BISHKEK – Bishkek Rossiya politsiyasining qirgʻizistonlik mehnat muhojirlariga nisbatan shafqatsiz munosabatiga nisbatan rasman norozilik bildirdi.
Dushanba (16-dekabr) kuni Qirgʻiziston tashqi ishlar vazirligi 12-dekabrda Rossiyaning Xabarovsk shahrida qirgʻiz migrantlarining kaltaklanishi yuzasidan oʻz noroziligini bildirish uchun Rossiya elchisini chaqirtirgan.
Voqeada jami 73 nafar mehnat migranti jabrlangan. Bu haqda 14-dekabr kuni 24.kg nashri qirgʻiz diasporasi vakillariga tayanib xabar qildi. Jabrlanganlarning barchasi qirgʻiz boʻlganmi yoki yoʻqmi nomaʼlum, shunday boʻlsa-da, Qirgʻiziston hukumati bu ishni oʻz nazorati ostiga olgan.
Rossiya diplomati bilan uchrashuvda qirgʻiz tomoni “Qirgʻiziston respublikasi fuqarolariga nisbatan noqonuniy, rasmiy vakolatlar doirasidan chiquvchi, qoʻpollik bilan kuch ishlatish va haqoratlash koʻrinishidagi bunday xatti-harakatlarga qatʼiy noroziligini” izhor etdi, deyiladi vazirlik xabarida.
Vazirlik “voqeani xolisona oʻrganib chiqib, aybdorlarga nisbatan tegishli choralar koʻrishga” chaqirgan.
Rossiya ichki ishlar vazirligi (MVD) hodisani tergov qilishga vaʼda berdi, deb xabar beradi 24.kg nashri.
“Qamashdi va kaltaklashdi”
12-dekabr kungi hodisada Xabarovsk politsiyachilari mahalliy avtobus parkida reyd oʻtkazib, avtobus haydovchilari boʻlgan Markaziy osiyoliklarni hibsxonaga olib ketishgan. Xabarlarga koʻra, politsiya oʻz xatti-harakatlariga hech qanday izoh bermagan va qoʻlga olinganlardan ayrimlarida Rossiya pasporti borligiga qarab oʻtirmagan.
“Ularning (markaziy osiyoliklar) hammasi bir necha soat davomida dubinkalar bilan shafqatsiz kaltaklangan”, deb xabar berdi 24.kg qirgʻiz diasporasi vakillariga tayanib. “Ularning ayrimlarining yashash ruxsatnomalarini yirtib tashlab, qoʻyib yuborishgan. Migrantlardan bir nechtasi kasalxonaga yotqizildi.”
24.kg nashrida jabrlanuvchilardan birining jarohatlari aks etgan fotosuratlar chop etilgan, bu suratlarni uning oʻzi telefoniga olgan boʻlishi mumkin.
Xabarovskdagi Qirgʻiziston konsulligi maʼlumotlariga koʻra, politsiya mahbuslarning hujjatlarini tekshirish niyatida boʻlgan.
OMON (politsiya maxsus boʻlinmasi) kuchlari ularni ikkita politsiya avtobusida olib ketib, kaltaklaganlar. Bu haqda migrantlar “Tong jahoni” nodavlat tashkiloti rahbari, moskvalik huquqbon Valentina Chupik bilan suhbatda maʼlum qilganlar.
Huquqbuzarliklar kaltaklashdan soʻng ham davom etgan
Shafqatsiz munosabat va tahqirlashlar politsiyadan keyin ham toʻxtamagan.
Olingan tan jarohatlari tufayli migrantlardan bir nechtasi hushini yoʻqotgan, ammo hujjatsiz boʻlganliklari uchun tez tibbiy yordam xodimlari ularni kasalxonaga olib borishdan bosh tortganlar. Ularning hujjatlari reyd chogʻida politsiyachilar tomonidan tortib olingan edi.
Chupik politsiya xodimlari migrantlarni irqchilik asosida kaltaklaganini aytgan.
Politsiyachilar “bir toʻda qiyiq koʻzlilar keldi”, deb baqirib, migrantlarni doʻpposlagan, dedi Chupik. “Bu natsizmga teng jinoyat.”
Inson huquqlari boʻyicha xalqaro federatsiya (FIDH) vitse-prezidenti, bishkeklik Tolekan Ismoilova ham Xabarovskda yuz bergan hodisadagi shafqatsizlikni 1941-yilgi natsizmga qiyoslagan.
“Rossiyadagi migrantlar huquqlari bilan bogʻliq vaziyatga oid qoʻshma hisobotlar ularning (faoliyat) doirasi kichrayib borayotgani, zoʻravonlik va korruptsiyaning esa avj olayotganini koʻrsatmoqda”, dedi u. “Bularning bari Rossiyada inson huquqlari va erkinliklari keng koʻlamda buzilayotganidan darak beradi.”
Rossiyadagi ksenofobiya
Afsuski, rossiyaliklar oʻziga ep koʻrmaydigan ishlarni bajaruvchi Markaziy osiyoliklar mahalliy aholi ularga qanday nafrat va jirkanish bilan qarashini juda yaxshi biladilar.
Avgust oyida oʻtkazilgan soʻrovnomadan maʼlum boʻlishicha, Rossiyadagi mehnat migrantlari sonining kamayishi va ularning mamlakatda kamroq muddat boʻlishini istovchilar soni oʻtgan yildagiga nisbatan sezilarli darajada oshgan.
Oddiy fuqarolarning Markaziy osiyoliklarga qarshi hujumlari ham, korruptsiyalashgan politsiyachilar singari faqat irqiy nafrat asosida boʻlgan.
Rossiyada ishlayotganlar slavyancha koʻrinishda boʻlmaganlarni izlaydigan taqirbosh skinxedlar yoki neonatsistlar hujumiga uchrash xavfi ostidalar, degan edi qirgʻizistonlik mehnat migranti Bolot Oʻrozov iyul oyida.
2018-yilda Rossiyadagi oʻzbek va tojik ishchi-migrantlari shafqatsiz hujumlarni boshdan kechirgan edilar.
Siz bunga loyiq edingiz! Sizning mamlakatingizda ham xitoylik ishchilarga qarshi shu kabi nafrat guruhlari bor edi, bu xitoylik ishchilar esa sizning xxx qashshoq mamlakatingizni barpo etishmoqda.
Javob berishFikrlar 74
Nima uchun bunday qilishadi? Ularning hayotiga xalal berayotgan ekanmi?
Javob berishFikrlar 74
Oʻzing choʻchqaga oʻxshaysan
Javob berishFikrlar 74
Koʻpchilik rossiyaliklar oʻz tarixlarini eslaridan chiqarishgan. Shu sababdan ham oʻz bilganlarini qilishadi. Ammo men evakuatsiya qilingan va SSSRda yashagan blokadada omon qolganlarni shaxsan tanir edim, ular hozirgi avloddan ancha aqlli boʻlishgan.
Javob berishFikrlar 74
Adashasiz. Yomon xalq degan narsa yoʼq, yomon odamlar bor, sizning millatingizda ham yaxshi va yomon, haqir odamlar bor, shuning uchun butun rus xalqi yomon demang!
Javob berishFikrlar 74
Xaloyiq, bir narsaga tushunmayapman, millatning bunga nima aloqasi bor? Qirgʻizlarda millatchilar yoʻqmi? Hamma joyda bor narsa bu; shunchaki, siz provokatsiya nima ekanligini bilmaysiz. Paygʻambar Muhammad (s.a.v.) ning asabiya haqida aytganlari quyidagicha: Asabiya (qabilachilik/radikal millatchilik) haqida gapiradigan boʻlsak, Paygʻambarimiz Muhammad (s.a.v) aytganlaridek: “Asabiyaga chaqirgan yoki asabiya uchun kurashgan yoki asabiya yoʻlida jon bergan kishi bizdan emas (musulmon ummatidan emas). (Sunani Abu Dovud rivoyati) Rivoyat qilishlaricha, paygʻambarimiz Muhammad sallolohu alayhi vasallamdan soʻradilar: “Yo Rasululloh! Asabiya nima oʻzi?” U kishi javob berdilar: “Bu oʻz qavmingizni (yoki qabilangizni) boshqalarga qarshi zulmda qoʻllab-quvvatlashingiz” (Sunan Abu Dovud, 5119-hadis). Oʻz ummatiga asabiyaning hamma shakllari toʻgʻrisida gapirib, paygʻambarimiz Muhammad (s.a.v) shunday dedilar: “Bu ishni tark qilinglar. Bu jirkanch ishdir” (Sahih Buxoriy va Muslim). Odamlar, mehrliroq boʻlinglar. Oʻzim rusman, lekin boshqa millatlarga hech qanday eʼtirozim yoʻq. Sizga tinchlik boʻlsin.
Javob berishYaratganning oʻzi saqlasin sizni!
Javob berishFikrlar 74
Birinchidan, ruslar ishdan hazar qilmaydilar. Ularni mehnat bozoriga kiritishmayapti – ish oʻrinlarini diasporalar sotib olmoqda. Begona mamlakatda shunchalik yomon ekan, nega ular oʻz yurtini tark etyapti? Ruslar ham qirgʻizlar singari oʻz mamlakatlarini tark etishmoqda.
Javob berishGap shundaki, ruslar kam ish qilib, koʻp narsaga ega boʻlishni xohlaydi! Va ular ishlashdan koʻproq dam olish va ichishni yaxshi koʻradi! Mana sizning ish beruvchilaringiz gasterbayterlardan arzon ishchi kuchini yollaydilar! Bundan tashqari, sizning “ishdan jirkanmaydigan”laringiz xohlagan vaqtda ichkilikbozlikka berilishi va xoʻjayinlarining yuzini yerga qaratishi mumkin! Buni shaxsan menga doʻstlarim aytib berishgan; ular oʻsha ish beruvchilar! Bor gap shu!
Javob berishFikrlar 74
Rossiya eng rasvo va tamom boʻlgan mamlakat. Bu mening shaxsiy fikrim.
Javob berishRossiya eng rasvo va tamom boʻlgan mamlakat. Bu ham mening shaxsiy fikrim
Javob berishFikrlar 74
Bachavoz rus piyonistalari, oʻzlari aroq ichishdan boshqasini eplolmaydi va xohlamaydi, “oyoqqa turib oldik” emish, ularning jinsiy pozasini oʻzgartirishgan, xolos... )))
Javob berishSiz ruslar hammangiz sobiq sovet respublikalaridan kevolib, butun Rossiyani toʻldirdingiz! Oʻrnashib olganlar qoldi! Endi koʻkragingizga urib, men moskvalikman, men zoʻrman deb yotibsiz! Oʻzingiz ham migrantsiz! Esingizda boʻlsin, bumerang qonuni bor! Bugun siz bizni, ertaga esa kimdir sizni nafaqat tiz choʻktiradi, balki kerak boʻlsa toʻnqaytiradi ham!
Javob berishMen Moskvada koʻp boʻlganman; haqiqiy moskvaliklarning kelgindilar bilan umuman ishi yoʻq. Ular tinchgina yashaydilar va hech kimni bezovta qilmaydi! Faqat oʻzicha moskvalik boʻlib olganlargina “bu osiyoliklarni oʻz yurtidagi oq tanli ruslarga boʻysunmagani uchun qanday oʻch olish mumkinligini” oʻylab yashaydilar. Ular gapirib, javob qaytarishni boshladilar!
Javob berishFikrlar 74
Mana rus fashizmining asl qiyofasi! Duma ham, hukumat ham irqchilikni qoʻzgʻashga faqat yordam beryapti !!! Churka deb haqorat qilganlik uchun javobgarlik belgilanmagunicha, hech narsa oʻzgarmaydi. Negadir biz ruslarni masxara qilmaymiz, ularning qoʻpolligiga qoʻpollik bilan javob bermaymiz, menimcha qandaydir chora koʻrish vaqti kelgan!
Javob berishFikrlar 74
Hamma fashistlar Ukrainada-ku axir?
Javob berishFikrlar 74
Rossiya fashistlari Gitlerdan yuz karra yomonroq
Javob berishQarindoshlaringdan kimdir kamerada yoqilgan yoki dorga osilganmi? Sen oʻzing natsistsan, nima deb yozayotganingni ham bilmaysan
Javob berishFikrlar 74
Moskvada “Aviapark” savdo markazidagi hibs: politsiya kaltaklangan homilador ayolni yetti soatdan koʻproq vaqt ushlab turgan “Aviapark” savdo markazida ikki tojik fuqarosi hibsga olingan; ikkalasini ham kaltaklangan va (jabrlanuvchilarning soʻzlariga koʻra) Xoroshevskiy tuman ichki ishlar boʻlimiga olib borilgan. (2019 yil 5 yanvar, soat 17:50) yetti soatdan koʻproq vaqt davomida oziq-ovqat, suvsiz ushlab turilgan va hojatga chiqishga ham ruxsat berilmagan. Hibsga olingan ayol homilador, undan qon ketishi kuzatilmoqda. https://www.youtube.com/watch?v=_5xfsPeBrMw
Javob berishBu Rossiya natsizmi va fashizmi.
Javob berishYaxshilikni hech qachon eslamaydigan xalq, bir kun kelib yolgʻiz qoladi. Gap bu choʻchqalar haqida ketayotgan boʻlsa ham.
Javob berish100 foiz haqsiz!
Javob berishFikrlar 74
Nega ruslar oʻzlarini xuddi natsistlardek tutadi?
Javob berishFikrlar 74
31-dekabr kuni OMON butun mamlakat boʻylab yana bir reyd uyushtirib, shu tariqa migrantlarni Yangi yil bilan tabrikladi. Shundan soʻng, uygʻurlarning tahqirlanayotgan xalq haqida uvillayotganini eshitish kulgili. Ular (uygʻurlar) Rossiyaga yuborilganida, haqiqiy irqchilik, natsizm, reydlar va qamoqxonalar qandayligini bilib olgan boʻlishardi.
Javob berishFikrlar 74
31-dekabr 2019-yil. Moskvada migrantlarning ommaviy hibsga olinishi https://www.youtube.com/watch?v=TFuFr6cSWF8
Javob berishFikrlar 74
Ruslarning odamlarimizga nisbatan bunday munosabati notoʻgʻri. Qachonlardir ota-bobolarimiz rus bolalarini qutqargan.
Javob berishQachonlardir, yaqin oʻtmishda Markaziy Osiyo respublikalari slavyanlarni quvib chiqarishgandi
Javob berishBobo va buvingga rahmat
Javob berishFikrlar 74
Bu OMON emas, Gitlerning gestaposi
Javob berishFikrlar 74
Ruslar marazlar Xitoyliklarni haydaganlaring yaxshimasmi
Javob berishXitoyliklarni oʻzi bularni haydab soladi hali
Javob berishBunga javoban xitoylik politsiyachilar Xitoydagi ruslarni kaltaklashadi. Bunaqa holatlar sodir boʻlgan. Rossiya konsulligi Xitoy bilan nizolashmaslik uchun ruslarning barcha shikoyatlarini axlat qutisiga tashlaydi.
Javob berishXitoyliklarning tovushdan tez uchuvchi raketalari ruslarnikidan yaxshiroq chiqsa orzuing roʻyobga chiqar balki. Ammo hozircha ruslar dunyodagi eng yaxshi hujum qurollariga ega :)
Javob berishXitoyliklar Rossiya multfilmlarini koʻrishmaydi :)))
Javob berishGiper-tovush foyda bermaydi. Hatto kichik Chechenistonni magʻlub eta olmadingiz, Afgʻonistondan 200-yuk koʻp kelgan. Xitoy sizlarni suvarakdek yanchib tashlaydi, churkalar oʻshanda kerak boʻladi va boshqacha sayray boshlaysizlar, Sobiq ittifoqchi va kommunistlar
Javob berishMaraz sen oʻzingsan
Javob berishRuslar xitoyliklarni sivilizatsiya deb bilishadi va shuning uchun quvib chiqarishmaydi. Men esa sivilizatsiyani koʻngil holati deb bilaman! Inson dono ekan, demak u madaniyatlidir! U buni qaysi millatga mansub ekanidan qatʼi nazar, oʻz xatti-harakatlari bilan isbotlaydi! Xitoyliklar esa oʻz yoʻlidagi hamma narsani yutib yuboradigan chigirtkalarga oʻxshaydilar! Hammasi emas albatta, lekin koʻpchiligi! Oʻz manfaati uchun har kimni qurbon qilishga tayyor! Ular bilan doʻst boʻlaverishsin, ehtimol, slavyancha goʻzallikni yoʻqotganlarida tushunib yetishar!
Javob berishFikrlar 74
Agar Rossiya hukumati mamlakatni kelgindilardan tozalashga qiziqsa, ishni hech qanday qurolsiz Rossiyani bosib olayotgan xitoyliklarni haydashdan boshlashsin! Xitoyliklar bilan unday qilib boʻlmaydi. Qarab turing, Osmon qirolligi aholisi sizlarni egallab olishini tez orada koʻramiz! Keyin hammasini tushunib olasizlar, hurmatli OMONchilar va rossiyalik natsistlar! Gitlerga qarshi birga nimaga kurashgan edik? Natijalar teskarisini koʻrsatib turibdi. Tushdan uygʻonganingizdan keyin kech boʻladi, keyin boshqalarga qilganingizning taʼmini ham oʻzingiz bilib olasiz!
Javob berishXitoylar OMONchilarni Moskvagacha ketiga tepib haydaydi
Javob berishFikrlar 74
Nimaga OMON politsiyasi sababsiz ularni boqayotgan, teng huquqda ishlashga va yashashga imkon yaratib berayotgan odamlarni kaltaklashini tushunmayman? Afsuski, ruslarning qonida genetik darajada: razillik, alkogolizm, giyohvandlik, turli jinoyatga, shovinizm, millatchilik, natsizm, korrupsiya, bosqinchilik, manmanlik, befahmlik, adabsizlik va turli yaxshilikka nisbatan koʻra olmaslikka moyillik mavjud. Shaxsan oʻzim insofsiz OMONchilar, patrul politsiyasi xizmatchilari, ultra-natsistlar, kelgindilarni va hatto yangi kelgan oʻzining odamlarini ham yoqtirmaydigan turli odamlarga duch keldim. Savol: bizga hech qanday foydasi tegmaydigan, bizni kamsitib va xoʻrlaydigan YOII bizga nimaga kerak?
Javob berishNima, uyda oʻtirish va oʻsimlik kabi hech narsa qilmaslik kerakmi? Unda hech kim tegmaydi; oʻzing oʻlib ketasan!
Javob berishFikrlar 74
Agar OMONchilar shunchalar mard ekan bu yerga kelishsin, kerza etiklaridan oʻzlariga yediramiz.
Javob berishFikrlar 74
Ruslar boshqa davlatlarda natsizm haqida gapirishga qanday haddilari sigʻadi, oʻzlarida qolgan yerlardagini toʻplagandan ortiq boʻlsa kerak.
Javob berishKimnidir sababsiz kaltaklashdimi? Balki, shunga loyiq boʻlgandir! Oʻzlari tegajogʻliq qilib piskakoʻz deb atar edilar. Maktab yillarimni eslayman, bolalaringiz bizning bolalarimizni haqorat qilar edi. Baliq esa boshidan sasiydi. Birorta piskakoʻz sizni jiddiy sabab bilan ursa, sizga bu yoqmasligi aniq-ku! Hatto sizni Sibirga haydab chiqarsa. Sizni tushunaman!
Javob berishFikrlar 74
Bu jin urgur olomonni OMONchilar deb atash mumkinmi? Albatta, yoʻq. Achinarli, qoʻrqoq hayvonlar unvonlari ortiga berkinishadi, aminman yurtidan tashqarida bunday qilishga haddilari sigʻmagan boʻlar edi. Haqiqiy erkak hech qachon bunday qilmagan boʻlar edi, Rossiya hukumati esa sukut saqlamoqda. Umuman olganda, Rossiyaga nisbatan dunyoqarashimizni, munosabatimizni oʻzgartirishimiz kerak. Aksariyat rossiyaliklar bizni yoqtirishmaydi, bizga nom qoʻyib olishgan, kamsitishadi, xoʻrlashadi, ammo turli sabablar bilan hukumatimiz Rossiyanii doʻstimiz deb ataydi. Qanday qilib bunday boʻlishi mumkin? Bu qoʻrqoq OMONchilar bunday qilishga mardliklari yetmagan boʻlar edi, balki bu tepadagilarning sahnalashtirgan oʻyinidir.
Javob berishFikrlar 74
Rossiyada OMON va shunga oʻxshash kuch tuzilmalariga “kuchi boʻlsin, aqli kerak emas” tamoyili boʻyicha ishga yollashadi. Natijada, bu boʻlinmalarga turli millatchi, kaltafahm hayvonlar toʻplanadi. Bu omilarning miyasiga yomon narsaning hammasiga rus boʻlmagan piskakoʻzlar sababchi deb singdirib qoʻyishgan. Bu ahmoqlar esa hammasiga ishonadi. Rossiyaliklar oddiy odamlarni, aqliga qarab, millatchi boʻlmagan, ruhiy muammosi yoʻq va hokazolarni yollashi kerak. Bunday ishchilarni deb, jin urgur general va polkovniklar oʻz lavozimi va daromadini xavf ostida qoldiryapti.
Javob berishFikrlar 74
Natsistlar qamalishi kerak. VVP nimalarni oʻylayapsan?
Javob berishFikrlar 74
Ruslar Gitlerdan juda yaxshi dars olishgan.
Javob berishQaytanga, Gitler Stalin metodlarini qoʻllab, hokimiyat tepasiga kelgan. Konslagerlar ham GULAG tajribalaridan kelib chiqib tashkil etilgan.
Javob berishFikrlar 74
Agar tashviqot boʻlmay, rost boʻlsa, bu vahshiylikni oqlab boʻlmaydi. Agar kamsuqum, mehnatkash odamlar Xabarovsk yoki har qanday boshqa shaharga haydovchilik qilishga kelishgan boʻlsa-yu, ularga bunday vahshiylik, fashistlarcha muomala qilishlariga nima sabab boʻldi ekan? Bu haqiqatda boʻlganiga ishonish qiyin.
Javob berishFikrlar 74
Turkiya va Yevropa davlatlariga borish kerak. Rossiya hech qachon doʻst boʻlmaydi. Musulmon va turk tilida soʻzlashuvchilarga yuqoridan qarash ularning qonida bor. Ularni majusiy banditlar deb atash toʻgʻri boʻladi. Yevropa Ittifoqining ularni ajratishi ajablanarli emas. Ularning makr-hiylalari 100 tagacha eshakka yuk boʻladi.
Javob berishHa, oʻsha yerga, ayniqsa Turkiyaga boring. U yerda siz yanada yomonroq muomalaga duch kelasiz. Oʻsha yerga boring, biz Rossiyada ishlashda davom etamiz, bu yerda bizga bunday muomala qilishmaydi. Hech qachon Rossiyada ishlamagan dumbullargina shunaqa asossiz gaplarni gapirib yuradi.
Javob berishFikrlar 74
Agar Qirgʻiziston YOIIga migrantlar manfaatini himoya qilish uchun qoʻshilgan bir vaqtda Rossiya hukumati tomonidan qirgʻiz birodarlarimizga bunday munosabat qilishayotgan boʻlsa, Tojikiston Rossiya bilan ittifoqdosh boʻlishdan tiyilishi kerak.
Javob berishFikrlar 74
Bu aroqxoʻr choʻchqa chatishmasini bolaligimdan yomon koʻrishim bekor emas.
Javob berishMaraz, yoshligimizda bizni senga oʻxshaganlar tahqirlagan. Hammasini eslayman. Oʻlganing yaxshiroq boʻlsa kerak
Javob berishFikrlar 74
Rossiyaga oʻxshagan ovloq va qashshoq joy sizlarga nega kerak? Yaxshisi Yevropaga, Polьsha, Chexiyaga oʻxshagan davlatlarga boringlar. U yerda maoshlar ham yuqoriroq, odamlar ham yaxshi. Rossiya bilan oʻrtani esa baland devor bilan ajratish, hamma ruslarni tarixiy vataniga deportatsiya qilish kerak.
Javob berishFikrlar 74
Har bir mamlakat ularni Moskvadagi botqoqlariga qaytarib yuborayotgani bejiz emas. Oʻsha yerda teshik laptilarni botirib, karam shoʻrvalarini ichaverishsin
Javob berishFikrlar 74
Ruslarni ham xuddi shunday kaltaklashlari mumkin, bunday boʻlishini xohlamasdim, ammo taxmin qilsa boʻladi.
Javob berishUlarning qoʻlidan keladi. Siz ham odamlarni doʻpposlaysiz. Esimda, kechasi koʻchaga chiqishga qoʻrqar edim. Albatta,kaltaklashar yoki tunab ketishardi. Hozir unday emas, lekin oldin shunday edi. Hammasini yaxshi eslayman. 17 yoshda edim, kuchli erkaklar kaltaklashgan edi. Esimda, koʻkargan joylar tuzalishi bilan yoʻlimdan yangilari chiqar edi. Sizlar yaxshiroq emassizlar, xuddi shunaqa natsistsizlar.
Javob berishFikrlar 74
Laʼnati fashist mamlakat. Qancha tez parchalanib ketsa, shuncha yaxshi
Javob berishAllohga qasamki, unda ochingdan oʻlasan, sen dumbulsan, hech qayerda ishlamaysang, biz esa Rossiyada ishlab sizlarga pul joʻnatamiz. Sendaka ifloslar biz migrantlar yuborgan pulga yashaysanlar.
Javob berishFikrlar 74
90-yillarda ahmoq kallalariga berilgan zarbalar kamlik qilgan ekan. Endi avvalgi qadrdon va mustahkam usullarni qoʻllashga harakat qilamiz.
Javob berishFikrlar 74
Demak, alkashlar bilan istaganimizcha muomala qila olar ekanmiz. Javob qaytariladi
Javob berishRossiyasiz hech kimsanlar, deydigan bitta dumbulning burnini urib sindirdim bugun. Ahmoqlik uchun javob berish kerak
Javob berishFikrlar 74
Ruslar Gitlerning zurriyotlari
Javob berishBundoq oʻylab qarasam, Gitler 41-yilda ruslarga gumanitar yordam yetkazgan ekan-da :)
Javob berishHa, Gitler ham 2-Jahon urushi faxriysi boʻlgan ))
Javob berishFikrlar 74
Ruscha natsizm shunaqa boʻladi. Markaziy Osiyoda ruslarga munosabat toqatli, bunaqangi fashizmdan keyin esa ularni qattiq doʻpposlash boshlanadi.
Javob berish“Chidab yurishibdi” deganda nomaqbul xulq-atvor nazarda tutiladi, biz esa mamlakatingizda yashab oʻzimizni madaniyatli tutyapmiz.
Javob berishMadaniyatli? Millatchilik, oʻgʻrilik qilsa, ichsa, oʻzini choʻchqa kabi tutsa. Bunaqa narsalar uchun mush yeb qolish mumkin.
Javob berishToqat qilish qayoqda, 90-yillarda slavyanlarni haydab chiqargan edilar
Javob berishU holda sizga ham javob qaytarishadi deb qoʻrqaman
Javob berishFikrlar 74
Rossiyaning Markaziy Osiyoliklar bilan toʻlib borayotganiga rossiyaliklarning sabr-toqati tugab bormoqda. Ularning madaniyati va oʻzini tutishi odamning faqat gʻashini keltiradi!
Javob berishShundayligi aniq. Kelayotganlar professional ishchilar emas, har xil turdagi nodonlar. Migrantlar ilojsizlikdan arzimagan chaqa uchun har qanday ishni qilishga tayyor, rossiyaliklar esa bu chaqaga kun koʻra olmaydilar.
Javob berishFikrlar 74