Karvonsaroy
Ommaviy axborot vositalari

ID oʻsmirlar uchun moʻljallangan TikTok ilovasida koʻchalarda sudrab olib ketilayotgan murdalar videosini joyladi

Karvonsaroy va AFP

TikTok tarmogʻida koʻchalarda sudrab olib ketilayotgan jasadlar videosini joylangan. Suratda oʻtgan yil ID joylagan videodan olingan skrinshot. (Fayl)

TikTok tarmogʻida koʻchalarda sudrab olib ketilayotgan jasadlar videosini joylangan. Suratda oʻtgan yil ID joylagan videodan olingan skrinshot. (Fayl)

TikTok ijtimoiy tarmoq ilovasida “Islom davlati” (ID) tashviqotiga oid videolavhalarni joylashtirgan akkauntlar oʻchirib tashlandi. Bu haqda seshanba (23-oktabr) kuni kompaniya xodimi xabar bergan.

ByteDance Xitoy kompaniyasi egalik qiladigan TikTok tarmogʻida oʻtgan yili 500 milliondan ortiq foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtgan va u dunyodagi eng mashhur ijtimoiy tarmoqlarning biriga aylangan.

TikTok xodimining AFP nashriga bergan xabariga koʻra, tarmoqda video joylashtirgan 10ga yaqin akkauntni oʻchirgan.

Videoda koʻchalar boʻylab jasadlarning sudralgani va ID jangarilari aks etgan. Bu haqida birinchi boʻlib dushanba (22-oktabr) kuni Wall Street Journal nashri xabar bergan.

Nashrga koʻra, videolavhalar yigirmaga yaqin akkauntlar tomonidan joylashtirilgan, ularni Storyful ijtimoiy tarmoq razvedka kompaniyasi aniqlagan.

“TikTok tarmogʻida oʻz tashviqotini olib boruvchi terrorchilik tashkilotlariga oʻrin yoʻq”, deyiladi kompaniyaning AFP nashriga yuborilgan bayonotida.

15 soniyali videolavhalarni tasvirga olish va ulashish imkonini beruvchi TikTok platformasi ayniqsa oʻsmirlar orasida juda mashhur.

Asos solinganidan boshlab, ID yoshlarga eʼtiborini qaratar ekan, ularga ekstremistik gʻoyalarni singdirishga harakat qilgan va maxsus boʻlinmani “xalifalik bolalari” deb nomlagan edi.

Shu bilan birga, terrorchilik guruhi yoshlar ishtirokidagi bir qator zoʻravonlik aks etgan videolavhalarni ham tarqatgan.

Jumladan, oʻtgan yilning mart oyida ID 25 daqiqali videolavha orqali Afgʻonistondagi oʻnlab yosh bolalarni koʻrsatgan edi. Unda aksariyati guruhga majburan jalb qilingan va ongi zaharlangan bolalar qoʻlida qurol ushlagan holda, ID bayrogʻini hilpiratib turgani koʻrsatilgan.

Bolalarning boshqa bir guruhi qurolli tayyorgarlikda majburan qatnashayotgani va safga turish chogʻida yuzlarini burishtirayotganini koʻrish mumkin.

2017-yilda, ID yosh bolalar ishtirokidagi yana bir videolavhani eʼlon qilgan (ulardan biri 4 yoshdan kichik), bolalar katta yoshli erkakni otib, boshini tanasidan judo qilishgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Odatda ruslar shunday qilishadi.

Javob berish