Karvonsaroy
Xavfsizlik

Qozogʻiston va AQSH rasmiylari Vashingtonda strategik sheriklik masalasini muhokama qildilar

Karvonsaroy

Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Yerjan Ashiqbayev (oʻngda) va AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari boʻyicha yordamchisining birinchi oʻrinbosari Elis Uells (chapda) AQSH - Qozogʻiston kengaytirilgan strategik sheriklik komissiyasining (KSSHK) majlisi chogʻida. 4-dekabr, Vashington. [Qozogʻiston tashqi ishlar vazirligi]

Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Yerjan Ashiqbayev (oʻngda) va AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari boʻyicha yordamchisining birinchi oʻrinbosari Elis Uells (chapda) AQSH - Qozogʻiston kengaytirilgan strategik sheriklik komissiyasining (KSSHK) majlisi chogʻida. 4-dekabr, Vashington. [Qozogʻiston tashqi ishlar vazirligi]

VASHINGTON, Kolumbiya okrugi – Chorshanba (4-dekabr) kuni Qozogʻiston va AQSH rasmiylari Vashingtonda yigʻilib, ikki mamlakat oʻrtasida rivojlanib borayotgan strategik sheriklikni muhokama qildilar, deyiladi hukumatlarning rasmiy bayonotida.

AQSH Davlat departamentiga koʻra, Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Yerjan Ashikbayev va AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari boʻyicha yordamchisining birinchi oʻrinbosari Elis Uells AQSH - Qozogʻiston kengaytirilgan strategik sheriklik komissiyasi (KSSHK) doirasida muzokara oʻtkazdilar.

Ikki yil oldin tashkil etilgan KSSHK har yili ikki mamlakat oʻrtasida turli masalalarga oid hamkorlikni muhokama qilish uchun yigʻiladi.

“Jusan” operatsiyasining muvaffaqiyati

AQSH Davlat departamenti Qozogʻistonning terrorizmga qarshi kurash va “600 ga yaqin qozoq fuqarosini Suriyadan vataniga qaytarish va jamiyatga qayta moslash” boʻyicha erishgan yutuqlarini qayd etib, “Jusan” (Achchiq shuvoq) operatsiyasini yuqori baholagan.

Qozogʻiston xavfsizlik kuchlari radikallashgan qozoq fuqarolarini 2019-yil davomida bir nechta reyslar orqali vataniga qaytargan.

Ularning aksariyati – asosan ayollar va bolalar – butun Qozogʻiston boʻylab reabilitatsiyadan oʻtkazilmoqda, qaytganlardan 15 nafari javobgarlikka tortilgan, yana 14 kishi “Islom davlati”ga (ID) ga aʼzolikda ayblanib sudlanmoqda.

AQSH Davlat departamentining terrorizmga qarshi kurash boʻyicha koordinatori va elchi Natan A. Seyls oktabr oyida Nur-Sultonga tashrifi chogʻida Qozogʻistonda “qaytarilganlarni toʻgʻri yoʻlga boshlash va jamiyatga qayta moslashtirish” yoʻlida olib borilgan ishlarni yuqori baholadi.

Seyls vataniga qaytarilgan qozoqlarni Suriyada olgan jarohatlardan xalos qilishda tibbiyot xodimlari va ruhshunoslarning rolini alohida taʼkidlab oʻtdi.

“Biz buni dunyoning qolgan mamlakatlari uchun namuna boʻla oladigan yaxlit yondashuv ekanligini koʻrmoqdamiz”, degan edi oʻshanda Seyls.

4-dekabr kuni delegatsiyalar giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash va kiber-xavfsizlikni taʼminlash, shuningdek radikallashgan qozoq fuqarolarini Iroqdan vataniga qaytarish masalasini muhokama qildilar (“Jusan” operatsiyasi faqatgina Suriyaga taalluqli boʻlgan).

Koʻp qirrali hamkorlik

Hukumatlar bergan bayonotga koʻra, Vashingtonga yigʻilgan rasmiylar aviatsiya, savdo, madaniy almashuvlar va taʼlim sohalaridagi hamkorlik masalalarini ham muhokama qilganlar.

Uchrashuv ishtirokchilari Qozogʻiston iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish yoʻlida ikki mamlakat kompaniyalari oʻrtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish zarurligini taʼkidladilar.

Qozogʻiston va Qoʻshma Shtatlar hamkorligi turli sohalarni qamrab olgan.

Iyun oyida Qozogʻiston “Dasht Burguti - 2019” operatsiyasiga mezbonlik qilgan edi. Bu koʻp millatli harbiy mashqlarda Buyuk Britaniya, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkiya, Oʻzbekiston va Qoʻshma Shtatlardan kelgan harbiylar ishtirok etishdi. “Dasht Burguti” 2003-yildan beri har yili oʻtkazib kelinadi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

2013 yili Lvov shahrida yashadim. Osiyodan ekanimni bilib qolib, bunaqa “hasharotlar” bilan qanday yashash mumkin, deb soʻrashardi...va shunga oʻxshash boshqa gaplar. Endi esa yumshoq va momiq boʻlib qolishgan.

Javob berish