Karvonsaroy
Xavfsizlik

Rossiya Putin kuzatuvida yadroviy urushni mashq qildi

Karvonsaroy va AFP

Rossiya prezidenti Vladimir Putin (oʻrtada) mudofaa vaziri Sergey Shoygu (chapda) va Rossiya bosh shtabi tezkor boshqarmasi rahbari Sergey Rudskoy bilan birgalikda Davlat mudofaa nazorati milliy markaziga tashrifi chogʻida harbiy mashqlarni kuzatmoqda, Moskva, 2019-yil, 17-oktabr. “Grom - 2019” (Yashin) strategik mashqlari davomida ballistik va qanotli raketalar uchirilgan. (Aleksey Drujinin/AFP)

Rossiya prezidenti Vladimir Putin (oʻrtada) mudofaa vaziri Sergey Shoygu (chapda) va Rossiya bosh shtabi tezkor boshqarmasi rahbari Sergey Rudskoy bilan birgalikda Davlat mudofaa nazorati milliy markaziga tashrifi chogʻida harbiy mashqlarni kuzatmoqda, Moskva, 2019-yil, 17-oktabr. “Grom - 2019” (Yashin) strategik mashqlari davomida ballistik va qanotli raketalar uchirilgan. (Aleksey Drujinin/AFP)

MOSKVA – Rossiya prezidenti Vladimir Putin oʻtgan haftada mamlakat qurolli kuchlarining “Rossiya chegarasidagi keskinlikning kuchayishi” bilan bogʻliq amaliyotni oʻz ichiga olgan mashqlarda termoyadroviy raketalarning sinovdan oʻtkazilishini kuzatdi.

“Grom - 2019” (Yashin-2019) simulyatsiya mashqlari chorshanba (16-oktabr) kuni boshlangan va unda kemalar, samolyotlar va uzoq masofali, aniq nishonga oluvchi yadroviy raketalar tashuvchi suvosti kemalariga joylashtirilgan 12 ming nafar askar ishtirok etgan. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi xabar bergan.

Xorijiy davlatlar qurolli kuchlari ishtirok etmagan harbiy oʻyinlar Rossiya va Qoʻshma Shtatlar 1987-yilda imzolangan Oʻrta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni yoʻq qilish boʻyicha (INF) shartnomasidan chiqqanlaridan keyin oʻtkazilmoqda. Bu shartnoma 500 dan 5500 kilometrgacha uchadigan yadroviy va anʼanaviy raketalardan foydalanishni cheklaydi.

Qoʻshma Shtatlar ushbu tarixiy bitimni avgust oyida rasman tark etar ekan, Rossiyaning koʻp yillar davomida uning shartlarini buzib kelganini taʼkidlagan.

Prezident Putin oʻtgan yil dekabr oyida Davlat mudofaa nazorati milliy markazida Avangard raketalarining uchirilishini kuzatgan. (Kreml)

Prezident Putin oʻtgan yil dekabr oyida Davlat mudofaa nazorati milliy markazida Avangard raketalarining uchirilishini kuzatgan. (Kreml)

“Grom - 2019” mashqlari davomida qitʼalararo raketalar uchirildi. (Rossiya mudofaa vazirligi)

“Grom - 2019” mashqlari davomida qitʼalararo raketalar uchirildi. (Rossiya mudofaa vazirligi)

Mashqlar RS-24, RSM-50 va Sineva qitʼalararo ballistik raketa tizimlarini sinash maqsadida oʻtkazilgan, deb xabar bergan vazirlik. Ular 200 dan ortiq moslamalarni ishga tushirganlar.

17-oktabr kuni Putin raketalar uchirilishini jonli videotranslyatsiya orqali tomosha qilish uchun mudofaa vaziri Sergey Shoygu hamrohligida Milliy mudofaa nazorat markaziga tashrif buyurgan.

Yadroviy urush simulyatsiyasi

Qurolli kuchlar “qurolli nizolar va yadroviy urush davomidagi vazifalar” simulyatsiyasini oʻtkazdilar, “aniq nishonga oluvchi yadroviy qurollar va yangi fizik tamoyillarga javob beruvchi qurollarni” qoʻlladilar, dedi Shoygu.

Shimoliy va Tinch okean flotining suv osti kemalari Barents va Oxota dengizidan qanotli va ballistik raketalarni uchirdi, deb xabar bergan mudofaa vazirligi.

Vazirlik xabariga koʻra, stsenariy Rossiya chegarasida uning suverenitetiga tahdid soluvchi tanglikning kuchaygani bilan bogʻliq va faqat mudofaa maqsadlarini koʻzlaydi.

Putin oʻzining yadroviy xavfsizlik masalasiga nisbatan hazilomuz munosabatini hech qachon yashirmagan.

Oʻtgan yil oktyabrda mamlakat janubidagi Sochi shahrida boʻlib oʻtgan xalqaro mutaxassislar forumida chiqish qilgan Putin Rossiyani ehtimoliy yadro urushining qurboni oʻlaroq taʼriflagan edi.

“Tajovuzkor tomon qasos muqarrar ekanini va u yoʻq qilinishini, biz esa tajovuz qurboni, shahidlar sifatida jannatga tushishimizni anglashi kerak”, dedi u.

“Ular shunchaki oʻlib ketadilar, chunki ularda tavba qilib olish uchun vaqt boʻlmaydi”, dedi u zaldan yangragan kulguga javoban.

Ammo dunyo yetakchilari Putinning yadroviy urushga nisbatan yengillik bilan qarashi va INF shartnomasining tugatilganiga nisbatan munosabatini yoqlamaydilar.

“Shartnoma amal qilishdan toʻxtaganiga Rossiyaning yakka oʻzi javobgar deb bayonot bergan esa NATO avgust oyida.

Tanish odat

Rossiya oʻzini tinchliksevar mamlakat deb atasa-da, raketalar Moskva hech qanday dalillarsiz “engilmas” deb maqtangan bir qator qurollarni sinashi bilan bir vaqtda tekshiruvdan oʻtkazildi.

Bu sinovlar hamda Putin davrida Kremlning oʻz harbiy salohiyatini rivojlantirishi Rossiya xalqiga qimmatga tushmoqda.

8-avgust kuni Severodvinsk yaqinidagi yadroviy raketa sinovlari chogʻida yuz bergan portlash tufayli Rossiya atom agentligining besh xodimi halok boʻlgan va radiatsiya darajasining oshgani qayd etilgan edi.

5 va 9-avgust kunlari Krasnoyarsk viloyatining Achinsk shaharchasidagi oʻq-dori omborxonasida portlashlar sodir boʻlgan. Birinchi portlashda bir kishi halok boʻlgan, ikkinchisida esa toʻqqiz kishi jarohat olgan.

Iyul oyida Barents dengizida 14 nafar dengizchi, jumladan yetti nafar yuqori martabali zobit suvosti kemasidagi yongʻin sababli halok boʻlgan edi.

27-mart kuni Qozogʻistonda Rossiya ishlab chiqargan Mi-8 vertoleti halokatga uchrab, 13 askar hayotdan koʻz yumgan. Bu muntazam ravishda sodir boʻlayotgan Rossiyaning harbiy muvaffaqiyatsizliklariga yana bir misoldir.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 3

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiyaning qanday qashshoqlashib borayotganini koʻrish esa Putin uchun qiziq emasga oʻxshaydi ))

Javob berish

Chirigan Rossiya qayerga suqilyapti endi? Hamma yerga tiqaveradigan tumshugʻini chopib tashlash kerak

Javob berish

Rossiyadagi barcha yadroviy raketalari eski, ularni “pensionerlar” desa ham boʻladi. Gʻamgin hushtak ovozlari bilan bu soxta buyuklikning dami chiqib ketyapti

Javob berish