Karvonsaroy
Diplomatiya

Rossiyaning Suriya hududi boʻylab yurishlari aholi tomonidan sovuq qarshi olinmoqda

Karvonsaroy va AFP

Suriyadagi bir qator mahalliy OAV va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari chorshanba (6-noyabr) kuni Rossiya askarlarini toshboʻron qilayotgan aholining videoyozuvlarini joylaganlar. Suratlar va videoyozuvlarda Suriyadagi Kobane shahrining dargʻazab aholisi Rossiya avtomashinalari karvoniga qarata katta toshlarni uloqtirayotgani aks etgan.

MOSKVA – Rossiya vertolyotlar va boshqa texnikalarni Turkiya chegarasida joylashgan Suriyaning yangi bazasiga koʻchirishni boshlagan, deb xabar beradi davlat televideniyesi payshanba (14-noyabr) kuni. Kreml urushlar tufayli vayron boʻlgan mamlakatda oʻzining hududiy qamrovini kengaytirib bormoqda.

Ikkita Mi-35 jangovar vertolyoti va tashuvchi vertolyot Oʻrtayer dengizidagi Xmeymim bazasidan Suriya shimoli-sharqidagi Qamishli aeroportiga koʻchirildi, deb xabar bergan Rossiya mudofaa vazirligi boshqaruvidagi “Zvezda” telekanali.

Avvalroq, Rossiya Xmeymimdan 500 km shimoli-sharqda joylashgan Qamishli aeroportini uzoq muddatga ijaraga olish xususida muzokara olib borgani xabar qilingan edi.

Rossiya Qamishliga yer usti yordami, yoqilgʻi va meteorologik xizmatlarni ham yuborgan va uning ixtiyorida “uzluksiz parvozlar, vertolyotlar xavfsizligi va ushbu hudud mudofaasini taʼminlash uchun” 10 dona yer usti transport vositasi bor”, deb xabar bergan Harbiy havo kuchlari rasmiysi Timur Xoʻjayev “Zvezda” telekanaliga.

8-noyabr kuni Turkiya va Rossiyaning qoʻshma patrul nazorati chogʻida Al-Muabbada shaharchasi yaqinida Rossiya harbiy mashinasini toshboʻron qilayotgan kurd namoyishchilari. Shaharcha Suriyaning Turkiya bilan chegarasidagi Hasaka viloyatining shimoli-sharqida joylashgan. [Delil Sulaymon/AFP]

8-noyabr kuni Turkiya va Rossiyaning qoʻshma patrul nazorati chogʻida Al-Muabbada shaharchasi yaqinida Rossiya harbiy mashinasini toshboʻron qilayotgan kurd namoyishchilari. Shaharcha Suriyaning Turkiya bilan chegarasidagi Hasaka viloyatining shimoli-sharqida joylashgan. [Delil Sulaymon/AFP]

8-noyabr kuni Turkiya va Rossiyaning qoʻshma patrul nazorati chogʻida Al-Muabbada shaharchasi yaqinida Rossiya harbiy mashinasini toshboʻron qilayotgan kurd namoyishchilari. Shaharcha Suriyaning Turkiya bilan chegarasidagi Hasaka viloyati shimoli-sharqida joylashgan. [Delil Sulaymon/AFP]

8-noyabr kuni Turkiya va Rossiyaning qoʻshma patrul nazorati chogʻida Al-Muabbada shaharchasi yaqinida Rossiya harbiy mashinasini toshboʻron qilayotgan kurd namoyishchilari. Shaharcha Suriyaning Turkiya bilan chegarasidagi Hasaka viloyati shimoli-sharqida joylashgan. [Delil Sulaymon/AFP]

Mahalliy aholi vakillaridan biri olgan videolavha kadrlari: Suriyaning Idlib viloyatida 28-may kungi Rossiya aviazarbalari natijasida halok boʻlgan oʻgʻliga motam tutayotgan ota. [Fayl]

Mahalliy aholi vakillaridan biri olgan videolavha kadrlari: Suriyaning Idlib viloyatida 28-may kungi Rossiya aviazarbalari natijasida halok boʻlgan oʻgʻliga motam tutayotgan ota. [Fayl]

“Zvezda” xabariga koʻra, yangi baza Rossiyaning “Pantsir” raketa tizimi bilan himoyalangan, qoʻnish maydoni esa harbiy politsiya tomonidan qurshab olingan.

“Yoqimsiz”

Rossiya qoʻshinlari Suriya hududini istilo qilishda davom etar ekan, mahalliy aholining shiddatli va gʻazabnok qarshiligiga duch kelmoqda.

Chorshanba (6-noyabr) kuni Suriyadagi bir qator mahalliy OAV va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Rossiya askarlarining aholi tomonidan toshboʻron qilinayotgani aks etgan videoyozuvlarni internetga joylaganlar.

Suratlar va videoyozuvlarda Suriyadagi Kobane shahrining dargʻazab aholisi Rossiya avtomashinalari karvoniga qarata katta toshlarni uloqtirayotgani aks etgan.

Videolavhalarning birida oʻnlab fuqarolar Rossiyaning ikkita zirhli mashinasini toʻxtatishga muvaffaq boʻlgan. Anha mahalliy yangiliklar nashri chop etgan videoyozuvdan maʼlum boʻlishicha, ayrim odamlar Rossiya harbiy politsiyasi belgisi tushirilgan mashinalardan birining ustiga chiqib olganlar.

Oʻshandan beri 8-noyabr kuni al-Muabbada shaharchasida mahalliy aholi vakillarining Rossiya harbiy texnikasiga hujumi kabi boshqa voqealar ham sodir boʻldi.

Bu orada Gʻarb davlatlari Rossiya va Suriyani tinch aholiga qarshi hujumlarni toʻxtatishga chaqirib kelmoqda.

AQSH Davlat departamentining 8-noyabr kungi xabariga koʻra, soʻnggi ikki kun ichida shimoli-gʻarbiy tumanda maktab va tugʻruqxonaga hujum natijasida 12 kishi oʻlgan.

“Yuz bergan soʻnggi hodisalar Rossiya va Suriya kuchlari tomonidan tinch aholi va infratuzilmaga qarshi puxta oʻylangan hujumlar rejasi borligidan darak beradi”, dedi Davlat departamenti vakili Morgan Ortagus.

“Biz Rossiya va Asad rejimini ushbu mojaroni BMT tomonidan olib borilayotgan siyosiy jarayon orqali hal etish va tinch aholi yashaydigan hududlarda urushni toʻxtatishga chaqiramiz”, deyiladi Suriya prezidenti Bashar al-Asadga qaratilgan bayonotda.

Rossiyaning harbiy operatsiyalari natijasida 6500 dan ortiq tinch aholi halok boʻldi , deyiladi 30-sentabr kuni Suriya inson huquqlari tarmogʻi tomonidan Rossiyaning Suriya mojarosiga harbiy aralashuviga toʻrt yil toʻlishi munosabati bilan eʼlon qilingan 40 sahifalik hisobotda.

Bu orada Rossiya harbiy samolyotlari Suriya muxolifatiga zarba berish maqsadida mamlakatdagi kasalxonalarni qasddan bombalagani haqida yangi dalillar paydo boʻlgan.

Suriya prezidenti Bashar Asad kuchlari tomonidan yana bir kimyoviy hujum uyushtirilgani tasdiqlangach, 26-sentabr kuni AQSH Rossiyaning Suriyadagi kontrabanda operatsiyasiga qarshi yangi sanktsiyalar joriy qilgan edi.

Asad rejimi 19-may kuni Latakiya viloyatida Idlibdagi isyonchilarning soʻnggi yirik istehkomini qaytarib olishga qaratilgan hujum paytida xlorin gazini ishga solgan, degan edi oʻshanda AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo.

Bu Rossiya qoʻllovidagi rejim tomonidan sodir etilgani tasdiqlangan koʻp sonli kimyoviy hujumlardan biri boʻldi. Jumladan, oʻtgan yili shu kabi hujumlar natijasida Dumada 80 kishi hayotdan koʻz yumgan.

Moskva oʻz ittifoqchisi boʻlmish Suriyani himoya qilish maqsadida, BMTning ushbu nizoga oid rezolyutsiyalariga veto qoʻyib kelmoqda.

19-sentabr kuni Rossiya va Xitoy BMT Xavfsizlik kengashiga aʼzo 15 mamlakatdan 12 tasi qoʻllab-quvvatlagan Idlib viloyatida otashkesim eʼlon qilishni koʻzda tutuvchi rezolyutsiyaga veto qoʻygan.

Ushbu rezolyutsiya Germaniya, Belgiya va Kuvayt tomonidan ilgari surilgan boʻlib, ular bundan toʻrt oy muqaddam hukumat kuchlari hujum boshlaganidan beri yarim million suriyalik Idlibdan siqib chiqarilganini taʼkidlaganlar.

Ular agar jangovar harakatlar davom etadigan boʻlsa, mojaro asrning eng ogʻir gumanitar inqiroziga aylanishi mumkinligi haqida ogohlantirib, Rossiyani “sof insonparvarlik” tadbiriga veto qoʻymaslikka chaqirganlar.

“Ketmoqchi emas”

Yaqinda Rossiya mudofaa vazirligi tomonidan uyushtirilgan press-tur davomida AFP va boshqa OAV jurnalistlari Moskva kuchlari mamlakatda uzoq vaqt qolishga hozirlik koʻrayotganiga guvoh boʻlgan edilar.

Hozirda Suriyadagi 3000 ga yaqin rossiyalik harbiy xizmatchilar Tartus va Xmeymim aviabazasi kabi obʼektlarda joylashtirilgan.

Sentabr oyida jurnalistlarga Tartusdagi trenajyor zallarida xizmatdan boʻsh vaqtida mashq qilayotgan aksarlar, ruscha pishiriqlar tayyorlaydigan novvoyxonalar va hatto piyozsimon gumbazli, ichi ikonalarga toʻla pravoslav cherkovlari koʻrsatilgan.

Rus askarlari uchun “barcha zaruriy qulayliklar” yaratilgan, dedi zobitlardan biri.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Oʻz nomi bilan urush: tuxumni sindirmasdan pishirib boʻlmaydi. Kurdlar qarshilik qilyapti. Yangilik emas.

Javob berish

Suriyalik bolalarning toʻkilgan qoni uchun ruslar javob beradi hali

Javob berish