayyorlashga ixtisoslashgan, deb aytgan sobiq GRU zobiti “Tayms” nashriga.

“U yerda jiddiy odamlar xizmat qilgan”, dedi isteʼfodagi zobit. “Ular maxfiy ravishda xalqaro josus boʻlib ishlagan harbiy zobitlar edi.”

29155 boʻlinma zobitlari Rossiyaning eng qonli urushlari, jumladan Afgʻoniston, Checheniston va Ukrainadagi urushlarda qatnashgan va koʻplab unvonlar olgan faxriylar edi.

Rossiyaning kiberhujumlari va axborot urushlarida ishtirok etuvchi boshqa guruhlardan farqli oʻlaroq, 29155 boʻlinmasi zobitlari oʻz operatsiyalarni amalga oshirish uchun Yevropa davlatlariga safar qilganlar, deb yozadi gazeta.

29155 boʻlinmasi eng sara maxsus boʻlinma ekanligiga qaramay, uning ayrim operatsiyalari pala-partish va muvaffaqiyatsiz chiqqan.

Skripal va uning qizi, shuningdek, bolgariyalik qurolfurush Emilian Gebrev suiqasddan omon qolganlar. 2016-yili Chernogoriyada davlat toʻntarishiga urinish muvaffaqiyatsiz yakunlangan, voqeadan bir yil oʻtib, mamlakat NATOga aʼzo boʻlgan edi.

Bu muvaffaqiyatsiz operatsiyalarning pala-partishligi rejaning bir qismi boʻlishi ham mumkin, deydi Estoniya razvedkasining sobiq rahbari Eyerik-Nayls Kross.

“Bunday razvedka operatsiyalari psixologik urushlarning bir qismiga aylangan”, dedi u Tayms nashriga. “Bu ularning tajovuzkorroq boʻlganini anglatmaydi. Ammo ularning borligi bilinib turishi kerak. Bu oʻyinning bir qismi.”

Rossiya razvedkasining yana bir muvaffaqiyatsiz operatsiyasida ikkita rossiyalik “diplomat” Pragadagi Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti (KQTT) serverlariga xakerlik hujumini uyushtirishga uringanida qoʻlga olingan edi.

Hujum uchun 2018-yil aprel oyining tanlangani bejiz emasdi, chunki oʻshanda Moskva KQTTning Duma (Suriya) shahrida uyushtirilgan kimyoviy hujum hududiga kirishini atayin kechiktirishda ayblanayotgan va bu bilan Kreml hududdagi dalillarni yoʻqotishga ulgurmoqchi boʻlgan.

Moskva, shuningdek, gibrid urush taktikasini Suriya fuqarolik mudofaasiga (Oq dubulgʻalilar) qarshi qoʻllagan hamda gumanitar tashkilotlarni kimyoviy hujumlarni sahnalashtirganlikda ayblagan.

KQTT va Oq dubulgʻalilar bilan bogʻliq hodisalarning 29155 boʻlinmasiga aloqadorligi noaniq boʻlsada, ular Kremlning xorijdagi zararli taʼsir choralariga misol boʻla oladi.

Raqiblarni tushkunlikka tushirish va chalgʻitish

29155 boʻlinmasining operatsiyalari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning oʻziga xos “gibrid urushi” koʻrinishlaridan boʻlib, siyosiy majburlov, oddiy va noanʼanaviy harbiy ziddiyatlar, kiber-urushlar va taʼsir choralarini oʻz ichiga oladi.

Moskva ushbu gibrid urush taktikasidan 2014-yilda Qrimni Ukrainadan noqonuniy tortib olishda ham foydalangan, soʻngra oʻz eʼtiborini Markaziy Osiyoga qaratib, mintaqadagi harbiy mavqeini mustahkamlashga kirishgan edi.

Oʻtgan yili Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiyaning Tojikiston va Qirgʻizistondagi harbiy bazalari jangovar tayyorgarligini oshirish, ularni zamonaviy qurol-yarogʻ va harbiy texnika bilan taʼminlash rejalari haqida maʼlum qilgan edi.

Rossiya, shuningdek, 2018-yilning mart oyida Tojikiston va Qirgʻizistonda oʻtkazilgan aksilterror mashgʻulotlarida ham ishtirok etdi, dedi Shoygu 2018-yil aprel oyida Pekinda boʻlib oʻtgan Shanxay hamkorlik tashkiloti mudofaa vazirlari anjumanida.

Rossiya Afgʻoniston shimolida joylashgan jangarilarning Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga aʼzo Markaziy Osiyo davlatlariga kirib kelishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida shunday choralar koʻrmoqda, deya taʼkidladi u.

Ammo Rossiyaning Markaziy Osiyodagi faoliyati “doʻstlarni dushmandan himoya qilish”dan koʻra, Moskvaning qoʻldan boy berilgan Sovet hududlari ustidan nazoratni qayta tiklashga urinayotganidan darak beradi, deydi mustaqil kuzatuvchilar.

“Katta ehtimol bilan, Rossiyaning harbiy bazalari noanʼanaviy va gibrid taktika– yashirin amaliyotlar, sabotaj, etnik tanglikni keltirib chiqarish uchun ishlatiladi”, deydi tbilisilik siyosatshunos va Gruziya strategik tahlil markazi asoschisi Nodar Xarshiladze.

“Ushbu harakatlar Rossiya hududidan turib amalga oshiriladigan kiberhujumlar va axborot xurujlari bilan birga olib boriladi”, dedi u.

Raqiblarni tushkunlikka tushirish va chalgʻitish gibrid urushining asosiy maqsadlaridir, deydi Tbilisidagi Gruziya jamoatchilik bilan aloqalar instituti professori Tornike Sharashenidze.

“Gibrid urushi atamasi yaqinda paydo boʻlgan, ammo bunday urush amaliyotda anchadan beri qoʻllaniladi.

Rossiya tashviqoti soxta xabarlar tarqatib, qarshi tarafni ularni rad etish uchun kuch va vaqt sarflashga majbur qiladi, natijada muhim masalalarga eʼtibor kamayadi, ular oʻzlarini himoya qilish va javob qaytarish bilan mashgʻul boʻlib qoladilar”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?
46
Yo‘q
Fikrlar 9
Siyosat
Captcha

Rossiya dunyo boʻylab terrorga homiylik qilmoqda

Javob berish

Nima qilibdi? Bu yangilik emas, qurolfurush va josusning hayotiga suiqasdlar qilishganmish ... muallif arzirli hech narsa yozmagan

Javob berish

Yaxshiyamki, Rossiya degan hojatxona choʻkib bormoqda. Allaqachon shunday boʻlishi kerak edi...

Javob berish

GRU hech qachon Davlat razvedka boshqarmasi deb atalmagan, 1918-yil 21 oktabrda tashkil etilganidan beri (Bayram bilan, aytmoqchi) uning nomi – Bosh razvedka boshqarmasi. Maqolani gʻarb tahlilchilari yozgani shundoqqin koʻrinib turibdi, masalan, Britaniya davlat kod-shifrlash maktabi (1940-yilda hukumat aloqa markaziga aylantirilgan) yoki AQSH mudofaa vazirligining davlat razvedka boshqarmasi va boshqalar bunga misol. Darvoqe, GRUni L.Trotskiy oʻzining sehrli konsept va marosimlari yordamida tuzgan.

Javob berish

Rossiya terrorizm va urush urugʻini sochmoqda. Undan xalos boʻlish kerak

Javob berish

Bekorlarni aytibsiz

Javob berish

Rossiyaning sayyoraga hech qanday foydasi yoʻq, faqat teraktlar. Uni boʻlaklarga boʻlib tashlash kerak

Javob berish

Oʻzingni boʻlaklarga boʻlish kerak, xomkalla! ))

Javob berish

Qoʻlingdan kelsa qil, rus choʻchqa ))

Javob berish