Karvonsaroy
Xavfsizlik

Qozogʻiston va Tojikiston mudofaa vazirlari xavfsizlik boʻyicha kengaytirilgan hamkorlikni muhokama qildilar

Aydar Ashimov

Qozogʻiston mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayev 27-oktabr kuni Tojikistondagi oʻquv mashqlarni kuzatmoqda. (Qozogʻiston mudofaa vazirligi)

Qozogʻiston mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayev 27-oktabr kuni Tojikistondagi oʻquv mashqlarni kuzatmoqda. (Qozogʻiston mudofaa vazirligi)

NUR-SULTON – Qozogʻiston va Tojikiston 2020-yil uchun mintaqaviy xavfsizlik boʻyicha hamkorlik rejalarini tuzmoqdalar.

27-oktabr kuni Tojikistonda Qozogʻiston mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayev tojikistonlik hamkasbi Sherali Mirzo bilan uchrashdi. Ular mintaqaviy xavfsizlik, qoʻshinlarni birgalikda tayyorlash va harbiy taʼlim masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv davomida Yermekbayev Qozogʻiston Markaziy Osiyoda xavfsizlikni kuchaytirish va barqarorlikni mustahkamlash uchun mintaqadagi davlatlar bilan hamkorlikni kengaytirishga intilayotganini taʼkidladi, deyiladi Qozogʻiston mudofaa vazirligi bayonotida.

Ikki mamlakat rasmiylari, shuningdek, 2020-yildagi qoʻshma faoliyat, jumladan avvalgi va boʻlajak qoʻshma mashqlarni muhokama qildilar.

27-oktyabr kuni Tojikistonda oʻtkazilgan tinchlikparvarlik mashgʻulotlarida Qozogʻistonning havo va quruqlikdagi kuchlari boʻlinmalari ishtirok etdi. (Qozogʻiston mudofaa vazirligi)

27-oktyabr kuni Tojikistonda oʻtkazilgan tinchlikparvarlik mashgʻulotlarida Qozogʻistonning havo va quruqlikdagi kuchlari boʻlinmalari ishtirok etdi. (Qozogʻiston mudofaa vazirligi)

27-oktabr kuni Tojikistonda oʻtkazilgan oʻquv mashqlarida Tojikiston chegarasidan oʻtishga harakat qilayotgan shartli kontrabandachilar guruhi. (Qozogʻiston mudofaa vazirligi)

27-oktabr kuni Tojikistonda oʻtkazilgan oʻquv mashqlarida Tojikiston chegarasidan oʻtishga harakat qilayotgan shartli kontrabandachilar guruhi. (Qozogʻiston mudofaa vazirligi)

Uchrashuv davomida, xususan, shu yilning may oyida Tojikistonda boʻlib oʻtgan maxsus qoʻshma mashqlar ham muhokama qilindi. Mashgʻulotlarda Qozogʻistonning jangovar desantchilari va maxsus kuchlari, shuningdek aviatsiya, artilleriya va yordamchi boʻlinmalari Tojikistonga joylashtirilgan edi.

Oʻz tashrifi asnosida Yermekbayev 19-oktabr kuni ochilgan yodgorlik majmuasiga ham tashrif buyurdi. Ushbu yodgorlik 1995-yilda Tojikiston-Afgʻoniston chegarasida tojik aksilhukumat isyonchilari tomonidan pistirmada oʻldirilgan 17 nafar qozoq askarining sharafiga oʻrnatilgan.

Xavfsizlik mashgʻulotlari

Ermekbayev Dushanbedan 170 km uzoqlikdagi “Harb-Maydon” poligonida boʻlib, u yerda Qozogʻistonning quruqlik va havo kuchlari ishtirokidagi koʻpmillatli tinchlikparvarlik mashgʻulotlarini kuzatdi.

Oʻquv mashqlari stsenariysi boʻyicha uyushgan kontrabandachilar guruhi Afgʻoniston tarafidan Tojikiston chegarasiga oʻtib, chegara qoʻshinlari bilan jangga kirishganlar.

Qozoq harbiylari bu hududda patrulь nazorati olib bordi, chegara punktlari ishini tashkil qilib, harbiy karvonlarni kuzatdi va aholi punktlarini toʻsish va tartibsizliklarni bostirish bilan mashgʻul boʻldi.

“Soʻnggi ikki yildan beri Markaziy Osiyo mamlakatlari xavfsizlik, terrorizmga qarshi kurash va mintaqaviy hamkorlikka jiddiy eʼtibor qaratmoqdalar”, deydi chimkentlik siyosatshunos Rauan Dautaliyev.

“Bitimlar ham qogʻozdan amalga koʻchmoqda: qoʻshma mashgʻulotlar va qurol-yarogʻ koʻrgazmalari oʻtkazilmoqda, tajriba almashinuvi va boshqa koʻplab tadbirlar yuz bermoqda”, deya qoʻshimcha qildi u.

Zamonaviy dunyo notinch hamda terrorizm va “gibrid urushlari” kabi tahdidlarga toʻla”, dedi u.

“Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida turli format va maydonlardagi hamkorlik, tabiiyki, savdo-iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va albatta, xavfsizlik kabi keng qamrovli masalalarni qamrab oladi”, dedi Dautaliyev.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500