Karvonsaroy
Terrorizm

Rossiya havo zarbalari natijasida 9 suriyalik halok boʻldi. Mahalliy aholi Molotov kokteyllari bilan javob qaytargan

Karvonsaroy va AFP

18-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarga yuklangan videolavha kadri – suriyaliklar Kreml egallab olishga urinayotgan hududlarni nazorat qilayotgan Rossiya harbiy mashinalarga qarata yonuvchi aralashmalar va toshlar uloqtirmoqda.

BAYRUT, Livan – Yakshanba (17-noyabr) kuni Suriyaning Idlib viloyatida Rossiya havo hujumlari natijasida toʻqqiz nafar fuqaro halok boʻldi, mamlakatning boshqa hududlarida esa Kremlning yurishi shiddatli qarshilikka uchramoqda.

Halok boʻlganlardan beshtasi janubiy Idlibdagi Al-Malaja qishlogʻidan boʻlib, qolgan toʻrt nafari sharqdagi Saraqib shaharchasida olib borgan reydlar chogʻida oʻlgan, deb xabar beradi Suriya inson huquqlari observatoriyasi.

Bir guruh kishilar yaralangan, ayrimlarning jarohati jiddiy boʻlgan, deb aytgan guruh rahbari Rami Abdul Rahmon AFP nashriga. Jarohatlanganlar soniga aniqlik kiritilmagan.

Uch millionga yaqin, jumladan Suriyada sakkiz yilga choʻzilgan urushda koʻchib kelgan fuqarolarga vatan boʻlib hizmat qilgan Idlib viloyati Suriya prezidenti Bashar al-Asadga muxolif kuchlarning soʻnggi qoʻrgʻonlaridan biri.

18-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan videoyozuv kadrlarida suriyaliklarning Rossiya harbiy mashinalariga qarata Molotov kokteyllari uloqtirayotgani aks etgan. [Fayl]

18-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan videoyozuv kadrlarida suriyaliklarning Rossiya harbiy mashinalariga qarata Molotov kokteyllari uloqtirayotgani aks etgan. [Fayl]

“Oq dubulgʻalilar” nomi bilan ham tanilgan Suriya fuqarolik mudofaasi aʼzolari 17-noyabr kuni Suriya shimoli-gʻarbidagi Al-Malaja qishlogʻida Rossiya havo hujumida halok boʻlgan odamning jasadini olib ketishmoqda. [Abdulaziz Ketaz/AFP]

“Oq dubulgʻalilar” nomi bilan ham tanilgan Suriya fuqarolik mudofaasi aʼzolari 17-noyabr kuni Suriya shimoli-gʻarbidagi Al-Malaja qishlogʻida Rossiya havo hujumida halok boʻlgan odamning jasadini olib ketishmoqda. [Abdulaziz Ketaz/AFP]

Rossiya tomonidan eʼlon qilingan otashkesimga avgust oyidan beri amalda edi.

Biroq, observatoriya xabariga koʻra, noyabr boshidan beri Rossiya havo hujumlari natijasida 48 fuqaro, jumladan 16 nafar yosh bola halok boʻlgan.

2011-yildan beri Asadga qarshi namoyishlarning bostirilishi tufayli kelib chiqqan Suriya nizosida 370 ming odam halok boʻlgan, bir necha million odam boshpanasiz qolgan.

Suriyaliklar Rossiyaga qarshi

Rossiya harbiy operatsiyalari natijasida 6500 dan ortiq fuqaro halok boʻlgan, deb xabar beradi Inson huquqlari boʻyicha Suriya tarmogʻi oʻzining 40 sahifalik bayonotida. Hujjat Rossiyaning Suriya nizosiga aralashuvining toʻrt yilligi arafasida 30-sentabr kuni eʼlon qilingan edi.

Kremlning Suriyada Rossiya ekspansiyasi qamrovini kengaytirishga qaratilgan halokatli operatsiyalari mahalliy aholining shiddatli va gʻazabnok qarshiligiga duchor boʻlgan.

Dushanba (18-noyabr) kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoyozuv mahalliy aholi orasida norozilik kuchayib borayotganini koʻrsatdi – suriyaliklar Kreml egallab olishga urinayotgan hududlarni nazorat qilayotgan Rossiya harbiy mashinalarga qarata yonuvchi aralashmalar va toshlarni uloqtirganlar.

6-noyabr kuni Suriyadagi bir qator mahalliy OAV va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Rossiya harbiylarining aholi tomonidan toshboʻron qilinayotgani aks etgan videoyozuvlarni internetga joylaganlar.

Suratlar va videoyozuvlarda Suriyadagi Kobane shahrining dargʻazab aholisi Rossiya avtomashinalari karvoniga qarata katta toshlarni uloqtirayotgani aks etgan.

Anha mahalliy yangiliklar nashri chop etgan videoyozuvdan maʼlum boʻlishicha, oʻnlab fuqarolar Rossiya harbiy politsiyasining belgisi tushirilgan mashinalardan biri toʻxtatganlar va ayrimlar uning ustiga chiqib olganlar.

Oʻshandan beri 8-noyabr kuni al-Muabbada shaharchasida mahalliy aholi vakillarining Rossiya harbiy texnikasiga hujumi kabi boshqa voqealar ham sodir boʻldi.

Bu orada Rossiya harbiy samolyotlari Suriya muxolifatiga zarba berish maqsadida mamlakatdagi kasalxonalarni qasddan bombalagani haqida yangi dalillar paydo boʻlgan.

Ayni vaqtda Gʻarb davlatlari Rossiya va Suriyani tinch aholiga qarshi hujumlarini toʻxtatishga chaqirib kelmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Tushunmadim, bu Rossiyaga qarshi, gʻarbona gey portalmi?

Javob berish

Suriyalik koʻngilli askarlar allaqachon Rossiyalik qotil va bosqinchilardan nafratlanadi

Javob berish