TOSHKENT – Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YOII) qoʻshilgan taqdirda, Oʻzbekiston Rossiyaga siyosiy va iqtisodiy qaramlik xavfi ostida qoladi, deb ogohlantirmoqda tahlilchi va siyosatshunoslar.
Rossiya federatsiyalar kengashi raisi Valentina Matviyenko 2-oktabr kuni Oʻzbekiston parlamentida mamlakatning Rossiya boshchiligidagi iqtisodiy blokka qoʻshilish ehtimoli haqida nutq soʻzlashi ortidan shiddatli bahs-munozaralar boshlanib ketgan.
Oʻz nutqida Matviyenko Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatning tashkilotga qoʻshilishi haqida yakuniy fikrga kelgani borasida qatʼiy taxminlarini bildirgan edi.
“Oʻzbekiston prezidenti qaror qabul qilgan va ayni damda Oʻzbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qoʻshilish masalasini koʻrib chiqmoqda”, dedi u Oʻzbekiston parlamentida qilgan nutqida. “Bu ish amalga oshsa, juda ulkan voqea boʻladi, chunki integratsion iqtisodiy birlashuv xalqaro amaliyotga mosdir.”
“Bu Oʻzbekiston prezidenti tomonidan qabul qilingan dono qaror boʻlar edi”, deb qoʻshimcha qildi u.
Matviyenko “jarayon uzoqqa choʻzilmasligiga” hamda Rossiya va Oʻzbekiston “Yevroosiyo oilasining bir qismi” sifatida oʻzaro hamkorlik qilishiga umid bildirdi.
4-oktabrga qadar Matviyenkoning bayonotiga izoh berilmadi, oʻsha kuni senat raisi Sodiq Safoyev parlamentda jurnalistlarning savollariga javob bergan.
U hali hech qanday qaror qabul qilinmagani va “Oʻzbekiston bosim oʻtkazsa boʻladigan mamlakat emasligini” taʼkidlagan.
“Ayni damda hech qanday qaror qabul qilinmagan, masala koʻrib chiqilmoqda, YOIIga aʼzo barcha davlatlar bilan maslahatlashuvlar olib borilyapti”, deb aytgan Safoyev.
U jarayon uch yildan beri davom etayotgani, agar bu masalada biror toʻxtamga kelinsa, hukumat albatta bu haqda xabar berishini aytib oʻtgan.
Prezident qaror qabul qilganicha yoʻq
Matviyenkoning soʻzlari haqiqatga toʻgʻri kelmaydi, deydi toshkentlik siyosiy tahlilchi Valeriy Xon.
“Kun davomida Matviyenkoning bayonotiga oʻzbekistonlik siyosatchilar yoki mahalliy ommaviy axborot vositalaridan birortasi ham munosabat bildirmadi”, dedi Xon. “Oʻzbek tomoni hayratda qolgani ayon va u nima deyishiga qaramay, hech qanday qaror qabul qilinmagan. Aftidan, Matviyenko hali Oʻzbekiston prezidenti qabul qilmagan qaror haqida soʻzlagan.”
Mirziyoyev Matviyenkoning soʻzlariga munosabat bildirmagan.
Ammo yil boshida u mazkur masalani ehtiyotkorlik bilan tilga olib oʻtgandi. Prezident 23-iyun kuni parlamentdagi chiqishida YOIIga aʼzo boʻlishning ehtimoliy xavflari haqida soʻzlagan.
“Biz toʻgʻri yoʻlni topishimiz kerak. Hammasini oʻrganib chiqishimiz kerak, oʻn marta oʻlchab, keyin qaror qabul qilishimiz kerak”, deb aytgan Mirziyoyev. U Oʻzbekiston tashqi savdosining 70 foizi Rossiya va YOII davlatlari ulushiga toʻgʻri kelishini qoʻshimcha qilgan.
Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov YOIIga qoʻshilishga qarshi edi. U 2016-yilda hayotdan koʻz yumgan.
“Ular faqat iqtisodiy bozor yaratyapmiz, suverenitet va mustaqillikni rad qilmaymiz, deydilar. Aytingchi, iqtisodiy mustaqilliksiz siyosiy mustaqillik boʻlishi mumkinmi?”, degan edi u 2014-yilda.
2012-yilda Oʻzbekiston Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotini (KXSHT) tark etgan edi. Kreml hukmronlik qilgan bu harbiy ittifoqqa Tojikiston va YOII davlatlari aʼzo.
Oʻzbekistonlik iqtisodchi Yuliy Yusupov YOIIga qoʻshilish afzalliklari va kamchiliklarini tahlil qilib, oktabr oyida “Fergana news” saytida “Rossiya siyosatining asirlari klubi” deb nomlangan maqolasini eʼlon qilgan.
YOIIga aʼzolik Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) qoʻshilish boʻyicha 20 yildan beri olib borayotgan saʼy-harakatlarini yanada ogʻirlashtiradi, dedi u. Bu ikki tashkilotning standartlari va maqsadlari turlichadir.
2018-yilning may oyida AQSHga tashrifi chogʻida Mirziyoyev va AQSH prezidenti Donald Tramp Qoʻshma Shtatlar Oʻzbekistonning JSTga kirishini qoʻllab-quvvatlashiga kelishib olgan edilar.
Ushbu jarayonning tiklanishi 24-iyul kuni yangilikka aylandi – Oʻzbekiston soʻnggi 15 yil ichida ilk marta JSTga talabnoma boʻyicha rasmiy hujjatni taqdim etdi.
JST kotibiyati bu jarayon davomida barcha zaruriy yordam va qoʻllab-quvvatlovni taqdim etadi, deb vaʼda bergan edi JST bosh direktori Roberto Azevedo Oʻzbekiston vakiliga.
Rossiya tashqi siyosatining “asiri”
YOIIga qoʻshilish Oʻzbekistonni Rossiya siyosatiga qaram qiladi, dedi Yusupov.
“Oʻzbekiston Rossiya bilan nafaqat iqtisodiy, balki amalda siyosiy ittifoqqa ham kirishga majbur boʻladi va oqibatda, oʻzining shubhali va avvaldan taxmin qilib boʻlmaydigan tashqi siyosatining asiriga aylanadi, uning oʻz milliy manfaatlarini himoya qilish imkoniyatlari esa keskin cheklanadi”, dedi u.
Mirziyoyev, shuningdek, Oʻzbekistonning YOIIga aʼzo boʻlishi chegaralarning ochilishiga, bu esa import hajmini oshirib, koʻplab oʻzbekistonlik kompaniyalarga zarar yetkazishi mumkinligidan xavotirda, deydi xavflarni baholash boʻyicha Qozogʻiston tahlil markazi direktori, olmaotalik Dosim Satpayev.
“Toshkent shuni yodda tutishi kerak: Oʻzbekiston YOIIga aʼzo boʻlsa, u ham Qozogʻiston singari doimiy ravishda Rossiya tashviqoti bilan kurashishga majbur boʻladi, u yerda esa yagona valyutani joriy qilish yoki umumiy parlamentni tuzishga chaqiriqlar kabi YOIIning boshqa aʼzolari suverenitetini shubha ostida qoldiradigan bayonotlar yangrab turadi”, deydi Satpayev.
Siyosiy maslahatchi sifatida ish olib borayotgan Oʻzbekistonlik jamoat arbobi Aziza Umarova oʻzining Facebook sahifasida YOIIga aʼzolik masalasida eʼtirozlarini bildirgan.
“Ortga yoʻl yoʻq. Hech qanday. Tinch ajralish boʻlmaydi. Tinchlik bilan xayrlashish imkoni berilmaydi. Hamma qarorlarni faqat bitta mamlakat qabul qiladi.”
“Aʼzolik – bir tarafga chipta. Salom, “Sovet Ittifoqi”. Mening avlodim buni umuman orzu qilmagan edi”, deb yozadi Umarova.
Markaziy Osiyo mamlakatlari ishbilarmon doiralarining ham Rossiya bilan savdo-sotiq tajribasidan hafsalasi pir boʻlgan.
Nur-sultonlik tadbirkor Beybit Kebekbayevga koʻra, shu sababli ham Tojikiston va Oʻzbekiston YOIIga kirishga shoshilmayapti.
“Bu bir tomonlama oʻyin boʻladi”, dedi Kebekbayev.
“Rossiya YOIIga yangi aʼzolarni jalb qilishni uddalay olsa, ularning bozorlarini egallaydi”, dedi u. “Amalda, ittifoq aʼzosiga aylangan mamlakatlar ishlab chiqaruvchilari uchun yangi imkoniyatlar paydo boʻlmaydi, Rossiya mahsulotlarining toʻlib-toshishi sababli esa ichki vaziyat halokatli darajaga kelib qolishi mumkin.”
[Olmaotadan Kanat Altinbayev maqolani tayyorlashga koʻmaklashdi.]
Umid qilamanki, oʻzbeklar bizdan koʻra pragmatikroq va Qozogʻistonning xatosini takrorlab, YOIIga qoʻshilmaydi! ! !
Javob berishFikrlar 25
Allohim Oʻzingga beadad Shukr. Ota-bobolarimizni qirgan, oʻldirgan maxluqlar avlodlariga qoʻshilishni xavfining oldini olganing uchun, Rossiyadek ajdarho, qattol yurt bilan birga qilmaganing uchun Yaratgan Robbil aʼlamiyn Oʻzingga beadad Shukr
Javob berishNimalar deyapsan? Hech boʻlmasa 150 yil oldingi tarixni oʻqib koʻr, oʻzbek xalqi (qabilalar) bir-birini qanday oʻldirganini bilib olasan. Birgina A. Temurni olaylik – uning buyrugʻi bilan qanchadan-qancha odamlar oʻldirib yuborilgan.
Javob berishBir narsadan afsusdaman: agar 19-asrda Afgʻoniston hududida turgan Angliya boʻlmaganida, Rossiya Oʻrta Osiyo tomonga qarab yurmas edi (yoki ortga qaytardi), chunki Rossiyaning oʻziga yurishlar boshlangan edi. Unda Markaziy Osiyodagi hayot hozirgi Afgʻonistondagi kabi boʻlardi.
Agar xonliklar haqida oʻqigan boʻlsangiz, u yerda Afgʻonistonda boʻlgani kabi oʻz qonunlariga ega toʻdalar bor edi. Siz tarixni oʻqing, Rossiyaga rahmat aytasiz hali.
Ruslar-ku doim fuqarolar urushiga kirishib, bir-birini oʻldirgan
Javob berishFikrlar 25
Bu yangilikni Oʻzbekistonlik tadbirkorlar yoqlamaydi chunki raqobatga yetarli kuchi yoʻq. Shundoq xam Rossiyada 4 mln ga yaqin oʻzbeklar ishlamoqda, agar shu hamyurtlarimizning xujjatlarga ketadigan puli Oʻzbekistonga kelsa bu judayam yaxshi. Keyin Oʻzbekiston mexnat bozorida raqobat boʻlarmidi? Chunki chegara ochilsa ishini yaxshi bilgan odamlar Oʻzbekistonning oyligiga qarab qolishmasdi va kerakli kadrlar xich bulmaganda yaxshi oylik taklif qilisharmidi.
Javob berishHa, sen haqsan. Bundan tashqari, mamlakatimizda hozirgi narxlarda, lekin sifati yuqoriroq mahsulotlar paydo boʻladi. Tadbirkorlarimiz qimirlab, raqobat nimaligini bila boshlaydi. Butun dunyoda eng katta foyda 20% deb tan olinib turgan paytda, ular sotilgan har bir mahsulotdan 200% foyda olishyapti. Buning ustiga, olibsotarlik bilan ham shugʻullanishmoqda. SSSR vaqtida bunaqalar “spekulyant” deb atalar va bunga jinoiy javobgarlik bor edi. Hozir esa ularni tadbirkor deb atashadi.
Javob berishToʻgʻridan-toʻgʻri sarmoyalar qurilishga emas, balki ogʻir sanoat sohasidagi zavodlarga kiritilishi va juda koʻp ish oʻrinlari yaratilishi mumkin.
Shunchaki amaldorlar oʻz daromad manbalarini yoʻqotishdan qoʻrqadi; xalqni esa hech kim oʻylayotgani yoʻq. (
Fikrlar 25
Mana endi sanlarni apting ochilvoti amerikaga ishlawlaring bilinvoti sanlar kuraolmayopsan qushilishini faqat yomon taraflarini gapirvosila
Javob berishFikrlar 25
O‘zlashtirishni to‘xtatishlari kerak, ammo busiz qanday yashaydilar? Bu ularning tashvishi, vatanini tashab ketayotgan odamlarning emas.
Javob berishYOIIga qoʻshilish oʻmarishni toʻxtatadi deb oʻylaysizmi? Eng yuqori mansabdagilardan tortib hamma oʻgʻrilik va korrupsiyaga botgan davlat bilan ittifoq boʻlish-a?
Javob berishFikrlar 25
YOII xalq uchun foydali boʻladi! Qurib ketgur monopolistlarga zarar keltiradi. Hamma narsaga ega chiqib oʻz qoidalarini oʻtkaza olmaydilar. Ittifoqqa qoʻshilishga qarshi boʻlganlarning manfaati monopolistlarimiz bilan bir deb oʻylayman. Iqtisodimiz esa Krafers, Artel, Imzo, GM va hokazolardan iborat.
Javob berishFikrlar 25
Marhum birinchi prezident Bojxona ittifoqiga kirishga bekorga qarshi boʻlmagan edi
Javob berishFikrlar 25
Kimgadir boʻysunish yaxshi emas, lekin sheriklik yaxshi, hamma narsa tenglik asosida boʻlgani maʼqul
Javob berishFikrlar 25
Rossiya butun dunyoda hech kimga kerak boʻlmagan, past sifatli mahsulotlari bilan bozorlarimizni toʻldirishni boshlaydi.
Javob berishXuddi hozir Oʻzbekistondagi mahsulotlarning sifati yuqoridek. Hamma narsa Xitoyda yoki Xitoy ehtiyot qismlardan Oʻzbekistonning oʻzida ishlab chiqarilgan. Yozishdan oldin yaxshilab oʻylash kerak.
Javob berishOʻzbekistonda yengil sanoat shu zahoti inqirozga uchraydi, avtomobilsozlikni esa unutvorsa ham boʻladi! Qozogʻiston Rossiyadan sut va tuxum ham import qiladi. Kulgilimi? Mana, Oʻzbekistonni nima kutmoqda. Qirgʻiziston va Qozogʻiston jin urgur bu Ittifoqni tark etishlari kerak! Imkon qadar tezroq! Xatolarimizni takrorlamang! Bir narsani tushuning: ruslar xudosiz! Ha, kamida 90 foizi! Shuning oʻzidan hamma narsa maʼlum! Bu ittifoqdan va laʼnati Rossiyadan uzoqroq yurish kerak!
Javob berishFikrlar 25
Maqola Artel, Akfa, GM, Chevrolet yoki Ravon va boshqa monopolistlar, jumladan AQSH kompaniyalari manfaatini himoya qiladi. Oddiy xalqqa YOII kerak. Monopolistlarimiz raqobat nimaligini bilib olishsin.
Javob berishFikrlar 25
Menimcha davlatimiz qo‘shilsa yaxshi bo‘ladi, odamlar monopolistlardan qutuladi, narxlar ham keskin muvozanatlashadi. Qisqasi, hamma narsa arzonlashadi. Rossiyada ish haqi katta, narx-navo past, maosh oziq-ovqatga va sayohatga yetadi.
Javob berishFikrlar 25
Demak, Rossiya bilan boʻlish yomon, ammo Amerikaning ketini oʻpish esa juda zoʻr. Amerika ISHIDni ustimizga olib kelib, keyin “himoya qilish uchun” askarlarni olib kiradi. Liviya, Iroq, Suriya va boshqa davlatlardagi kabi Amerika tartib va qonunlari bilan yashay boshlaymiz. Amerika oyoq bosgan HAR YERDA omadsizlik va vayronagarchilik bor. Ularga keragimiz yoʻq. Rossiyani qamal qilib, oʻzlariga mos kelmagan hamma yetakchilarni yoʻq qilish niyatida.
Javob berishJuda tugri fikriz dustim u oavlar xammasi amerikaga ishlashadi uzb qushilishini xoxlamayapti faqat yomon taraflarini kursatishvoti endi kimligi bilinvoti bularni
Javob berishFikrlar 25
Bu Tayga ittifoqi faqat Rossiyaga manfaat keltiradi. Xuddi SSSR kabi aʼzo mamlakatlarni tunashmoqchi (Tayga - Sibirdagi bir necha ming kilometrlik oʻrmon hududi)
Javob berishSovet davrida Ittifoqqa aʼzo davlatlarni Moskva moliyalashtirgan
Javob berishQolgan-qutgan chiqindilarni pulga sotishar edi
Javob berishFikrlar 25
Qozogʻiston nima uchun oqibatini oʻylamay YOIIga qoʻshilgan? Oʻzbekiston iqtisodiy va siyosiy xavfsizlikka ehtimoliy tahdidlarni oʻylab yaxshi ish qilmoqda!
Javob berishEndi nima qilishni o‘ylashyapti, daromad olib keladigan joylari yopilib qoladi. O‘g‘irlashning imkoni qolmaydi.
Javob berishQozogʻiston bu Ittifoqqa qoʻshilib, yana bir bor oʻzining ahmoqligini anglab yetdi; endi u xuddi Qirgʻiziston kabi YOIIni tark eta olmaydi! Mana shunaqa!
Javob berishFikrlar 25