Karvonsaroy
Iqtisodiyot

Markaziy Osiyo Xitoyning “Bir kamar – bir yoʻl” tashabbusi sabab qarzdorlik domiga tushib qolishi mumkin

Kanat Altinbayev

Ishchilar 27-aprel kuni “Bir kamar – bir yoʻl forumi” oʻtkazilgan joy tashqarisida tadbir bannerini yechib olishmoqda. [Greg Beyker/AFP]

Ishchilar 27-aprel kuni “Bir kamar – bir yoʻl forumi” oʻtkazilgan joy tashqarisida tadbir bannerini yechib olishmoqda. [Greg Beyker/AFP]

OLMAOTA – Tahlilchilarning ogohlantirishicha, Xitoyning “Bir kamar – bir yoʻl” tashabbusi natijasida Markaziy Osiyo mamlakatlari Pekin oldida qarzga botishi mumkin.

Ushbu tashabbus 2013-yilda XXR raisi Si Tszinpin tomonidan eʼlon qilingan edi. U Xitoy mahsulotlarini tashish uchun Xitoy atrofida keng infratuzilma tarmogʻi yaratishni koʻzda tutadi.

Pekinning taʼkidlashicha, avtomobil va temir yoʼllari, dengiz portlari va boshqa infratuzilmalarni barpo etish, shuningdek, Xitoy tomonidan moliyalashtiriladigan sanoat va taʼlim loyihalarini oʻz ichiga oladigan ushbu tashabbus unda ishtirok etuvchi barcha mamlakatlarda iqtisodiy farovonlikka olib keladi.

Biroq, voqelik shuni koʻrsatmoqdaki, “Bir kamar – bir yoʼl” Xitoy manfaatlariga qaratilgan boʻlib uning ichki energiya ehtiyojlarini qondirish, xalqaro bozorlarni egallab olish, eksportni oshirish va boshqa maqsadlar uchun xizmat qiladi.

Suratda: Xitoyning “Sinooil” yoqilgʻi quyish shoxobchasi, Olmaota, oktabr oyi. [Kanat Altinbayev]

Suratda: Xitoyning “Sinooil” yoqilgʻi quyish shoxobchasi, Olmaota, oktabr oyi. [Kanat Altinbayev]

Vashingtonda joylashgan Yangi Amerika xavfsizligi markazi CNAS hisobotida aytilishicha, mazkur tashabbus “yakunda Xitoyning geosiyosiy ambitsiyalari uchun vositadir”.

“Mezbon davlatlar uchun xarajatlarga sabab boʻladigan barcha narsalar – nazorat va shaffoflikning yoʼqolishi, qarzdorlik va korruptsiya koʻp hollarda Pekin uchun strategik aktivlarga aylanadi”, deyiladi hisobotda.

Ushbu loyihaga qoʻshilgan Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun milliardlab dollar qarzdorlik xavfi yuzaga kelmoqda.

Jumladan, 2019-yil iyul holatiga koʻra Qirgʻizistonning qariyb 3,8 milliard dollarga teng tashqi qarzi bor, shundan 1,7 milliard dollari Xitoy Eksport-import bankidan (Eksimbank), deb xabar bergan mamlakat moliya vazirligi.

Qarz sababli Xitoyga qaram boʻlib qolish Qirgʻiziston uchun chinakam tahdiddir, deydi Bishkekdagi “Global Technology Solutions Co” kompaniyasi iqtisodchisi va direktori Iskender Sharsheyev.

“Xitoy hukumati Markaziy Osiyo davlatlarining qarzni toʻlashga qodir emasligini bilsa-da, baribir katta kreditlar berishga tayyor va shu bilan birga, ushbu mamlakatlarning sudlarda oʻzini himoya qilish va shartnoma boʻyicha majburiyatlarini bajarmaslik huquqini tan olmaydi”, dedi u.

“Agar Markaziy Osiyo mamlakatlari kattalashib ketgan qarzni toʻlay olmasalar, foydali qazilmalar konlari va hududlar Xitoyga topshirilishi mumkin, ayrim davlatlar esa allaqachon shunday qilib boʻlgan”, deya qoʻshimcha qildi Sharsheyev.

Xitoy tenderlarning xitoylik kompaniyalarga (ular orasida mojarolarga aralashgan kompaniyalar ham bor) berilishi sharti bilan Qirgʻizistonga yoʼllar, energiya infratuzilmasi va fabrikalar qurish uchun kredit bermoqda.

2018-yil boshida Bishkekda xitoylik kompaniya tomonidan modernizatsiya qilingan elektr stantsiyasi ishdan chiqdi. Buning oqibatida, 20 daraja sovuqda bishkekliklarning uylari isitilmay qolib ketgan.

Issiqkoʻlning shimoliy qirgʻogʻi boʻylab choʻzilgan 104 km uzunlikdagi avtomobil yoʼli qurilishida ham qiyinchiliklarga duch kelingan.

Xitoyning “Longhai Road” va “Bridge Corp.” kompaniyalari 2015-yil oxirida avtomobil yoʼlini qurish boʻyicha tenderda gʻolib boʻlishgan. Qurilish 2017-yilda yakunlanishi kerak edi, ammo hozirgi kunga qadar yoʼlning 80 kilometri barpo etildi, xolos. Bundan tashqari, ishchilar kompaniyaning ish haqi toʻlashni toʻxtatganidan shikoyat qilmoqdalar.

Xitoyga qarzdorlik

Tojikiston ham xavf ostidagi mamlakatlardan biri.

2018-yilning bahorida u “Dushanbe-2” elektrostantsiyasining modernizatsiya boʻyicha 330 million dollarlik qarzni toʻlash uchun Soʻgʻd viloyatidagi Yuqori Qumarg oltin konini 50 tonna oltin zaxirasi bilan Xitoyga bergan.

Tojikiston moliya vaziri Fayziddin Kahhorzodaning soʻzlariga koʻra, qarz sirtmogʻi 2019-yilning ikkinchi yarmi boshida umumiy qarzi 2,9 milliard dollarga teng boʻlgan (shundan 48 foizi Xitoy ulushiga toʻgʻri keladi) Tojikiston uchun chinakam tashvishga aylanib ulgurgan, deb xabar bergan Ozod Yevropa/Ozodlik radiosining tojik xizmati avgust oyida.

Dushanbedagi huquqshunos olim Shokir Hakimovning soʻzlariga koʻra, Xitoyga qaramlik Tojikiston suverenitetini xavf ostiga qoʻyadi.

“Tojikistonning iqtisodiy va texnologik salohiyati yetarli emas, shu bois mamlakat xorijiy kompaniyalarni jalb qilmogʻi lozim”, deb aytgan u 2018-yilda EurAsia Daily nashriga.

“Oxir-oqibat, bu kompaniyalar asosan Xitoy kompaniyalari boʻlib chiqmoqda. Tojikiston hukumati Xitoy taklif etgan har qanday loyihalarni juda jozibali deb biladi”, - dedi Hakimov.

“Tojikiston qarz tufayli Pekinga qaram boʻlib qoldi. Shu sababli, rasmiylar qarzlarni toʻlay olmasliklarini anglab, Xitoyning taklifiga rozi boʻlishdi va unga oltin konini topshirishdi”, dedi u.

Turmaniston: gaz qulligi

Ayni paytda, Xitoy Turkmaniston eksport qiladigan gazning qariyb 80 foizini sotib oladi, bu esa mamlakatning Pekinga karamligini kuchaytiradi.

Gaz zaxirasi boʻyicha dunyoda toʻrtinchi oʻrinda turadigan Turkmaniston 2019-yilning birinchi yarmida Xitoyga 4,4 milliard dollarlik tabiiy gaz yetkazib berdi – bu Turkmaniston eksportida yangi rekorddir.

Shunday boʻlsa-da, mamlakatda turmush darajasi koʻtarilmayapti, ijtimoiy-iqtisodiy muammolar avj olmoqda va hatto oziq-ovqat taqchilligi ham sezilmoqda.

Ashxobod Pekin bilan kelishuv tafsilotlarini oshkor qilmasa-da, tahlilchilarga koʻra, Turkmaniston oʻzining rekord darajadagi eksporti uchun munosib daromad ololmayapti va gazni sotish orqali Pekin oldidagi koʻp milliardli qarzlarini toʻlamoqda.

Moskvada joylashgan MDH mamlakatlari institutining Markaziy Osiyo va Qozogʻiston boʻlimi rahbari Andrey Grozinga koʻra, Xitoy Turkmanistonning asosiy eksport mahsuloti – tabiiy gazining yagona xaridori boʻlib qolgan.

Yirik gaz koni – Galkinishdagi razkedka va oʻzlashtirish ishlari uchun Xitoydan katta kreditlar olgan Turkmaniston zaif ahvolda qoldi, degan edi ekspert 2018-yilda Materik.ru yangiliklar saytiga.

“Xitoy oʻz qarzlaridan kechib yuborishiga umid qilmasa ham boʻladi. Xitoy kimningdir qarzidan kechganini eslay olmayman. Uning printsipial pozitsiyasi shunday”, dedi Grozin.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 6

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Qarz olayotganingizda va choʻntagingizga yashirayotganingizda, qaytarishni ham oʻylaganmimiz yoki bermasligingizni oldindan bilarmidingiz? Siz ularning yerlarni, neft va oltin konlarini olib qoʻyishini bilgansiz. Siz bu mamlakat tarixidan joy olasiz, ammo qanday nom qoldirasiz? Farzandlaringiz sizning “qahramonliklaringizni” eslab, nimani his qilisharkin? Albatta, agar ularning siznikidan farqli vijdoni boʻlsa. Xudo sizlarga uch karra yomonroq jazo bersin!!!!

Javob berish

Toʻgʻri, lekin Qozogʻiston qayerda

Javob berish

Britaniya imperiyasidan boshlab hamma buyuk davlatlar bunga intilishgan. AQSH Xitoyni ayblayapti, oʻzi boʻlsa butun dunyoni qoʻl ostida ushlab turibdi. Hammasi bir goʻr.

Javob berish

Xitoy maxluq. Unga qarshi kuchlarni birlashtirishimiz kerak.

Javob berish

Tog'ri!!!

Javob berish

Xitoyliklar odammas.

Javob berish