Karvonsaroy
Inson huquqlari

Moskva aeroportida tojikistonlik jurnalistning kamsitilishi norozilik keltirib chiqardi

Kanal Altinbayev va AFP

Moskva yaqinidagi Domodedovo xalqaro aeroportini qoʻriqlayotgan rossiyalik politsiyachi, 2017-yil 15-iyun. [Aleksandr Nemenov/ AFP]

Moskva yaqinidagi Domodedovo xalqaro aeroportini qoʻriqlayotgan rossiyalik politsiyachi, 2017-yil 15-iyun. [Aleksandr Nemenov/ AFP]

MOSKVA/OLMAOTA – Moskvaning Jukovskiy xalqaro aeroportidan oʻtadigan Markaziy osiyoliklar koʻpincha bojxona mutasaddilari va aviakompaniya xodimlari tarafidan noxolislik, ksenofobiya va qoʻpollikka duch kelishadi – bu kabi nosogʻlom voqelikdan tojik jurnalisti Anora Sarkorova afsuski, juda yaxshi xabardor.

BBC, Urush va tinchlikni yoritish instituti va boshqa bir qator ommaviy axborot vositalarida ishlagan taniqli jurnalist Sarkorova Dushanbedan Pragaga joʻnab ketayotganida aeroportda boshdan kechirganlari haqida yozgan.

Koʻrinishi slavyancha boʻlmagan yoʻlovchilarga nisbatan aeroport va aviakompaniya xodimlarining qabihligi chegaradan chiqqan, ular barcha maʼnaviy va axloqiy meʼyorlarni oyoqosti qilgan holda, bunday yoʻlovchilarni kamsituvchi holatlardan oʻtishga majbur qilishdi, deb yozadi u 16-oktabr kuni Facebook sahifasida.

Xodimlar qayerda turish mumkin-u, qayerda mumkin emasligini koʻrsatib, chegara nazoratidan oʻtayotgan tojikistonlik mehnat migrantlariga baqirar edilar, deydi u.

Suratda: Moskva aeroportida shovinizm va noxolislikka duch kelganini yozgan tojikistonlik jurnalist Anora Sarkorova. U boshdan kechirgan holat Rossiyada yashovchi koʻplab tojiklar, oʻzbeklar va qirgʻizlar uchun juda yaxshi tanish. [Anora Sarkorova/Facebook]

Suratda: Moskva aeroportida shovinizm va noxolislikka duch kelganini yozgan tojikistonlik jurnalist Anora Sarkorova. U boshdan kechirgan holat Rossiyada yashovchi koʻplab tojiklar, oʻzbeklar va qirgʻizlar uchun juda yaxshi tanish. [Anora Sarkorova/Facebook]

Sarkorova “Ural havo yoʻllari” aviakompaniyasi xodimidan oʻzi olib ketayotgan rasmlarning xavfsizligi qanday kafolatlanishi haqida soʻraganida, “nega endi qandaydir tojiklarga kafolat berishimiz kerak?” degan qoʻpol javobni oladi.

Bojxonachilar esa “bu hech qanday qimmatli narsa emas. Allaqanday tojik rassomining asarlari. Bemaʼni, arzon matoh” deb baqirishdi, deydi Sarkorova.

Shundan soʻng, Sarkorovaning hujjatlarini tekshirish jarayoni noxolis tarzda davom ettirilgan.

“Nazoratchi yugurib kelib, menga nafrat bilan qaradi. Butun zalga eshittirib, baland ovozda: “Buning barcha shengen vizalarini skanerdan oʻtkazib, zudlik bilan barcha navbatchilarga yuboring. Tojiklarning Yevropaga uchayotgani shubhali. Koʻcha supursa mayli, lekin Yevropaga uchishi...”, deb yozadi Sarkorova.

Bojxona xodimlari uning kimligi va nima maqsadda Yevropaga uchayotganini soʻroq qilib, 40 daqiqa ushlab turishgan.

Yoʻlovchilar samolyotga chiqayotganida “Ural havo yoʻllari” aviakompaniyasining bort kuzatuvchilari “faqat ruslar bilan salomlashar, “qora” tojiklarga esa eʼtibor ham bermas edilar”, dedi Sarkorova.

Tizimli irqchilik

Sarkorovaning Facebook sahifasidagi postiga qariyb 9000 ta “layk” va 6000 dan ortiq fikr-mulohalar qoldirilgan boʻlib, u 2000 marta repost qilingan.

Fikr-mulohaza yozib qoldirganlarning aksariyati, jumladan koʻplab Markaziy osiyoliklar Sarkorovani qoʻllab-quvvatlab, Rossiya fuqarolari va rasmiylarning zardali munosabati bilan bogʻliq boshdan kechirgan voqealari bilan oʻrtoqlashganlar.

Fikr-mulohaza qoldirgan ayrim rossiyaliklar esa jurnalist ayolni “yollanma”, u yozib qoldirgan xabarni esa “buyurtma” deb ataganlar. Bunday muammolarga duch kelmaslik uchun unga oʻz mamlakatida qolishni va Rossiyaga kelmaslikni maslahat berishgan.

Sarkorova bilan sodir boʻlgan voqeani turli nashrlar, asosan Rossiya va Markaziy Osiyo ommaviy axborot vositalari yoritib chiqqanlar.

Rossiyaning EAN yangiliklar veb-sayti “Ural havo yoʻllari” aviakompaniyasining rasmiy munosabatini eʼlon qilgan, unda kompaniya roʻyxatga oluvchi agentlar va aeroport xodimlarini qoʻpollikda ayblagan, ammo aviakompaniya yoki aeroportda ishlovchi yoki unga aloqador xodimlar Sarkorovadan rasman uzr soʻramagan.

Muammo qoʻpollikdan koʻra, rossiyaliklarning turli milliy ozchiliklarga nisbatan noxolisligida, dedi Sarkorova.

“Rossiyada yashab kelayotgan minglab tojiklar, oʻzbeklar va qirgʻizlar menga xuddi shunday muammolarni yozib shikoyat qilishgan”, dedi u.

“Farzandlari rus maktabida taʼlim olgan tojikistonlik oilalardan biri Moskvaga koʻchib borgan, ular rus tilini juda yaxshi bilishar edi”, dedi u. “Ular farzandlarining oʻz millatini ochiq aytishdan, aytsa kamsitishga uchrashidan qoʻrqishini tan olgandi.”

Sarkorova Moskvada xonadon ijaraga olishda muammolarga uchraganini soʻzlab berdi. Xonadon egalari millati toʻgʻri kelmasligini bahona qilib, unga rad javobini berishgan.

“Shovinizm hamma joyda turlicha koʻrinishlarda namoyon boʻlishi mumkin”, dedi u. “Ammo Gʻarb mamlakatlarida shovinistik biror gap aytishdan oldin yaxshilab oʻylab koʻrishadi, Rossiyada esa boshqalarni bemalol kamsitsangiz ham, hech kim sizni ayblamaydi.”

“Radikal shovinizm, ksenofobiya, irqchilik, dagʻallik va hurmatsizlik Rossiyada tizimli muammoga aylangan”, deydi u.

“Alvido”, inson huquqlari

Jurnalist sifatida Sarkorova Rossiyadagi Markaziy Osiyolik mehnat migrantlarining muammolarini keng yoritgan. Mamlakatda ish beruvchilar va politsiyachilar ularning huquqlarini muntazam ravishda poymol qilib keladilar.

Ushbu mehnat muhojirlari koʻp hollarda inson huquqlarining buzilishi boʻyicha Rossiya huquq idoralariga murojaat qila olmaydilar.

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Inson huquqlari kengashidagi “kadrlar almashuvidan” soʻng, bu huquqlar yanada cheklanishi mumkin.

Putin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson huquqlari boʻyicha prezident kengashidan muxolifat vakillarini olib tashladi. Prezident qarori dushanba (21-oktabr) kuni hukumat veb-saytida eʼlon qilindi.

50 nafar aʼzodan iborat tashkilot oʻz taʼsirini tobora yoʻqotib borayotgan edi va inson huquqlari jamiyatining koʻplab nufuzli aʼzolari Kremlning turli harakatlariga norozilik bildirgan holda uni tark etgandilar, deb xabar beradi AFP nashri.

Kengash tarkibidan chiqarilayotgan besh kishidan biri – unga uzoq vaqtdan beri raislik qilgan Mixail Fedotov.

Kengashning yangi rahbari Valeriy Fadeyev “Yagona Rossiya” partiyasining koʻzga koʻringan aʼzolaridan biri boʻlib, Kremlga sodiq “Birinchi kanal”da teleboshlovchilik qiladi.

Rossiyalik huquq himoyachilariga koʻra, Qaror kengashning inson huquqlari boʻyicha qonuniy maslahat organi sifatida tugashini anglatadi.

“Kengash oʻldi. Qabrida tinch yotsin”, dedi saylov huquqlari boʻyicha mutaxassis Grigoriy Melkonyants oʻzining Facebook sahifasida.

Yangi aʼzolar hukumat bilan kelishishga moyil, dedi u.

Kengashdan chiqarib yuborilganlar “doim qonun va adolat tarafida boʻlishgan, Putin esa bunday maslahatchilarni ushlab turishni xohlamaydi”, deb yozgan oʻzining Twitter sahifasida muxolif siyosatchi Lyubov Sobol.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 20

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Bizning radiomiz toʻliq ariza bilan 1993 yil mart oyidan beri radiochastotani kutdi va 1993 yildan beri politsiya va mafiya davlati tomonidan hujumlarga uchradi. Fashistik davlati ham radioni ham tugatdi. Hech narsa qaytarilmadi! Radio Mega.1 Sloveniya YI banan rad etish madaniyat

Javob berish

Ammo Markaziy Osiyo yetakchilari MDHga oʻxshagan kvazi ittifoqlarga qoʻshilmay Rashkadan oʻzlarini uzoqlashtirsa boʻlar edi. 30 yil avval Olmaota kelishuvini imzolash bilan katta xatoga yoʻl qoʻyilgan.

Javob berish

Osiyoliklarga ozor berish ancha oldin boshlangan. Putin bunga nafaqat ruxsat, balki buyruq ham berdi. Seliger forumidagi nutq, Jirinovskiy va Limonovlar, “Rossiya sovgʻa qilgan yerlar” haqidagi soxta gap-soʻzlarni shotirlar darrov mahkam ushlab oldi.

Javob berish

Pakana bilan hammasiga zulm qilish kerak

Javob berish

Zudlik bilan Markaziy Osiyodagi mustaqil davlatlar ittifoqini tuzishimiz va Rossiyaga dam berishimiz kerak

Javob berish

Allaqachon vaqti kelgan

Javob berish

Fashist Ivanlar

Javob berish

Bu muammo aniq bor!

Javob berish

Toʻgʻri. Haqiqatan ham shunday. Laʼnati natsistlar

Javob berish

Bu odamning gaplariga 100 foiz qoʻshilaman

Javob berish

Boshqa mamlakatlarda ruslarga ham shunday munosabat qilish kerak

Javob berish

Qonga qon

Javob berish

Bunaqangi fashistlar bilan teng boʻlmaslik kerak. MO xalqlari doim rahmdil boʻlishgan va shunday boʻlib qoladi.

Javob berish

Bor-yoʻgʻi shumi, oʻng yuzinggi urishsa, chapini tutib ber.

Javob berish

Markaziy Osiyoning mingdan ortiq fuqarolari (tojik, oʻzbek va qisman qirgʻizlar) har kuni shu muammoga duch keladilar. Muammo aviakompaniya yoki aeroport xodimlarida emas deb oʻylayman. Bu aynan tojiklar va oʻzbeklar uchun chiqarilgan tizim. Ikkinchi Jahon urushidan keyin oltmish yildan koʻproq vaqt ichida tojik va oʻzbek xalqlarining mehnati va mulki tufayli Rossiya tiklangan edi. Ular 1941-1945-yillarda 400 mingdan ortiq oʻzbek va tojiklar ruslarning ozodligi uchun halok boʻlganlarini unutdilar. Ular Ulugʻ Vatan urushidan boshlab Rossiya tiklanguniga qadar15 yildan koʻproq vaqt davomida oʻzbek va tojiklar ocharchilikni boshdan kechirganini unutdilar. Tarix esa hech narsani unutmaydi.

Javob berish

Mehnat tufayli.... haaa...

Javob berish

Ularning hammasi biz osiyoliklar hisobiga boyigan, lekin ular NOSHUKRLAR

Javob berish

Xotira yaxshi, 90 yillarda Tojikistonda nima boʻlganini eslatish kerakmi? Statistikani ham koʻring, oldin qancha ruslar (rusiyzabonlar) yashagan va hozir qancha yashayapti Tojikistonda. Tojiklarning xotirasi faqat oʻzlariga kerak boʻlganida ishlaydimi?

Javob berish

Rossiyaning olis hududlaridan nechta odam Moskva va Piterga koʻchib kelgan? Ruslar ham shunaqa iqtisodiy sabablar bilan Tojikistondan Rossiyaga kelishgan. Yoki Bayarka shunaqa tanlab xafa boʻladimi?

Javob berish

Rossiyada maishiy natsizm va shovinizm darajasi oʻta yuqori

Javob berish