Karvonsaroy
Xavfsizlik

Kreml Tojikistondagi ID hujumidan mintaqada oʻz manfaatlarini ilgari surish yoʻlida foydalanishi mumkin

Karvonsaroy va AFP

Rossiyaning xorijdagi eng yirik harbiy obʼekti boʻlgan Tojikistondagi 201-harbiy bazada 2019 yil mart oyidagi amaliyot oldidan saf tortgan rus askarlari. [Rossiya mudofaa vazirligi]

Rossiyaning xorijdagi eng yirik harbiy obʼekti boʻlgan Tojikistondagi 201-harbiy bazada 2019 yil mart oyidagi amaliyot oldidan saf tortgan rus askarlari. [Rossiya mudofaa vazirligi]

DUSHANBE – Kuzatuvchilarga koʻra, oʻtgan hafta Tojikistonda “Islom davlati” (ID) tomonidan amalga oshirilgani gumon qilingan hujumdan Kreml Markaziy Osiyo davlatlari Rossiyaning harbiy koʻmagiga “muhtoj ekani” haqidagi iddaolarni kuchaytirish yoʻlida foydalanmoqda.

6-noyabr kuni Tojikiston hukumati Oʻzbekiston bilan chegarada 15 nafar ID aʼzosi yoʻq qilingani va besh nafari qoʻlga olingani haqida bayonot berdi. Oradan ikki kun oʻtib, ID hujumni oʻz zimmasiga olib, oʻn tojikistonlik askar oʻldirilgani haqida xabar tarqatgan.

Tojikistonda oʻz harbiy bazasiga ega Rossiya tez orada yangiliklardan xabar topib, mintaqaga Afgʻonistondan oʻtayotgan ID jangarilari haqida ogohlantirgan.

ID sobiq Sovet davlatlarini nishonga olish maqsadida Afgʻonistonda baza yaratmoqda, dedi Rossiya federal xavfsizlik xizmati rahbari Aleksandr Bortnikov 7-noyabr kuni.

Tojikiston-Oʻzbekiston chegarasida ID jangarilari bilan yuz bergan otishmadan soʻng yonib ketgan mashina, 6-noyabr. (Tojikiston ichki ishlar vazirligi)

Tojikiston-Oʻzbekiston chegarasida ID jangarilari bilan yuz bergan otishmadan soʻng yonib ketgan mashina, 6-noyabr. (Tojikiston ichki ishlar vazirligi)

“Biz Afgʻonistonda ID boʻlinmalari faollashib borayotganini kuzatmoqdamiz”, deb aytgan Bortnikov Toshkentda boʻlib oʻtgan mintaqaviy xavfsizlik forumida. Bu haqda TASS davlat axborot agentligi xabar bergan.

“Ularning maqsadi – MDH (Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi) davlatlari boʻylab kengayish uchun zamin hozirlash”, dedi u.

Afgʻonistondagi ID boʻlinmalari Xuroson (ID-X) shoʻbasi tarkibiga kiradi va ular Ansarulloh jamoati hamda Sharqiy Turkiston islom harakati (Turkiston islom partiyasi nomi bilan ham tanilgan) bilan bir jamoa boʻlib faoliyat olib boradi, dedi u.

Bortnikovning soʻzlariga koʻra, sobiq Sovet davlatlari boʻylab kengayish jarayoni “terrorchi guruhlar aʼzolari sifatida urush tajribasiga ega va Markaziy Osiyo respublikalarining fuqarolari boʻlgan jangarilar tomonidan amalga oshiriladi”.

Rossiya Markaziy Osiyoda oʻz manfaatlarini qoʻllab-quvvatlash yoʻlida bunday qoʻrqitish usulidan avval ham foydalangan. FSB bayonotining vaqti ham bundan dalolat beradi.

Rossiya manfaatlarini ilgari surish

Tojikiston Afgʻoniston bilan chegarani 2005-yildan beri mustaqil ravishda qoʻriqlab keladi. Bundan avval bu chegarani qoʻriqlashga Rossiya askarlari yordam bergan.

Kreml u yerga oʻz qoʻshinlarini qaytarish zaruriyatini “isbotlash” fikridan qaytgani yoʻq.

2012-yilgi kelishuvga binoan, endilikda 2042-yilgacha Tojikistonda qoladigan 201-Rossiya bazasi mamlakatning xorijdagi eng yirik harbiy obyekti hisoblanadi .

Markaziy Osiyoning Rossiya bilan munosabatlarini kuzatib borayotgan mutaxassislar Kremlning iddaolari ortida gʻarazli manfaatlarni koʻrmoqdalar.

“Rossiya Markaziy Osiyodagi harbiy hozirligini mustahkamlash uchun shunday bayonotlar bermoqda”, deydi olmaotalik siyosatshunos Talgat Ismagambetov.

“Afgʻoniston tarafidan terror tahdidi tobora ortib bormoqda, degan iddaolar bahsli, chunki Afgʻonistonda ID zaif.”

“Islom davlati” Afgʻonistondan Markaziy Osiyoga suqilib kirishga urinar ekan, u birinchi navbatda oʻzidan ancha kuchli boʻlgan Tolibon qarshiligiga duch keladi, Markaziy Osiyoni zabt etishga intiluvchi har kim – u Tolibon boʻladimi yoki IDmi – “Rossiya qoʻshinlariga qarshi jang qilishi” lozim, dedi u.

“Rossiya oʻzining janubdagi sheriklarini qoʻrqitib, ularni oʻz integratsiyaviy loyihalariga jalb qilishga urinmoqda”, dedi u. “Ushbu mujda, eng avvalo, Kollektiv Xavfsizlik Tashkiloti yoki YOII (Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi) tarkibiga kirmaydigan Oʻzbekistonga qaratilgan”.

Sobiq qirgʻizistonlik diplomat, bishkeklik Murat Qoʻnoqboyev ham Moskvaning Markaziy Osiyoga nisbatan niyatlariga shubha bilan qarashini aytgan edi.

Qirgʻizistondagi Rossiya harbiy bazalarining aksariyati nisbatan xavfsiz boʻlgan mamlakat shimolida joylashgan, notinch janubdagi Botken viloyatida esa hech qanday baza yoʻq, “garchi Bishkek koʻp yillar davomida oʻz ittifoqchisidan buni soʻragan boʻlsa ham”, dedi u.

Bortnikovning ID Markaziy Osiyoga suqilib kirishga tayyorlanayotgani haqidagi dahshatli ogohlantirishlari “boʻrttirilgan”, deydi Qoʻnoqboyev.

“Afgʻonistondagi jangarilar (Markaziy Osiyoga) hujum qilishni rejalayotganini koʻrsatuvchi hech qanday alomatlar yoʻq”, dedi u. “Bu Moskva uchun xizmat qiladigan dasturlarni amalga oshirishda Rossiya xavfsizlik idoralariga xos boʻlgan ritorikadir.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 10

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiyadan uzoqroq yurish kerak. Ular oʻmarishdan boshqa ishni bilishmaydi. Ulardan yaxshilik kutish ham befoyda. Bu hujumni rossiyaliklar qilgani 100 foiz aniq.

Javob berish

Qozogʻiston Bojxona ittifoqi tufayli har yili uch milliardga yaqin ziyon koʻrmoqda. Pukinni urush boshlamasligi uchun pul toʻlash kerak. Tez orada hisob-kitob qilib olamiz, Rossiya kuchsizlanmoqda.

Javob berish

Bu xulosani 100% qoʻllab-quvvatlayman. Rossiya Tojikistonni foydasiz Bojxona ittifoqiga qoʻshish uchun nafaqat ID, balki bechora migrantlarni ham ishga solmoqda. Tojikiston hukumati Rossiyaning natsistlarcha yondashuviga ham munosabat bildirmayapti. Biz Rossiya oldida ojizmiz. Tojikiston Yevropa va AQSH bilan keng hamkorlik qilishi zarur.

Javob berish

Oldin ruschani bexato yozishni oʻrganib ol!!!

Javob berish

Men rus emasman va rus tilida bexato yozishim shart emas.

Javob berish

Koʻrib turganingizdek, Amerikaning oyogʻi tekkan koʻp mamlakatlarning rasvosi chiqib yotibdi

Javob berish

Amhar tilida yoz unda

Javob berish

Bu Rossiyaning provokatsiyasi ekanligi aniq. Uning Markaziy Osiyodagi barcha harbiy bazalarini yopish kerak.

Javob berish

Toʻgʻri, ularning oʻrnida Amerika bazalarini ochish kerak ... Shundan keyin hayotimiz zoʻr boʻladi!

Javob berish

Bu aniq edi. Bundan tashqari Kreml harbiy kuchlari bu hujumlarni boshqargan bo‘lishi mumkinligi ehtimoli katta. Shuning uchun Rossiya aralashuviga qarshi turish kerak.

Javob berish