Karvonsaroy
Atrof muhit

Sovet davridan qolgan chiqindilarga qarshi kurashayotgan Qirgʻiziston uran qazib olishni taqiqladi

Karvonsaroy

Bishkekdan 110 km masofadagi Orlovka qishlogʻi yaqinida joylashgan sobiq uran koni chiqindixonasidagi kremniy. (Vyacheslav Oseledko/AFP)

Bishkekdan 110 km masofadagi Orlovka qishlogʻi yaqinida joylashgan sobiq uran koni chiqindixonasidagi kremniy. (Vyacheslav Oseledko/AFP)

BISHKEK – Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeyenbekov mamlakatda uran va toriy konlarini qidirish va qayta ishlashni taqiqlovchi qonunga imzo chekdi.

31-oktyabrda Qirgʻiziston parlamenti tomonidan qabul qilingan va dushanba (16-dekabr) kuni prezident tomonidan imzolangan qonunning maqsadi “aholi salomatligi, yerlar, suv havzalari, oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, Qirgʻiziston fuqarolarining yashashi, ishlashi va dam olishi uchun qulay muhit yaratish, shuningdek, mamlakatdagi radiatsion va ekologik xavfsizlikni taʼminlashdir”, deyiladi xabarda.

Qonun shuningdek, tarkibida uran va toriy moddalari boʻlgan xomashyo va chiqindilar importini ham taqiqlaydi.

Qonun eʼlon qilinganidan 15 kun oʻtib kuchga kiradi, deyiladi xabarda.

Suratda: 2009-yilning 23-aprel kuni Bishkekdan 150 km uzoqlikdagi Oq-tuz qishlogʻida joylashgan 1-raqamli chiqindi omborida Qirgʻiziston favqulodda vaziyatlar vazirligining radiolog mutaxassisi Zarina Moldosheva radioaktiv faollik darajasini oʻlchamoqda. Mazkur hududda oʻtmishdagi metallni qayta ishlash zavodidan qolgan 4 ta chiqindixona mavjud. Ularda umumiy hajmi taxminan 4,7 mln. kub metrga teng chiqindilar, jumladan kadmiy, qoʻrgʻoshin, molibden, sink, mis, berilliy va boshqa moddallar bor. [Vyacheslav Oseledko/AFP]

Suratda: 2009-yilning 23-aprel kuni Bishkekdan 150 km uzoqlikdagi Oq-tuz qishlogʻida joylashgan 1-raqamli chiqindi omborida Qirgʻiziston favqulodda vaziyatlar vazirligining radiolog mutaxassisi Zarina Moldosheva radioaktiv faollik darajasini oʻlchamoqda. Mazkur hududda oʻtmishdagi metallni qayta ishlash zavodidan qolgan 4 ta chiqindixona mavjud. Ularda umumiy hajmi taxminan 4,7 mln. kub metrga teng chiqindilar, jumladan kadmiy, qoʻrgʻoshin, molibden, sink, mis, berilliy va boshqa moddallar bor. [Vyacheslav Oseledko/AFP]

Qirgʻizistondagi uran chiqindixonalaridan biri, sanasiz surat. (Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki)

Qirgʻizistondagi uran chiqindixonalaridan biri, sanasiz surat. (Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki)

“Qoʻlbola bombalar”

Markaziy Osiyo, xususan Qirgʻiziston oʻzidan keyin bir talay xavfsizlik va ekologik muammolarni qoldirib ketgan Sovet Ittifoqi uchun uran moddasining asosiy manbai boʻlib xizmat qilgan.

Tojikiston hukumati mamlakatdagi chiqindixonalarda “qoʻlbola bombalar” ishlab chiqarish uchun kifoya qiladigan darajada uran moddasi borligidan xavotir bildirgan edi.

Joriy yil kuzda Yevropa Ittifoqining (YI) 85 mln. yevro ($95 mln. AQSH dollari) hajmidagi moliyaviy koʻmagi bilan Markaziy Osiyodagi yettita obyektda (uchtasi Qirgʻizistonda joylashgan) sovet davridan qolgan uran konlarida tozalash ishlari boshlanishi rejalashtirilgan edi.

KyrTag axborot agentligi xabariga koʻra, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekistonda radioaktiv chiqindilar muammosiga qarshi kurash ishlari sentabr oyida boshlanishi kerak edi, ajratilgan mablagʻning asosiy qismi – 39 mln. yevro (43 mln. dollar) Qirgʻizistondagi tiklash ishlariga yoʻnaltirilgan edi.

Bu boradagi ishlar Jalolobod viloyatining Moylisoy shahridan boshlanishi belgilangan.

Yevropa Ittifoqining 2017-yilgi hisob-kitoblariga koʻra, Markaziy Osiyoda 1 milliard tonnaga yaqin zaharli uran chiqindilari mavjud.

Sovet Ittifoqi Qirgʻizistondagi turli hududlarda uran qazib olib, qayta ishlagan va juda koʻp miqdorda radioaktiv chiqindilar qoldirgan, degan edi yoshlar tashabbusi boʻlgan “MoveGreen” tashkiloti xodimasi, bishkeklik muhandis-ekolog Baktigul Stakeyeva shu yilning aprel oyida.

Bunday chiqindilardan kelib chiqadigan xavflarni bartaraf qilishda Qirgʻizistonga chet ellik donorlar zarur, dedi u.

“Muammo juda jiddiy boʻlgani sababli bu yordam biz uchun muhim”, dedi Stakeyeva.

Sovetlarning beparvoligi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) aprel oyida Qirgʻizistonda Sovet davridan qolgan uran obyektlarini tozalash choralari haqida eʼlon qilgan.

YTTB va uning Markaziy Osiyodagi sheriklari oldida ulkan vazifa turibdi.

Sovet tuzumi 50 yildan ortiq vaqt davomida Markaziy Osiyoda uran qazib chiqargan va boshqa mamlakatlardan uran rudasi olib kelib, qayta ishlagan.

YTTBga koʻra, “chiqindixonalar va omborxonalarda katta miqdorda zaharli radioaktiv moddalar toʻplanib qolgan”. 1995-yilda aksariyat konlar yopilganiga qaramay, Rossiya bu yerlarni tark etgunigacha va undan keyin deyarli hech qanday tozalash ishlarini olib bormagan.

YTTB – yadroviy xavfsizlik va zararsizlantirish dasturlarida ishtirok etuvchi yagona xalqaro moliya muassasasi boʻlib, bu sohada 1993-yildan beri faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

ERA jamgʻarmasini Yevropa Ittifoqi, Belgiya, Shveytsariya, Norvegiya va Litva mablagʻ bilan taʼminlaydi.

YTTB shuningdek, 1986-yili Chernobildagi (Ukraina) AESda yuz bergan mudhish halokatdan keyingi tiklash ishlarida, Bolgariya, Litva va Slovakiyadagi sobiq sovet yadro reaktorini zararsizlantirish va Rossiya shimoli-gʻarbidagi radioaktiv chiqindilarni bartaraf etish ishlarida ham faol qatnashib kelmoqda.

Milliy boyliklarga hurmatsizlik

Oʻtgan yili Qirgʻiziston fuqarolari, faollar va ekologlar Rossiyaning Issiqkoʻlda oʻtkazgan harbiy sinovlari va mashgʻulotlaridan dargʻazab boʻlib, bu mashqlar atrof-muhitga zarar yetkazishini aytgan edilar.

Issiqkoʻl mamlakatdagi asosiy sayyohlik maskanlaridan biridir.

“Koʻrishga arzigulik voqea! Issiqkoʻldagi harbiy mashgʻulotlardan olingan 20 ta surat” – Kremlning tashviqot quroli boʻlmish “Sputnik” gazetasida chop etilgan foto-maqola sarlavhasi shunday nomlangan.

Mahalliy mushtariylarning aksari bu maqolani istehzo oʻlaroq qabul qilib, koʻl atrofida oʻtgan harbiy mashqlardan ranjiganlar, chunki bu hudud oʻzining shifobaxsh suvlari va nozik ekotizimi bilan salkam muqaddas maskan hisoblanadi.

Bishkeklik muhandis-ekolog, “MoveGreen” ekologik harakati xodimasi Baxtigul Stakeyeva Issiqkoʻl atrofida oʻtgan mashqlarning koʻl ekologiyasiga jiddiy zarar yetkazganini qoraladi.

Harbiy mashqlar davomida roʻy bergan portlashlar zararli moddalarni tarqatishi shubhasiz, dedi u Karvonsaroy nashriga.

“Portlashlar yuz bergan joyda chuqurlar paydo boʻladi, ularning atrofidagi tuproq va oʻsimliklar xarob boʻladi”, dedi u. “Zaharli moddalar, tuproq, suv va hayvonot olamiga ziyon yetishidan tashqari, shovqinli ifloslanish ham bor.”

Mahalliy ekotizim harbiy mashqlarsiz ham oʻta nozik, dedi u.

“Sevimli koʻlimizning allaqachon buzilgan ekotizimini yanada nobud qilish notoʻgʻri qaror”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Issiqkoʻl har kuni ifloslanadi. Issiqkoʻl qirgʻogʻida joylashgan kurortlar unga katta ziyon yetkazmoqda. Ular yil sayin koʻpayib bormoqda. Haydovchilar mashinalarini suv oldiga olib kelishadi, Issiqkoʻlga quyiladigan suvlarda mashina yuvadilar. Nega koʻl boʻyida turli dam olish maskanlarini ochish taqiqlanmaydi? Ularning oqova suvlari Issiqkoʻlga quyiladi-ku. Koʻl uchun tabiiy filtr boʻlgan butalarning kesilishichi! Ekologoya idoralari nima bilan shugʻullanmoqda? Nazorat yoʻq. Qirgʻiziston va Issiqkoʻl tabiatiga chinakam tashvish chekayotganlar, zudlik bilan shu ishlarga eʼtibor qaratishlari kerak! Oʻtmishda Issiqkoʻl qirgʻogʻi boʻylab qurilish taqiqlangan va chiqindilarni tegishli ravishda yoʻq qilishga qatʼiy rioya qilinar edi, ammo nega hozir hech kim bu haqda oʻylamayapti? Xodimlari oylik maosh evaziga oʻz ishini vijdonan bajaradigan xizmatlar qani?

Javob berish

Eskirgan zararli sovet inshootlari

Javob berish