Karvonsaroy
Xavfsizlik

Qozogʻiston armiya va chegara qoʻshinlarini kuchaytirish orqali oʻz sarhadlarini mustahkamlamoqda

Aydar Ashimov

Shartli dushmanning harbiy samolyotini qoʻlga olgan qozogʻistonlik uchuvchilar yerga qoʻnmoqda, Sharqiy Qozogʻiston viloyati, 20-sentyabr. (Qozogʻiston mudofaa vazirligi)

Shartli dushmanning harbiy samolyotini qoʻlga olgan qozogʻistonlik uchuvchilar yerga qoʻnmoqda, Sharqiy Qozogʻiston viloyati, 20-sentyabr. (Qozogʻiston mudofaa vazirligi)

NUR-SULTON – Qozogʻiston Milliy xavfsizlik qoʻmitasi (MXQ) va armiyasi chegarani terrorchilardan himoyalash va mamlakat suverenitetiga tahdidlarning oldini olish choralarini koʻrmoqda.

Dekabr oyida MXQning YouTube kanalida chegara xizmati rahbari, general-mayor Darxon Dilmanov bilan intervyu chop etildi.

Dilmanov Afgʻonistondagi ekstremistik va terrorchi tashkilotlar, Qozogʻistonning turli vaziyatlarga tayyor turishi va chegara xavfsizligini qatʼiy taʼminlashi zarurligi haqida soʻzlagan.

“Xavfsizlikni mustahkamlash choralari koʻrilmoqda – joylarga qoʻshimcha kuchlar yuborilgan, chegara punktlarida qurol-aslahalar xavfsizligi monitoringi kuchaytirilgan. Biz hujumning javobsiz qolishi yoki chegaraning buzilishiga yoʻl qoʻymaymiz”, dedi Dilmanov.

Qozogʻiston mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayev (oʻngda) 7-sentabr kuni Aqtoʻbedagi garnizonga tashrif buyurdi. (Qozogʻiston mudofaa vazirligi)

Qozogʻiston mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayev (oʻngda) 7-sentabr kuni Aqtoʻbedagi garnizonga tashrif buyurdi. (Qozogʻiston mudofaa vazirligi)

13-dekabr kuni xizmat vaqtida halok boʻlgan chegarachilarga bagʻishlangan “Oʻlmas xotira” yodgorlik majmuasi ochildi, Nur-Sulton, 13-dekabr. (Qozogʻiston mudofaa vazirligi)

13-dekabr kuni xizmat vaqtida halok boʻlgan chegarachilarga bagʻishlangan “Oʻlmas xotira” yodgorlik majmuasi ochildi, Nur-Sulton, 13-dekabr. (Qozogʻiston mudofaa vazirligi)

Terrorchi guruhlar yoki boshqa tashqi tajovuz holatlarida zahira qoʻshinlari boʻlib xizmat qiluvchi havo desantchilar boʻlinmasi kuchaytirildi, deb qoʻshimcha qildi u.

“Hukumat katta miqdorda moliyaviy yordam ajratgan boʻlib, u bizga chegara buzilishlarining oldini olishga yordam beradigan samarali va yuqori texnologik tizim yaratish imkonini berdi”, dedi Dilmanov.

Uning taʼkidlashicha, MXQ Milliy gvardiya va Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda chegaralar xavfsizligini taʼminlaydi.

Tayyorgarlik avjida

Harbiy oʻquv mashgʻulotlari va inspeksiyalar ham Qozogʻistonning jangovar salohiyatini kuchaytirmoqda.

20-sentyabr kuni Qozogʻistonda chegarani buzib oʻtgan shartli dushman samolyotini qoʻlga olish mashqlari oʻtkazildi.

Ssenariy boʻyicha Qozogʻiston havo kuchlarining 30 ta jangovar samolyoti havo kengliklari xavfsizligini taʼminlagan va dushman samolyotini aniqlagan. Qozogʻistonlik uchuvchilar samolyotni qoʻlga olib, uni majburan qoʻndirganlar.

Uchuvchilar boshqariladigan va boshqarilmaydigan raketa va bombalar yordamida quruqlikdagi nishonlarni yoʻq qilish boʻyicha jangovar mashgʻulotlar oʻtkazdi.

Bu orada 7-sentabr kuni Qozogʻiston mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayev Qozogʻiston va Rossiya oʻrtasidagi chegarani qoʻriqlovchi Aqtoʻbe garnizoniga tashrif buyurdi. U boshqarma, omborxona, askarlar kazarmalari, harbiy mashinalar parkini koʻzdan kechirib, garnizonni yanada mustahkamlash boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

“Aqtoʻbe garnizonida moto-oʻqchi, artilleriya, tank va razvedka-hujum boʻlinmalari mavjud boʻlib, ularning asosiy vazifasi tashqi tahdid vaziyatida chegarani kuchaytirish, noqonuniy harbiy boʻlinmalarni yoʻq qilishga koʻmaklashish, maxsus operatsiyalar olib borish va mamlakat suverenitetini himoya qilishdir”, deyiladi mudofaa vazirligi bayonotida.

“Qozogʻiston ehtimoliy xavflarni xolis baholamoqda. Ular toʻgʻri baholanmayapti, deyish xato boʻladi”, deydi chimkentlik siyosatshunos Rauan Dautaliyev.

“Afgʻonistonga qoʻshni boʻlganimiz tufayli xavf asosan mamlakatning janubiy qismida, ammo chegaraning boshqa hududlarida ham tashqi tahdidlar ehtimolini istisno qilib boʻlmaydi”, dedi u.

2018-yildan beri “chegarachilar kontingentini oshirish, ularni tayyorlash va texnik vositalarni takomillashtirish” orqali chegara qoʻshinlarining jangovar qobiliyati muntazam kuchaytirib borilmoqda, dedi Dautaliyev.

“Migrantlar oqimiga ham alohida eʼtibor qaratilgan, chunki ular orasida oʻzini migrant qilib koʻrsatuvchi jangarilar va tashviqotchilar boʻlishi mumkin. Shu bilan birga, qozogʻistonliklarning taqiqlangan “Islom davlati”ga (ID) qoʻshilishining oldini olish choralari koʻrilmoqda, deb qoʻshimcha qildi Dautaliyev.

YXHT koʻmagi

Qozogʻiston olib borayotgan chora-tadbirlar bilan bir vaqtda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) MXQ chegara qoʻshinlarini qoʻllab-quvvatlash choralari ham davom etmoqda.

26-28-noyabr kunlari Oqtovda transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurash va xorijlik terrorchilarni aniqlash boʻyicha Qozogʻiston chegarachilari uchun moʻljallangan YXHT treningi oʻtkazildi, deb xabar beradi YXHT.

Mashgʻulotlar Gruziya, Interpol va YXHTning transmilliy tahdidlar boʻlimi xalqaro mutaxassislari tomonidan olib borildi.

4-8-noyabr kunlari YXHT va Qozogʻistondagi AQSH elchixonasi tomonidan soxta hujjatlarni aniqlash va ularni identifikatsiya qiluvchi texnika boʻyicha yoʻriqchilar uchun trening tashkil etildi. Unda Qozogʻiston chegara xizmatining yigirma nafar xodimi ishtirok etgan.

Trening Avstriya ichki ishlar vazirligi mutaxassislarining taqdimotini ham oʻz ichiga oldi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Oʻz-oʻzimizni kimdan himoya qilayotganimizni tushuna olmayapman

Javob berish

Qozoqlar mard va tadbirkor xalq. Ular yangi ishlarni tez oʻrganishadi, boshqa odamlarni qanday boshqarish koʻnikmalarini ham tez oʻrganib olishdi. Ular mintaqa yetakchilari va uning kelajakdagi super hukumatidir.

Javob berish