Karvonsaroy
Xavfsizlik

Qozogʻistonda giyohvand moddalar bilan bogʻliq pullarni legallashtirishga qarshi kurash boʻyicha trening oʻtkazildi

Karvonsaroy

Belaruslik ekspert mashgʻulot ishtirokchilari guruhini muvofiqlashtirish boʻyicha oʻz tavsiyalarini bermoqda, Olmaota, 10-dekabr. (YXHT)

Belaruslik ekspert mashgʻulot ishtirokchilari guruhini muvofiqlashtirish boʻyicha oʻz tavsiyalarini bermoqda, Olmaota, 10-dekabr. (YXHT)

OLMAOTA – 13-dekabr kuni Olmaotada giyohvand moddalar savdosidan olingan pullarni legallashtirishga qarshi kurash boʻyicha bir haftalik mashgʻulotlar yakunlandi, deb xabar berdi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) oʻz bayonotida.

Simulyatsiya mashqlari Markaziy Osiyoda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash boʻyicha mintaqaviy axborot-muvofiqlashtirish markazida (CARICC) oʻtkazildi.

Ishtirokchilar orasida janubiy viloyatlardan kelgan 20 ga yaqin ichki ishlar, prokuratura va Qozogʻiston moliyaviy monitoring qoʻmitasi xodimlari, shuningdek xususiy sektor vakillari bor edi.

Real vaqt rejimida oʻtkazilgan jonli simulyatsiya mashqlari giyohvand moddalar savdosidan olingan pullarni legallashtirishga oid ishlarni tergov qiladigan va jinoiy javobgarlikka tortadigan huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari uchun moʻljallangan.

Jambil viloyatidagi “Koʻknori” operatsiyasi chogʻida giyohvand moddalar izlayotgan iskovuch itlar. 2017-yil 15-iyun. (Jambil viloyat politsiyasi)

Jambil viloyatidagi “Koʻknori” operatsiyasi chogʻida giyohvand moddalar izlayotgan iskovuch itlar. 2017-yil 15-iyun. (Jambil viloyat politsiyasi)

Ishtirokchilar onlayn-vositalari noqonuniy faoliyatni yashirishda qoʻllanishi mumkin boʻlgan xususiy sektor subyektlari bilan hamkorlikning oʻziga xosliklari bilan ham tanishdilar.

Terrorchilar va ularning hamtovoqlari muntazam ravishda giyohvand moddalar savdosi va pul yuvish amaliyotlaridan foydalanishi hech kimga sir emas.

Ishtirokchilar narkobiznes bilan shugʻullanuvchi transmilliy guruh aʼzolari rolini ijro etgan professional aktyorlar ishtirokidagi videolavhani tahlil qildilar.

Xalqaro darajadagi murabbiylar

Ishtirokchilarning oʻquv mashqlari davomidagi ishi mashgʻulotni ishlab chiqishda qatnashgan Belarusь va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand moddalar va jinoyatchilik boʻyicha byurosi mutaxassislari tomonidan baholandi.

YXHT tadbiri AQSHning Nur-Sultondagi elchixonasi, Bosh prokuratura huzuridagi huquqni muhofaza qilish akademiyasi va CARICC bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Trening YXHTning “samarali boshqaruvni qoʻllab-quvvatlash, pul yuvish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash, shuningdek, onlayn vositalardan foydalangan holda giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi va savdosiga qarshi kurashish” boʻyicha bir necha yilga moʻljallangan choralari doirasida oʻtkazildi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500