Karvonsaroy
Inson huquqlari

Qozogʻistonda odam savdosi muammosiga bagʻishlangan YXHT seminar-treningi oʻtkazildi

Karvonsaroy

Fohishalar rolini ijro etayotgan aktrisalar, Oqmola viloyatining Koshi qishlogʻida YXHT tomonidan oʻtkazilgan odam savdosiga qarshi kurash boʻyicha seminar-trening, 2018-yil 27-sentabr. Huquq-tartibot idoralari xodimlari va tahlilchilarga koʻra, odamfurushlar mahbuslarni kaltaklab, ularni giyohvand moddalarga oʻrgatadilar. (Aydar Ashimov)

Fohishalar rolini ijro etayotgan aktrisalar, Oqmola viloyatining Koshi qishlogʻida YXHT tomonidan oʻtkazilgan odam savdosiga qarshi kurash boʻyicha seminar-trening, 2018-yil 27-sentabr. Huquq-tartibot idoralari xodimlari va tahlilchilarga koʻra, odamfurushlar mahbuslarni kaltaklab, ularni giyohvand moddalarga oʻrgatadilar. (Aydar Ashimov)

OLMAOTA – Qozogʻiston rasmiylari Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) koʻmagida oʻtkazilgan odam savdosiga qarshi kurash boʻyicha ikki kunlik seminarda ishtirok etdilar, deb xabar berdi YXHT seshanba (17-dekabr) kungi bayonotida.

“Islom davlati” (ID) kabi terrorchilik tashkiloti odam savdosidan oʻz manfaatlarini moliyalashtirish va yollash quroli sifatida foydalangan. Masalan, yangi jangarilarni jalb etish uchun ID Iroqda yazidiy xotin-qizlarni oʻgʻirlab, ulardan jangari guruhga qoʻshilgan erkaklar uchun jinsiy qullar sifatida foydalangan.

13-dekabr kuni Olmaotada yakunlangan YXHT seminari Nur-Sultondagi AQSH elchixonasi va Qozogʻiston ichki ishlar vazirligi koʻmagida tashkil etildi.

Seminarda odam savdosiga qarshi kurash boʻyicha mahalliy komissiyalar faoliyati uchun masʼul boʻlgan mehnat muhofazasi nozirlari va hokimliklar kotiblaridan iborat 28 kishi, shuningdek, huquq-tartibot idoralari va nodavlat tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Trening odam savdosiga qarshi kurashda mehnat muhofazasi nozirlarining roli, shuningdek, Qozogʻistonning odam savdosiga qarshi kurash boʻyicha idoralararo komissiyasining faoliyat mexanizmlariga bagʻishlandi.

Tadbirda hukumat idoralari va xalqaro nodavlat tashkilotlar oʻrtasidagi hamkorlik, kuzatuv va maʼlumot almashish muhimligi taʼkidlandi.

Seminar YXHT tomonidan Qozogʻiston hukumatining odam savdosiga qarshi kurashiga koʻmaklashish choralari va YXHTning odam savdosiga qarshi kurash boʻyicha harakatlar rejasi doirasida boʻlib oʻtdi, deyiladi xabarda.

2018-yil sentabr oyida YXHT Qozogʻistonda odam savdosiga qarshi jonli mashgʻulotlar oʻtkazilgan boʻlib, ushbu simulyatsiya mashqlariga aktyorlar ham jalb etilgan edi.

2018-yili Oqmola viloyatining Koshi qishlogʻida bir hafta davomida oʻtkazilgan seminarda YXHTga hamkor va aʼzo 14 mamlakatdan kelgan “huquqni muhofaza qilish idoralari, mehnat muhofazasi inspektsiyasi, moliyaviy tergov boʻlinmalari, prokuratura boshqarmalari, nodavlat tashkilotlar va ijtimoiy xizmatlarning 50 dan ortiq mutaxassisi” ishtirok etgan.

Loyiha tashkilotchilarning soʻzlariga koʻra, jonli trening davomida odam savdosidan jabrlanganlarini aniqlash va qutqarish usullarini oʻrganilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500