Karvonsaroy
Terrorizm

“Islom davlati” Al-Bagʻdodiyning oʻldirilganini tasdiqladi va yangi vorisni eʼlon qildi

Karvonsaroy va AFP

IDning yangi lideri Abu Ibrohim al-Hoshimiy al-Qurayshiy haqida koʻp narsa maʼlum emas. Suratda: Suriyadagi ID aʼzolaridan biri, 2018-yil. [Fayl]

IDning yangi lideri Abu Ibrohim al-Hoshimiy al-Qurayshiy haqida koʻp narsa maʼlum emas. Suratda: Suriyadagi ID aʼzolaridan biri, 2018-yil. [Fayl]

Payshanba (31-oktabr) kuni “Islom davlati” (ID) oʻz yetakchisi Abu Bakr al-Bagʻdodiyning oʻlimini tasdiqladi va Abu Ibrohim al-Hoshimiy al-Qurayshiyni voris deb eʼlon qildi.

2014-yildan beri IDga rahbarlik qilgan va dunyo boʻyicha qidiruvdagi eng xavfli shaxs boʻlgan Al-Bagʻdodiy 26-oktabr kuni AQSH maxsus kuchlari tomonidan Suriyaning Idlib viloyatida oʻtkazilgan reyd chogʻida oʻldirilgan.

ID ertasi kuni oʻtkazilgan boshqa bir reydda guruhning avvalgi voizi Abu Hasan al-Muhojirning oʻldirilganini tasdiqlagan.

Bayonotga koʻra, 48 yoshli iroqlik yetakchining oʻlimi munosabati bilan isyonchi guruhning qonun chiqaruvchi va maslahat organi majlisga yigʻilgan.

“Islom davlatining shoʻro kengashi shayx Abu Bakr al-Bagʻdodiyning shahid boʻlgani tasdiqlaganidan soʻng darhol majlisga toʻplandi va mujohidlarning oqsoqollari uning oʻrniga boshqa odamni tayinlashga kelishib oldilar”, deyiladi yetti daqiqali xabarda.

ID voizi, shuningdek, Al-Bagʻdodiyning safdoshlari uning oʻlimi uchun AQSHdan qasos olishini aytib ogohlantirgan.

Noaniq voris

Soʻnggi yillarda Al-Bagʻdodiyning oʻlimi haqidagi yolgʻon xabarlardan keyin kamdan-kam hollarda uning ehtimoliy vorisi sifatida tilga olinadigan al-Hoshimiy haqida juda oz narsa maʼlum.

“Biz u haqda koʻp maʼlumotga ega emasmiz, bilganimiz shuki, u IDning bosh qozisi va shariat (islom qonunlari) qoʻmitasini boshqaradi”, deydi iroqlik tahlilchi Hishom al-Hoshimiy.

Chorshanba (30-oktabr) kuni AQSH harbiylari tomonidan chop etilgan videolavhada al-Bagʻdodiy yashiringan hududga maxsus kuchlar tomonidan oʻtkazilgan reyd aks etgan.

Chorshanba kuni, shuningdek, Al-Bagʻdodiyning harakatlanishi haqida muhim maʼlumotlarni bergan axborotchi, 25 million dollar mukofotning bir qismini yoki hammasini olishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500