Karvonsaroy
Xavfsizlik

Tojik-afgʻon chegarasida yangi xavfsizlik posti ochildi

Karvonsaroy

Tojik chegarachilari Panj yaqinidagi tojik-afgʻon chegarasini kesib oʻtayotgan fuqarolarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirmoqda, 2010-yilning avgust oyida olingan surat. [AFP]

Tojik chegarachilari Panj yaqinidagi tojik-afgʻon chegarasini kesib oʻtayotgan fuqarolarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirmoqda, 2010-yilning avgust oyida olingan surat. [AFP]

DUSHANBE – AQSH va Tojikiston rasmiylari juma (1-noyabr) kuni Tojikiston chegara qoʻshinlari uchun yangi blokpostni ochib berdi.

Tojikiston-Afgʻoniston chegarasining umumiy uzunligi 1300 kilometrdan oshadi.

Marosimda AQSHning muvaqqat ishonchli vakili Jon Ginkel va Tojikiston chegara qoʻshinlari qoʻmondoni oʻrinbosari, polkovnik Shohiyon Abdusattor ishtirok etdi, deb xabar beradi AQSHning Dushanbedagi elchixonasi.

“Oqultun” posti Xatlon viloyatining Shahrituz (Shaartuz) tumanida Afgʻoniston bilan chegarani doimiy ravishda kuzatib borish va qoʻriqlashda chegara qoʻshinlarining salohiyatini oshirishga yordam beradi, deyiladi elchixona bayonotida.

AQSHning muvaqqat ishonchli vakili Jon Ginkel va Tojikiston chegara qoʻshinlari qoʻmondoni oʻrinbosari, polkovnik Shohiyon Abdusattor 1-noyabr kuni Oqultun chegara postining ochilish marosimida ishtirok etdilar. [AQSHning Tojikistondagi elchixonasi]

Mazkur inshoot 15-20 km masofada chegarani noqonuniy kesib oʻtishlarni nazorat qilish va ularning oldini olish, narkofurushlar, kontrabandachilar va jangari ekstremistlar kabi transmilliy tahdidlarga qarshi turishda chegarachilarning imkoniyatlarini sezilarli kengaytiradi.

900 ming dollarga (8,7 mln. somoniy) teng mazkur loyiha AQSH elchixonasi tomonidan moliyalashtirildi va amalga oshirildi.

AQSH elchixonasi Tojikiston sarhadlari xavfsizligini mustahkamlash maqsadida tojik-afgʻon chegarasi boʻylab toʻqqizta chegara posti va ikkita otryadni barpo etish hamda taʼmirlashga koʻmaklashgan.

AQSH hukumati 2005-yildan beri Tojikiston chegaralari xavfsizligini kuchaytirish uchun 100 million dollardan (968 million somoniy) koʻproq mablagʻ ajratgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500