NUR-SULTON – Rossiya Qozogʻiston tadbirkorlarini va ular ishlab chiqargan mahsulotlarni oʻz bozoriga kiritishga toʻsqinlik qilmoqda. Bu haqda “Atameken” Qozogʻiston milliy tadbirkorlar palatasi xabar berdi.
Natijada, Moskva oʻzi boshchilik qiladigan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YOII) asosiy tamoyillariga qarshi bormoqda.
“Rossiyaning chegaraoldi hududlaridagi chakana savdo doʻkonlariga Qozogʻiston mahsulotlari kiritilmasligi haqida ogʻzaki koʻrsatmalar borligini tan olishimiz kerak”, deb xabar bergan 18-noyabr kuni Lsm.kz biznes nashri Nur-Sultondagi hamkorlarga asoslanib.
Qozogʻiston mahsulotlariga nisbatan takroriy cheklovlar
Rossiya tomonidan qoʻyilgan toʻsiqlar va cheklovlarni “hujjatlashtirish” mushkul, ammo aniq isbotlar mavjud.

Olmaota supermarketida “Raxat” shirinliklarini tanlayotgan bolalar, 28-mart. (Kanat Altinbayev)
Birinchidan, palata aʼzolariga koʻra, Rossiya davlat xaridlarini amalga oshirishda qozogʻistonlik tadbirkorlarni huquqiy jihatdan cheklaydi.
“Atameken”ga koʻra, hukumat idoralari rossiyalik ishlab chiqaruvchilariga asossiz ravishda ustunlik beradilar.
Masalan, Rossiyaning qishloq xoʻjaligini nazorat qiluvchi tashkiloti boʻlmish Rosselxoznadzor Qozogʻistondan import qilinayotgan sut mahsulotlari va muzlatilgan yarim fabrikantlarni bir necha bor taqiqlagan.
Bundan tashqari, Rossiya hukumati bu cheklovlarni ishonchli tarzda asoslamagan va ayrim hollarda oʻz xatti-harakatlarini asossiz daʼvolar bilan oqlagan, deydi “Atameken”.
“Rosselxoznadzor Qozogʻistondan keltirilgan sutda goʻyoki E. coli topganini daʼvo qilgan”, deydi “Atameken”. “Ammo, Qozogʻiston va hatto Rossiyaning Omsk shahridagi laboratoriyalarda oʻtkazilgan tahlillar natijasida bunday narsa aniqlanmagan.”
Rossiya chegarasidan 170 km masofadagi Qustanay viloyatida yashovchi tadbirkor Aset Nurtayevning soʻzlariga koʻra, Rossiya bojxonachilari turli sabablar bilan u olib kirmoqchi boʻlgan sut mahsulotlarini muntazam ravishda chegaradan oʻtkazmaydilar.
“Ular standart hujjatlar bilan birga, mahsulotning kelib chiqishiga oid alohida sertifikatni talab qiladilar. Tez buziladigan mahsulot boʻlgani sababli, bunday sertifikatni olish imkoni boʻlmaydi”, dedi Nurtayev. “Bordiyu oʻsha hujjatni koʻrsatganimda ham, ular yana qandaydir boshqa sababni roʻkach qilishar edi.”
Rossiyaning protektsionizm siyosati
Bir necha bor takrorlangan hodisalar Rossiyaning protektsionizm siyosati qay darajada tizimli ekanligiga misol boʻla oladi.
Qozogʻistonning “Informbyuro” yangiliklar sayti sentabr oyida tarqatgan xabariga koʻra, Rosselxoznador Qozogʻiston qishloq xoʻjaligi vazirligiga “Becker & K” kompaniyasi Moskva shahriga yetkazib bergan goʻsht mahsulotlarida “nomaʼlum DNK belgilari” mavjudligi haqida maktub yoʻllagan.
YOIIga aʼzo davlatlar oʻrtasidagi nizolarni hal qiluvchi tashkilot – Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YOIK) aʼzolari bilan uchrashuvda “Becker & K” bosh direktori Almaz Turbekov uning kompaniyasi texnik talablarga javob bersa-da, oʻtgan uch yil davomida Rossiyada maʼmuriy toʻsiqlarga uchrab kelayotganini taʼkidlagan.
Rossiya hukumati “YOII mamlakatlaridan kelayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini ham chegarada, ham doʻkonlardagi tekshiruvlar vaqtida nihoyatda qatʼiy nazorat qiladi”, deydi u.
“Biz Rosselxoznadzor tomonidan protektsionizmni his qilmoqdamiz”, dedi u.
Fevral oyida Olmaotada Qozogʻistonning yetakchi qandolat ishlab chiqaruvchisi – “Raxat” kompaniyasi rahbari Konstantin Fedorets muxbirlarga Rossiya kompaniyalari “Raxat”ni toʻxtovsiz ravishda yuridik mojarolarga tortayotgani va tartibga soluvchi organlar kompaniya mahsulotlarini muntazam musodara qilishini aytgan edi.
“Rossiya hamma yerda kuch ishlatishni maʼqul koʻradi, shu jumladan chakana savdoda ham”, deb taʼkidladi u.
Yaqinda Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev shaxsan Rossiyaning savdo hamkorlariga nisbatan “nodoʻstona” siyosati muammosini tilga olgan edi.
“Rossiyaning oʻz ishlab chiqaruvchilarini himoya qilish istagi tufayli mintaqaviy darajadagi turli ekspertizalar, qoʻshimcha talablar, norasmiy buyruqlar va boshqalar joriy etilmoqda”, degan edi Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev 1-oktabr kuni Yerevanda boʻlib oʻtgan Yevroosiyo iqtisodiy oliy kengashi uchrashuvi davomida.
“Bunday amaliyot nomaqbul va integratsiyalashuvimiz tamoyillariga zid”, dedi u.
Tadbirkorlar YOIIning faoliyatini soʻroq ostiga qoʻymoqdalar
Moskva javobgarlikka tortilmaydi, chunki Qozogʻistonning mahsulotlarini kiritmaslik haqidagi qarorlar viloyat hokimiyatlaridan chiqmoqda, dedi Qozogʻiston savdo korxonalari uyushmasi vitse prezidenti Jibek Ajibayeva.
“Hokimliklar bunday qarorlarni chiqarishda davom etar ekan, YOIIning kelajakdagi faoliyati shubha ostida qoladi”, dedi u.
“Boshida tadbirkorlarimiz YOIIga qoʻshilishdan xavotirda edilar”, dedi u.
“Rossiya YOIIni boshqaradi va biz natijalarni koʻrib turibmiz”, dedi Ajibayeva. “YOIIda aka-ukalar boʻlishi kerak emas, unda hamma teng huquqqa ega hamkor boʻlishi kerak.”
Uning soʻzlariga koʻra, Rosselxoznadzor joriy etayotgan barcha texnik standartlar va laboratoriya sinovlari usullarini yangilash kerak.
Ammo shunga qaramay, bu qadamlar ham muammoni hal qila olmasligi mumkin.
Qozogʻiston savdo va integratsiya vazirligi hamda biznes uyushmalar YOIKga cheklovlarni bartaraf etish taklifi bilan chiqqanlarida “Rossiya ularni eʼtiborsiz qoldiradi yoki oʻz manfaatlariga mos qilib izohlaydi”, deb xabar bergan Lsm.kz nashri 18-noyabr kuni.
Atameken YOIKning Rossiya tomonidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga doir qarorlarining bloklangani yoki toʻliq bajarilmaganidan shikoyat qilgan, deb yozadi Lsm.kz.
“Qanday tirik qolish mumkin?”
Qozogʻiston Rossiya tovarlarining kirishiga toʻsqinlik qilmaydi, buni mahalliy chakana savdo tarmogʻida Rossiya mahsulotlarining koʻpligi ham tasdiqlab turibdi, dedi sut ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi tadbirkor Nurtayev.
“Biz, qozoqistonlik tadbirkorlar Rossiya kompaniyalari bilan Rossiyada ham, Qozogʻistonda ham raqobatlasha olmaydigan qiyin ahvolga tushib qoldik, chunki ular bizni Rossiya bozoriga kiritmaydilar, Qozogʻistonda esa oʻz mahsulotlarini atayin arzon sotadilar”, deydi u. “Bunday sharoitda qanday tirik qolishimiz mumkin?”
Qozogʻiston hukumati uchun ichki bozor va undagi ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish maqsadida shimoldagi qoʻshniga nisbatan javob choralarini qoʻllash vaqti keldi, dedi u.
Hukumatimiz zaif. Ular oʻz manfaatlarini himoya qilishga qodir emas.
Javob berishFikrlar 15
Rossiya tovarlariga ham xuddi shunday taqiq joriy qiling. Shaxsan men uchun bizning mahsulotlarimizdan yaxshisi yoʻq.
Javob berishFikrlar 15
Qozoq tadbirkorlariga qarshi yuritayotgan eksport-import siyosatini Rossiyaning oʻziga nisbatan qoʻllash kerak.
Javob berishFikrlar 15
Rossiya oʻzinikidan ikki baravar arzonroq Qozogʻiston benzinini ham kiritmayapti. Rossiyalik haydovchilar mashinaga yoqilgʻi quyish uchun Qozogʻistonga kirishadi. Chegaraga yaqin yoqilgʻi quyish shoxobchalarida faqat Rossiya avtomobillari turadi!
Javob berishFikrlar 15
Balo toʻsatdan yopirildi
Javob berishFikrlar 15
Import tovarlar uchun boj va yigʻimlarni tiklashimiz kerak
Javob berishFikrlar 15
YOII o‘rniga turkiy davlatlarning yagona savdo ittifoqini yaratish kerak. Buning foydasi koʻproq, bozor ham kattaroq boʻladi.
Javob berishToʻppa-toʻgʻri, turkiy mamlakatlar harbiy ittifoqini ham tuzish kerak
Javob berishFikrlar 15
Javob choralarini koʻrish kerak! Hamma uchun teng savdo qoidalarini qabul qilishmagunicha
Javob berishFikrlar 15
Qozoqlar ularda imtiyozlar boʻlishi kerak deb hisoblaydilar ... :))) Talabchanlikka esa protektsionizm sifatida qaraydilar :))) mahsulotlaringiz bizga kerak emas, doʻkonlar shundoq ham “Raxat” bilan toʻlgan, hech kim sotib olmayapti. Shunchaki “qozoqlar” soʻzidan jirkanish borligi uchun. Bu sizdagi “Nazarboevchilik” natijasidir [Nazarboevning qozoqparastlik favoritizmi]. Ruslar hammasini yaxshi eslaydi ... Va yana bir narsa ... Putin nega Qozogʻistonda KAMAZ ehtiyot qismlarini ishlab chiqaradigan zavod qurmoqda? Nega ishimiz va pulimizni bizdan tortib olyapti?
Javob berishEy ahmoq, ruslardan butun dunyoda jirkanishadi. Tushunmayman, bizga bunaqangi qallob sherikning nima keragi bor? Rossiya koʻcha qonun-qoidalari bilan yashaydi; U yerdagi odamlarning 80 foizi hayvonsifatlar va faqat kuch ishlatishni tushunadi.
Javob berishFikrlar 15
Janubiy qoʻshnimiz Qirgʻiziston bilan muammolarimiz bir xil. Qozogʻistonda qirgʻiz mahsulotlarini topish mushkul. Doʻkonlarimizdagi sarxil va quritilgan mevalar Tojikistondan keltirilgan boʻlsa-da, Tojikiston YOII aʼzosi emas. Hukumat bu narsani bir maromiga keltirishi kerak.
Javob berishChunki Asha Qozogʻistonni koʻp tanqid qilgan.
Javob berishFikrlar 15
Qozogʻistonga Rossiya mahsulotlari kirishiga yoʻl qoʻymasligimiz kerak. Shundoq ham yetarlicha koʻp. Bu iqtisodiyotimiz va kompaniyalarimizga yordam beradi. Rossiya bir necha baravar koʻp yoʻqotadi.
Javob berishQoʻshilaman. Rossiya tovarlarini kiritmaslik kerak; qarshi choralar zarur. Boshqa variant yoʻq va boʻlmaydi
Javob berishFikrlar 15