Chorshanba (6-noyabr) kuni Suriyadagi bir qator ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari aholining Rossiya askarlarini toshboʻron qilayotgani aks etgan videoyozuvlarni joylaganlar.
Videolavha va suratlarda Suriyaning Kobani shahri aholisi bir nechta Rossiya harbiy mashinalari karvoniga qarata katta toshlarni uloqtirayotgani aks etgan.
“Anha” mahalliy yangiliklar nashri tarqatgan videoyozuvlarning birida bir necha oʻnlab fuqarolar Rossiya zirhli mashinasini toʻxtatib, Rossiyaning harbiy belgisi tushirilgan mashinalardan birining ustiga chiqib olganlar.
Bularning bari Suriyada Rossiyaga nisbatan norozilikning kuchayishi ortidan roʻy bermoqda.

Suriyaning Kobani shahri aholisi Rossiyaning harbiy mashinalarini toshboʻron qilmoqda, 6-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan surat. (Fayl)
Suriya Inson huquqlari tarmogʻi yaqinda Rossiyani 2015-yildan beri Suriyada olib borgan harbiy operatsiyalari davomida “yuzlab harbiy jinoyatlar” sodir etganlikda ayblagan edi.
Rossiyaning harbiy operatsiyalari natijasida 6500 dan ortiq tinch fuqarolar halok boʻlgan. Bu haqda inson huquqlari guruhi 30-sentabr kuni Rossiyaning Suriya mojarosiga harbiy aralashuvining toʻrt yilligi munosabati bilan eʼlon qilgan 40 sahifalik hisobotda xabar bergan.
Yangi dalillarga koʻra, Rossiya harbiy samolyotlari Suriya muxolifatiga zarar yetkazish maqsadida mamlakatdagi shifoxonalarga qasddan bomba tashlagan.
2-noyabrning oʻzida Suriya shimoli-gʻarbidagi Idlib shahrida Rossiya havo hujumlari natijasida olti nafar fuqaro, jumladan bir bola hayotdan koʻz yumgan.
Suriyadagi Rossiya istilosi
Yaqinda Rossiya mudofaa vazirining Suriyaga tashrifi chogʻida AFP va boshqa nashrlar jurnalistlari Moskva kuchlarining oʻz harbiy hozirligini mustahkamlayotganiga guvoh boʻlgan edilar.
Hozirda Suriyadagi 3000 ga yaqin rossiyalik harbiy xizmatchilar Tartus va Xmeymim aviabazasi kabi obyektlarda joylashtirilgan.
Suriya prezidenti Bashar Asad kuchlari tomonidan yana bir kimyoviy hujum uyushtirilgani tasdiqlangach, 26-sentabr kuni Amerika Qoʻshma Shtatlari Rossiyaning Suriyadagi kontrabanda operatsiyasiga qarshi yangi sanksiyalarni eʼlon qilgan.
AQSH davlat kotibi Mayk Pompeoning bayonot berishicha, Asad rejimi 19-may kuni Latakiya viloyatida Idlibdagi isyonchilarning soʻnggi asosiy istehkomini qaytarib olishga qaratilgan hujum paytida xlorin ishlatgan.
Bu Rossiya qoʻllovidagi rejim tomonidan sodir etilgani tasdiqlangan koʻp sonli kimyoviy hujumlardan biri boʻldi. Jumladan, oʻtgan yili shu kabi hujumlar natijasida Dumada 80 kishi hayotdan koʻz yumgan.
Moskva oʻz ittifoqchisi boʻlmish Suriyani himoya qilish maqsadida BMTning ushbu nizoga oid rezolyutsiyalariga veto qoʻyishda davom etdi.
19-sentabr kuni Rossiya va Xitoy BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyasiga veto qoʻygan. Suriyaning Idlib viloyatida oʻt ochishni toʻxtatishga chaqiruvchi hujjatni kengashga aʼzo 15 davlatdan 12 tasi qoʻllab-quvvatlagan edi.
Rezolyutsiyani ilgari surgan Germaniya, Belgiya va Quvayt toʻrt oy avval hukumat kuchlari hujum boshlaganidan beri Idlibda yarim million suriyalik koʻchirilganini maʼlum qilgan.
Ular agar jangovar harakatlar davom etadigan boʻlsa, mojaro asrning eng ogʻir gumanitar inqiroziga aylanishi mumkinligi haqida ogohlantirib, Rossiyani “sof insonparvarlik” chorasiga veto qoʻymaslikka chaqirganlar.
Rossiyachi. Men ishonmayman
Javob berishRossiyada vatniklar va imperiyachilarning koʻpligi ajablanarli emas.
Javob berishFikrlar 25
Toʻgʻri-da, Rutiniya (Rossiya) shialarga yordam berdi, Suriyaliklarning koʻpchilgi esa sunniy...
Javob berishFikrlar 25
Rossiya bayrogʻi koʻrinmayapti! Demak, Suriyaning oddiy askarlari boʻlishi mumkin...
Javob berishHar doimgidek, imi-jimida. Videoning 9-daqiqasini diqqat bilan koʻr, askar kiyimining yengida Rossiya bayrogʻi tikilgan belgi bor.
Javob berishFikrlar 25
Oddiy terrorchilar qurollarini uyda qoldirib tosh bilan ko‘chaga chiqqanga o‘xshaydi... ham xavfsiz, ham kerakli OAV e’tiborini torta olishdi
Javob berishFikrlar 25
Albatta Gʻarb OAVlariga pul toʻlab Rossiya nomini bulgʻash osonroq. Oʻzlarining jinoyatlari haqida esa lom-mim deyishmaydi. Amerika banklari mijozlarga katta pul toʻlamaslik uchun uzoq muddatga qoʻyilgan omonatlarning hujjatlarini atayin yoʻq qilishini bilasizmi? Bu omonatlarning pullari terrorchilarni qoʻllab-quvvatlash va hokazolar uchun senator va kongresmenlarning karmoniga tushadi. Bank mijozlari pullarini qaytib olish uchun yillar davomida kurashib kelishadi, ammo hujjat boʻlmaganidan keyin depozitlar ham yoʻq. Tarixiy maʼlumot: Yevropaning turli jinoyatchilari Amerikada qoʻnim topishgan. Aslida Amerika hali ham jinoyatchi va ablahlar yurti. Donald Tramp esa dunyodagi birinchi raqamli jinoyatchi, qallob va qotil.
Javob berishNima? Amerika banklari o‘z mijozlaridan pul o‘maryaptimi, shundaymi? U holda nima sababdan oligarxlaringiz hammasi Amerika banklarida pul saqlaydi?
Javob berishGeroin isteʼmol qilishni toʻxtating. Narkomaniyaning bundan yomonrogʻi boʻlmaydi. Hisobga pul qoʻyishda barcha hujjatlar ikki nusxada tayyorlanadi, aniqki sen bu ishni qilmagan boʻlasan. Ikkinchi nusxa omonatchiga beriladi, nimadir boʻlsa, sudga murojaat qilib, 5 daqiqada ishni yutib chiqishi mumkin. Shunday ekan, safsatani bas qil!
Javob berishFikrlar 25
Tosh oʻrnida bomba boʻlib qolishini orzu qilishgandir. Rossiyalik bosqinchilarga qarshi nafrat juda kuchli.
Javob berishFikrlar 25
Gʻarb Asadga qarshi urushda magʻlub boʻldi. OAV va mahalliy nodavlat tashkilotlar orqali tentak aktyorlarni yollab Rossiyaning nomini bulgʻashdan boshqa ishlari qolmadi. Tentak aktyorlar esa tiqilib yotibdi. Olgʻa Rossiya, Putin!
Javob berishFikrlar 25
Bo‘lmag‘ur tashviqot! Kattalar amerikoslarning mashinasini toshbo‘ron qilganidan keyin, bolalar ham hamma harbiy mashinalarni shunday qilish kerak ekan deb o‘ylab qolishgan. Amerikoslarga xizmat qiladigan OAV esa bunday bo‘lmag‘ur narsalarni bo‘rttiradi. Stalin senlarni nima qilishni bilar edi, itning bolalari!
Javob berishTentak Stalining hozir shkonka tagida yotgan boʻlardi. (sobiq Sovet koloniyalarida boshqalar tomonidan xoʻrlangan maxbuslarga alohida koyka ajratilmagan va ular kimningdir karavoti tagida yerda yotgan)
Javob berishStalinning yoʻqligi sening xulqing va soʻzlashish madaniyating natijasidir
Javob berishFikrlar 25
Suriyadagi jinoyatlarga Rossiya javob beradi
Javob berishFikrlar 25
Negadir ruslarni hech qayerda yoqtirishmaydi
Javob berishSababi, xuddi yer kamlik qilgandek Rossiya Ukrainadan Qrimni, Gruziyaning bir qismini, Yaponiyadan Saxalinni, Finlandiyadan Kareliyani anneksiya qilib olgan.
Javob berishYaqinda DNRni ham sotib olishadi. Xoxollar yerllarini sotish haqida qonun qabul qilishadi, keyin esa butun Ukrainani sotib olishadi. Qonun shunday! Hammasi qonun bo‘yicha bo‘ladi! :)
Javob berishGruziyaning bunga nima aloqasi bor? Gruziya [Janubiy] Osetiyaga hujum qildi va qilmishiga yarasha jazolandi.
Javob berishBundan Rossiya Polshaga hujum qilgani uchun Germaniya Rossiyaga hujum qilgan, degan mantiq kelib chipyaptimi? Ha-ha
Javob berishFikrlar 25
Bosqinchilarga nisbatan doim shunday munosabat boʻladi
Javob berishFikrlar 25
Rossiya Havo kuchlari shifoxonalar, maktablar va bozorlarning bombardimon qilgach, suriyaliklarning rossiyaliklardan nafratlanishiga sabab bor. Afsus “Molotov kokteyli” boʻlmagan.
Javob berishRossiya Havo-kosmik kuchlari kasalxonalarni bombalaganini oʻz koʻzingiz bilan koʻrdingizmi? Yoki aksil-Rossiya saytlarida oʻqidingizmi?
Javob berishSoʻnggi 30 yil ichida Rossiya AQSHdan farqli oʻlaroq biron bir davlatga hujum qilmadi. Fikr qiling.
Gruziyachi? Maktabda SSSR hech qachon hech kimni bosib olmagan, deb miyamizga quyishardi. Ammo, Vermaxt bilan birga qoʻshma harbiy paradlarni kim oʻtkazganini bilamiz. Ular esa hali ham odamlarning ongiga Rossiyaning oppoq, beayb ekanligini singdiryaptilar. “Oxirgi 30 yilda hech kimga hujum qilmagan emish”, ha-ha
Javob berishIt hurar, karvon oʻtar. Sharqdagi qadimiy maqol.
Javob berishFikrlar 25