Karvonsaroy
Terrorizm

Al-Bagʻdodiy dengizga dafn qilinar ekan, AQSHning Suriyadagi operatsiyasiga oid yangi tafsilotlar maʼlum boʻldi

AFP

AQSH maxsus kuchlari 2019-yil 2-sentyabrda hamkor qoʻshinlar bilan birgalikda IDga qarshi “Mustahkam qatʼiyat” operatsiyasi doirasida qurollanish mashgʻulotlarini oʻtkazmoqda. [AQSh mudofaa vazirligi]

AQSH maxsus kuchlari 2019-yil 2-sentyabrda hamkor qoʻshinlar bilan birgalikda IDga qarshi “Mustahkam qatʼiyat” operatsiyasi doirasida qurollanish mashgʻulotlarini oʻtkazmoqda. [AQSh mudofaa vazirligi]

Oʻtgan hafta oxirida AQSH maxsus kuchlarining Abu Bakr al-Bagʻdodiyni yoʻq qilishga qaratilgan operatsiyasiga oid yangi tafsilotlar paydo boʻlar ekan, “Islom davlati” (ID) yetakchisining jasadi dengizga dafn qilingan. Bu haqda dushanba (28-oktabr) kuni AQSH rasmiylari maʼlum qilganlar.

Amerikaliklarni al-Bagʻdodiyning oldiga boshlab borishda suriyalik kurdlar muhim rol oʻynadilar, ular Iroq va Suriyaning katta qismida besh yil terror bilan hukmronlik qilgan shafqatsiz isyonchilar yetakchisini yillar davomida kuzatib kelishgan.

AQSH harbiylarining maxsus oʻrgatilgan iti reyd qahramoniga aylandi, u yer osti yoʻlida al-Bagʻdodiyni quvib borar ekan, jarohatlar oldi. Suriya shimoli-gʻarbidagi tunnel oxirida Bagʻdodiy oʻzi va uch nafar farzandini xudkushlik belbogʻi yordamida portlatib yuborgan.

“Uning oʻldirilishi ID qoldiqlariga kuchli zarba boʻldi”, dedi AQSH mudofaa vaziri Mark Esper.

28-oktabr kuni olingan surat: Suriyaning Barisha shahri yaqinida, kuni kecha ID yetakchisi Abu Bakr al-Bagʻdodiyga qarshi AQSH rahbarligida operatsiya oʻtkazilgan joyda suriyaliklar vayronalar orasini sinchiklab tekshirmoqda. [Umar Haj Kadur/AFP]

28-oktabr kuni olingan surat: Suriyaning Barisha shahri yaqinida, kuni kecha ID yetakchisi Abu Bakr al-Bagʻdodiyga qarshi AQSH rahbarligida operatsiya oʻtkazilgan joyda suriyaliklar vayronalar orasini sinchiklab tekshirmoqda. [Umar Haj Kadur/AFP]

U vertoletda Suriyaning Idlib viloyatidagi chekka hududga yetib kelgan yuzga yaqin askarlarni olqishladi. Ular AQSH harbiy havo transportini hujumlardan himoya qilishda qatnashgan ruslar, kurdlar, turklar hamda Bashar Asad hukumati bilan hamkorlikda murakkab harbiy missiyani amalga oshirdilar.

“Ular reydni har tomonlama aʼlo darajada bajardilar”, dedi Esper.

Voqea joyiga yetib kelgan AQSH harbiylarining oʻqqa tutilganiga qaramay, operatsiya davomida hech kim jarohatlanmadi, dedi AQSH Shtab boshliqlari birlashgan qoʻmitasi raisi, general Mark Milli.

AQSH qurolli kuchlari ikki kishini hibsga olganlar. Al-Bagʻdodiy oʻzini portlatgach, uning qoldiqlari olib chiqib ketilgan.

Millining soʻzlariga koʻra, “Al-Bagʻdodiy jasadining qoldiqlari xavfsiz joyga olib borilib, u yerda sud-tibbiy DNK tekshiruvi oʻtkazilgan”.

Yana bir Pentagon rasmiysi al-Bagʻdodiyning jasadi noaniq hududda dengizga tashlanganini tasdiqladi. 2011-yilda “Al-Qoida” yetakchisi Usoma bin Lodin Pokistonda AQSH maxsus harbiy kuchlari tomonidan yoʻq qilinganidan keyin ham, uning jasadi dengizga tashlangan edi.

Al-Bagʻdodiyning ich kiyimi

Kurd harbiylari ixtiyoridagi insayderlik manbasi AQSH askarlarini Al-Bagʻdodiyning yashirin boshpanasiga olib borgan, ichki xonalarning xaritasini tuzish va xodimlari sonini, shuningdek, Al-Bagʻdodiyning shaxsini aniqlashda yordam bergan, dedi kurdlar rasmiysi.

“15-maydan beri MRB (AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi) bilan birgalikda Al-Bagʻdodiyni yaqindan kuzatishda hamkorlik qildik”, deb yozdi kurdlarning Suriya demokratik kuchlari katta maslahatchisi Poʻlat Jon oʻzining Twitter sahifasida.

Guruhda al-Bagʻdodiyning uyiga kirishga muvaffaq boʻlgan informator bor edi.

“Al-Bagʻdodiy yashash joyini tez-tez oʻzgartirib turar edi”, deb yozdi u Twitter sahifasida.

“Razvedka manbaimiz koordinatalar yuborish, havodan askarlar tushirish, operatsiyani olib borish va uning muvaffaqiyatli tugatilishida soʻnggi daqiqalargacha qatnashdi”, dedi Poʻlat Jon.

Shu bilan birga, manba “DNK tahlillarini oʻtkazish va gumondor (100 foiz) Al-Bagʻdodiy ekanligini aniqlash uchun uning ich kiyimini olib kelgan”, dedi u.

“Buzib koʻrsatilgan Islom”

Al-Bagʻdodiy Islomni buzib koʻrsatdi, deb aytgan Saudiya Arabistoni. U guruh yetakchisining AQSH maxsus kuchlari tomonidan yoʻq qilinganini olqishladi.

“Qirollik AQSH maʼmuriyatining Islomni buzib koʻrsatgan, vahshiylik va jinoyatlar sodir etgan mazkur terrorchilik tashkiloti aʼzolarini taʼqib qilish boʻyicha saʼy-harakatlarini yuqori baholaydi”, deb xabar bergan Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirligidagi manba Saudiya Arabistoni rasmiy axborot agentligiga koʻra.

“Saudiya Arabistoni oʻz ittifoqchilari, ayniqsa Qoʻshma Shtatlar bilan terrorchilikka qarshi kurash chora-tadbirlarini davom ettirmoqda”, deyiladi xabarda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500