Karvonsaroy
Terrorizm

“Islom davlati” markazlashmagan moliyalashtirish tizimiga oʻtishi mumkin

AFP

Iroq va Suriyadagi hududlarni boy berishidan avval IDning pul birligi – dinor boʻlgan. Mutaxassislarga koʻra, guruh yetakchisi al-Bagʻdodiyning oʻlimidan keyin guruhning moliyaviy holati yanada zaiflashadi. (Fayl)

Iroq va Suriyadagi hududlarni boy berishidan avval IDning pul birligi – dinor boʻlgan. Mutaxassislarga koʻra, guruh yetakchisi al-Bagʻdodiyning oʻlimidan keyin guruhning moliyaviy holati yanada zaiflashadi. (Fayl)

“Islom davlati” (ID) yetakchisi yoʻq qilinganidan keyin guruhning moliyalashtirish modeli Iroq va Suriyada markazlashgan koʻrinishdan yakkalangan usulga oʻtishi mumkin.

“Ularda hali ham millionlab dollar bor”, dedi AQSH moliya vazirining terrorizmni moliyalashtirishga oid masalalar boʻyicha yordamchisi Marshall Billingsli 20-noyabr kuni Lyuksemburgda IDga qarshi kurash masalalariga bagʻishlangan yigʻilishdan soʻng.

Uning aytishicha, guruhning moliyaviy operatsiyalari “Iroq va Suriyadagi markazlashgan modeldan mintaqaviyroq yondashuvga” oʻtishi kutilmoqda, chunki guruh Abu Bakr al-Bagʻdodiyning oʻlimidan keyingi vaziyatga moslashmoqda.

Al-Bagʻdodiy 26-oktabr kuni Suriya shimoli-gʻarbidagi maxfiy boshpanasiga AQSH maxsus kuchlarining reydi chogʻida oʻldirilgan, u bir vaqtlar Suriya va Iroqning shimoliy qismini qamrab oligan “xalifalik” tor-mor etilganidan soʻng yashiringan edi.

Billingslining taxminiga koʻra, ID “moliyaviy tarafdan oʻz-oʻzini taʼminlay olishi uchun turli mintaqaviy idoralariga” tayanadi. Bunga, xususan, odam oʻgʻirlash orqali pul talab qilish, tovlamachilik va hatto Nigeriyada mavjud boʻlgan sigir oʻgʻirlash amaliyotlari orqali erishilishi mumkin.

Lyuksemburg uchrashuvi “Counter IS Finance Group” bayrogʻi ostida IDni moliya tizimiga qarshi kurash uchun tuzilgan koalitsiya tarkibiga kirgan mamlakatlar vakillarini toʻpladi.

AQSH, Italiya va Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya ikki yangi aʼzo – Malayziya va Tailandni qabul qildi. Ular yiliga ikki marta turli joylarda yigʻilish oʻtkazadilar, yigʻilish haqida avvaldan xabar berilmaydi.

18-noyabr kuni AQSH Moliya vazirligi Turkiya, Suriya, Fors koʻrfazi va Yevropadagi IDga moliyaviy yordam koʻrsatgan sakkizta kompaniya va shaxsni sanktsiyalar roʻyxatiga kiritgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500