Karvonsaroy
Iqtisodiyot

Qozogʻistondagi mehnat sharoitlarining yaxshilanayotgani migrantlarni Rossiyani tark etishga undamoqda

Kanat Altinbayev

Olmaotadagi qurilish maydoni, 11-dekabr. Kuzatuvchilarning taʼkidlashicha, Qozogʻistonda migrantlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari Rossiyadagidan yaxshiroq. (Kanat Altinbayev)

Olmaotadagi qurilish maydoni, 11-dekabr. Kuzatuvchilarning taʼkidlashicha, Qozogʻistonda migrantlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari Rossiyadagidan yaxshiroq. (Kanat Altinbayev)

OLMAOTA – Ishlash uchun Qozogʻistonga kelayotgan Markaziy osiyolik mehnat muhojirlari koʻpayib bormoqda, zero bu mamlakatda ishga joylashish uchun imkoniyatlar koʻproq boʻlib, hukumat mintaqaning mamlakatlari oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirishga va “birodarlik” muhiti yaratishga urinmoqda.

Bu Rossiyadagi vaziyat – maoshlarning pasaygani, mehnat migrantlarining muntazam ravishda irqchilik va ksenofobiyaga, davlat xizmatchilari va politsiyasi tomonidan esa taʼmagirlikka duch kelayotgani bogʻliq holatlardan keskin farq qiladi.

“Fargʻona Nyus” nashrining 2-dekabr kungi xabariga koʻra, Qozogʻiston migrantlar uchun qoidalarni yanada soddalashtirmoqchi. Tashqi ishlar vazirligining muloqot guruhi Qozogʻiston bilan vizasiz rejimga ega mamlakatlardan kelgan migrantlarga ishlash uchun ruxsat olish talabini bekor qilish taklifini bildirgan. Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari Qozogʻiston bilan vizasiz rejimga ega.

Kichik biznesga koʻmak

Taklif etilayotgan islohot kichik biznesda ish qidirayotgan migrantlarga nisbatan qoʻllaniladi.

Suratda: Olmaotadagi qurilish maydoni, 11-dekabr. (Kanat Altinbayev)

Suratda: Olmaotadagi qurilish maydoni, 11-dekabr. (Kanat Altinbayev)

Bu taklif boshlangʻich bosqichda boʻlib, uning tarafdorlari mehnat migrantlarining oqimiga oid qanday qoidalar ruxsat olish talabining oʻrnini bosa olishiga aniqlik kiritmaganlar.

Olmaotadagi “Xalqaro huquqiy tashabbus” (XHT) huquqbon nodavlat tashkiloti bu gʻoyani qoʻllab-quvvatlamoqda.

“Hozirgi vaqtda mehnat migrantlarini ruxsat olmasdan faqat uy ishchilari sifatida yollash mumkin. Boshqa hollarda ish beruvchi yillik ishchilar kvotasi doirasida chet ellik ishchilarini yollash uchun ruxsatnoma olishi kerak”, deb yozadi Fergana News XHT vakili Ayna Shormanbayevadan iqtibos keltirib.

“Natijada koʻpchilik shartnomasiz ishlaydi, shartnoma yoʻq ekan, hech qanday huquqlar ham boʻlmaydi”, dedi u.

Shormanbayevaning aytishicha, jamgʻarma Qozogʻistonda mehnat migrantlarini ish bilan taʼminlashni soddalashtirishni tavsiya qilgan va Ichki ishlar vazirligining migratsiya xizmati qoʻmitasining ishontirishicha, “ushbu tavsiyalar deyarli bajarilgan”.

“Agar parlament IIV takliflarini qabul qilsa, mamlakatda kichik biznes korxonalari Oʻzbekiston yoki Tojikiston fuqarolarini qonuniy ravishda yollashi mumkin”, deydi u.

“Bu mehnat migrantlari huquqlarining buzilishiga oid holatlarning oldini olishga yordam beradi, shuningdek budjetiga soliq tushumini koʻpaytiradi. Biz parlament aʼzolarini bu oʻzgartirishlarni qoʻllab-quvvatlashga va millionlab odamlarga qonuniy ishlash imkoniyatini berishga chaqiramiz”, dedi Shormanbayeva.

Rossiya oʻrniga Qozogʻiston

Qozogʻistondagi oʻzgarishlar Rossiyadagi mehnat migratsiyasi koʻlamining pasayishi bilan bir vaqtga toʻgʻri kelmoqda.

UzAnalytics saytining statistik maʼlumotlariga koʻra, Rossiyaga ishlash uchun borgan oʻzbekistonliklar soni 2014-yildagi 1 milliondan 2018-yilda 852 mingga tushgan.

Shu bilan birga, 2016-yilda 468441 nafar oʻzbekistonlik Qozogʻistonga kelgan, 2018-yilda esa bu raqam 3 milliondan oshgan.

Qozogʻiston kelgan oʻzbekistonliklarning hammasi ham ish izlab kelmagan boʻlsa-da, Qozogʻistondan Oʻzbekistonga yuborilgan mablagʻ miqdori 2018-yilda 2017-yilga nisbatan 28 foizga oshgan.

Qozogʻistonda migrant ishchilar asosan qurilishda, taʼmirlash ishlarida, xizmatlar, doʻkonlar va qishloq xoʻjaligida ishlashadi. Koʻpchilik norasmiy mehnat qilganligi sabab, aniq raqamlar mavjud emas.

Qozogʻistonga ish izlab yoʻl olgan Markaziy Osiyoliklar ichida nafaqat oʻzbekistonliklardir.

Qirgʻizistonlik mehnat migrantlari ham soʻnggi yillarda Qozogʻistonni tanlamoqdalar, deydi bishkeklik iqtisodchi Elmira Suranchiyeva. Uning taʼkidlashicha, Qozogʻistonda mehnat kuchiga talab barqaror tarzda oshib bormoqda.

“Bu talab, ayniqsa, davlat tomonidan imtiyozli ipoteka dasturlarining joriy etilishi bilan qayta jonlangan qurilish sohasiga tegishli”, deb qoʻshimcha qildi u.

Qozogʻistonda “birodar” deb hisoblanadigan qirgʻizistonlik mehnat migrantlari uchun ish sharoitlari ancha qulayroq va nisbatan barqaror iqtisodiyot kelajak uchun rejalar tuzishga imkon beradi, dedi u.

Rossiyaga oid statistik maʼlumotlar Rossiyaga kelayotgan ishchi migrantlar soni kamayganini tasdiqlaydi.

19-sentabr kuni “Rossiyskaya gazeta” (RG) rasmiy nashri 2018-yilda Rossiyaga migrantlar oqimi postsovet davrdagi eng past koʻrsatkichni qayd etgani haqida xabar bergan edi. Ammo oʻsha paytda mehnat kuchiga ehtiyoj yuqori boʻlgan.

“Rossiya prezidenti huzuridagi Xalq xoʻjaligi va davlat boshqaruvi akademiyasining (RANXiGS) Ijtimoiy tahlil va prognozlash instituti mutaxassislariga koʻra, 2018-yilda Rossiyaga kelganlar soni 2017-yilga nisbatan 4 foizga kamaydi, mamlakatni tark etganlar soni esa 16,9% ga oʻsdi”, deb yozgan RG.

Roʻyxatdan oʻtgan migrantlar soni uchdan biriga, berilgan ruxsatnomalar soni esa deyarli ikki martaga kamaygan, deb qoʻshimcha qilgan Rossiyskaya gazeta 2017-yil koʻrsatkichlarini 2018-yil raqamlari bilan solishtirib.

Korruptsiya, tovlamachilik, ksenofobiya

Mehnat migrantlari koʻz oʻngida Rossiya nufuzining pasayishiga turgʻunlashgan iqtisodiyot, rublning qadrsizlanishi va buning ortidan maoshlarning pasaygani sabab boʻlmoqda.

Yana bir muhim sabab – rossiyaliklar orasida Markaziy Osiyodan kelgan migrantlarga nisbatan ksenofobik kayfiyatning mavjudligi.

Rossiyadagi migrantlar nafaqat politsiyadan, balki migratsiya agentligi va hayotlari bilan bogʻliq barcha davlat idoralari tomonidan taʼmagirlikka duch kelmoqdalar.

Samarqandlik 34 yashar Umid Mahmudov Olmaotaga ikki yil oldin kelgan va bu yerda quruvchi boʻlib ishlaydi. U bir yilga yaqin Rossiyada ishlagach, Qozogʻistonga kelishga qaror qilganini aytadi.

“Mahalliy politsiya meni taʼqib qilardi”, dedi Mahmudov. “Ular mendan pora olish uchun doim hujjatlarimni tekshirar edilar.”

U Rossiyadan koʻra Qozogʻistonda oʻzini qulayroq his qilishi va bu yerda deyarli Moskvadagidek pul topishini aytdi.

Mehnat migratsiyasi korruptsiyalashgan davlat xizmatchilarining boyishi uchun keng yoʻl ochadi, degan edi “Migratsiya XXI asr” nodavlat tashkiloti rahbari Vyacheslav Postavnin sentabr oyida Deutsche Welle bilan suhbatda.

“Rossiya ichki ishlar vazirligi tizimida ichki xavfsizlik boʻyicha alohida boʻlim bor, u Rossiyaning mehnat migratsiyasiga aloqador idoralaridagi korruptsiya holatlariga qarshi kurashadi”, dedi Postavnin.

Bu idoralardagi korruptsiya “hamon mavjud va yuqori darajada”, dedi u. “Jinoiy ishlarning keti uzilmaydi.”

Rossiya hukumati Oʻzbekistonga bergan vaʼdasida turmayapti, deb qoʻshimcha qildi Rossiya Federatsiyasi migratsiya xizmati direktorining sobiq oʻrinbosari.

Kreml Oʻzbekiston bilan mehnat migrantlarini qabul qilish boʻyicha bitim imzolagan boʻlsa-da, “migrantlar bilan ishlash mexanizmini yaratish boʻyicha hech qanday chora koʻrmagan”, dedi Postavnin.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 9

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Bu yerga kelinglar, oʻzbek va qirgʻiz birodarlar, kelsangiz qozoqlar xursand boʻlishadi. Biz aka-ukalarmiz..!

Javob berish

Pul Qozogʻistondan oqib chiqib ketishda davom etyapti. Nimaga qozogʻistonliklarga pul ishlashga imkoniyat berishmaydi? Nimaga biz uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratishmaydi? Jin ursin, eski tos, eski hammom.

Javob berish

Men maoshlar va migrantlar soni haqidagi fikrga qoʻshila olmayman. Birinchidan, aholiga yashash uchun sharoit qilib berishingiz kerak, ana undan keyin migrant ishchilar kelishi imkoniyatlarini oʻrganish kerak.

Javob berish

Jin urgur Rossiyaning yaxshi takliflari tugagan, alvido.

Javob berish

Toʻgʻri.

Javob berish

Qo‘shilaman. Rossiyada maoshlarimiz miqdori kamayib ketdi; oldingidek emas. Ko‘proq ishlashimizni xohlashadi, ammo pul to‘lagilari kelmayapti; odamlar kambag‘allashib ketyapti.

Javob berish

Veb-saytingizda qo‘yilganidek axmoqona narsalarni ko‘rmaganman!!!! Sotqinlar

Javob berish

Aholi jon boshiga imigrantlar soni bo‘yicha Qozog‘iston MDHda birinchi o‘rinda. Iqtisodiy inqiroz, natsizm, skinxedlar va vahshi odatlar sababli Rossiya yomonlashib boryapti.

Javob berish

Ulugʻvorlik darajasi keragidan ortiq, sanktsiyalar kuchaymoqda, lekin Qrim bizniki ))

Javob berish